Kurs ishi mavzu: test yaratuvchi dasturlar va ulardan foydalanish metodikasi termez2022 test yaratuvchi dasturlar va ulardan foydalanish metodikasi mundarija kirish I- bob. Spring quiz maker dasturi


Elektron test yordamida o’quvchilar bilimini nazorat qilish


Download 1.79 Mb.
bet7/8
Sana25.01.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1122946
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
XURAMMOV IO\'M

Elektron test yordamida o’quvchilar bilimini nazorat qilish.
Yuqorida Ispring dasturida tuzilgan testdan ko’rinib turibdiki, bu test an'naviy testlarga qaraganda bu testda bir xillik bo’lmaydi va talabalarga bir muncha qiziqarliroq tarzda testlar beriladi. Undan tashqari bu interaktiv testlarni rasm, ovoz va formulalar yordamida testlarni tuzish imkoniyati mavjudligi ularni yanada
qiziqarli va qolaversa o’quvchini katta intuziazm bilan ishlashga chorlaydi.
Oddiy testlardan chegaralangan yo’nalishlardan foydalanib test nazorati o’tkazish
mumkin edi, misol uchun musiqa yo’nalishi talabalari uchun faqat nazariyadan
savollar berish mumkin edi, bu dasturda esa ovozlar qo’yish yordamida test tuzish
imkoniyati borligi biror bir musiqadan parcha qo’yib savollar tuzish
imkoniyatini yaratadi. Boshqa yo’nalishdagi fanlar : matematika, fizika,
biologiya, geografiya va h.k. lar uchun ham juda qiziqarli, interaktiv testlar
tuzish imkoniyati mavjud.Undan tashqari testni kompyuter tarmoqlari orqali ham o’tkazish imkoniyati va elektron pochta orqali yo’llab yuborish imkoniyatlari mavjudligi hozirgi zamonaviy ta'lim talablariga ham javob bera oladi.
Yuqorida keltirilgan imkoniyatlardan ushbu dasturdan elektron darslik,
elektron vositalar yaratishda foydalanish qulayligi ko’rinib turibdi.Elektron testlar orqali o’quvchilarni mavzularning ma’lum bobi tugaganda yoki yangi mavzuni mustahkamlashda qo’llash yaxshi samara beradi.Ispring dasturidan barcha fan o’qituvchilari foydalanishi mumkin.Test dasturi orqali bir vaqtda sinf o’quvchilarining barchasi baholanadi.Vaqtdan yutiladi.O’quvchilar yo’l qo’ygan xato va kamchiliklarini bilib oladilar.Quyida Ispring dasturi yordamida tuzilgan testlardan namunalar keltirilgan.Bizning misolimizda Ispring Suite 8 dan foydalanilgan. Quyida test dasturini tuzish va ishlash prinsiplari keltirilgan.
XULOSA
Informatikadan dars samaradorligini oshirishda elekron darsliklardan foydalanish faoliyatining xarakteri tavsiya etilgan texnologiya, metod va usullardan dars jarayonida samarali foydalanish, uni qo`llay olish zarur. Shunday qilib, Informatikadan dars samaradorligini oshirishda elektron materiallardan, innovatsion usullardan foydalanish maqsad va vazifalarini qayta ko`rib chiqish, ularni zamonaviylashtirish bugungi kun talabi. Chunki, hozirgi kunda bu ta`lim muassasalarida yaratilayotgan sharoitlar, chuqur bilimli, o`z qobiliyati va imkoniyatlarini to`la ishga sola biladigan o`qituvchilarni faoliyat ko`rsatishini talab qilmoqda.
Xulosa sifatida shuni aytish joizki, dars mashg`ulotlarida innovatsion texnologiya, usulva metodikalardan foydalanish natijasida:
- o’quvchilarning bilim olishga intilishi ortadi;
- fikrlash qobiliyatlari rivojlantiriladi;
- erkin fikrlashga o’rganadi;
- darsga bo’lgan qiziqishi yanada oshadi;
- boshqalar fikrini eshitishga va ularni hurmat qilishga o’rganadi;
- o’z fikrini erkin va mustaqil ayta olishga o’rganadi;
- ko’proq o’z ustida ishlashga o’rgatadi;
- kompyuter bilan ishlash malakasi oshadi;
- internet va u bilan ishlash malakasi ortadi va h.k.
Bundan ko’rinib turibdiki, elektron materiallarni, interfaol usullarni dars jarayoniga qo’llash o’qituvchining bilimi, malakasi, kasbiy mahorati, tajribasiga ham bog’liq. O’qituvchi o’quvchilarni darsda faollikka chaqirish uchun u bolalarda qiziqish uyg’otuvchi savollar va interfaol usullarni tanlay olish kerak. Ana shundagina dars qiziqarli bo’lishi bilan birga ko’zlangan natijaga erishish mumkin.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling