Kurs ishi mavzu: Tijorat banklarini foizli va foizsiz xarajatlari tahlili sbi-52 guruhi talabasi ziyatova Zilola Yoqubjonovna
Tijorat banklarining xarajatlari, tarkibi
Download 1.5 Mb.
|
Bankning foizli xarajatlari tahlili (2)
1. Tijorat banklarining xarajatlari, tarkibi.
Daromadlar va xarajatlarni hisobga olishdagi kamchiliklarni oldini olish, kamchiliklar yuzaga kelganda qayerdan yuzaga kelganini izohlab berish.Bankning operatsion xarajatlari auditorning daqqat markazida bo`ladi. Tijorat banklarining mulkchilik shakliga ta’sir o’tkazish ularni samaradorligiga ta’sir etuvchi muhim instrumentlardan biri hisoblanadi. Ijtimoiy ahamiyatga ega hamda xususiy sektor uchun daromadli bo’lmagan loyihalarni moliyalashtirish uchun hukumatlar davlat banklaridan foydalanishga harakat qilishadi. Davlat banklari strategik hamda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni moliyalashtirishda muhim rol o’ynaydi degan fikr shakllangan bo’lsada, ularning faoliyati o’ta samarasiz bo’lganligi uchun ijtimoiy maqsadlar chetda qolib siyosiy manfaatlar asosiy o’ringa chiqib qoladi (Boycko & Shleifer, 1995; Boycko, Shleifer, & Vishny, 1995; Cornett, Guo, Khaksari, & Tehranian, 2010; Dewenter & Malatesta, 2001). Masalan, Dinç (2005) saylov yillarida davlat banklari boshqa banklarga qaraganda ko’proq kredit ajratishini ko’rsatib bergan. Shuningdek, bank tizimidagi korruptsiya va davlat aralashuvining oshishi boshqa turdagi mulkchilik shakliga ega banklar bilan davlat banklari samaradorligi orasidagi farqlarni yiriklashishiga olib keladi (Burki & Ahmad, 2010; Caprio & Cull, 2000; Fries & Taci, 2005; Lin & Zhang, 2009). Dunyo tajribasini kuzatadigan bo’lsak, bunday salbiy oqibatlarni oldini olish va bank tizimini sog’lomlashtirish negizida davlatning moliya bozoridagi roli hamda ulushini kamaytirish yotadi. AQSh va Kanada banklarining xarajatlar bo’yicha samaradorlik ko’rsatkichlari parametrik va noparametrik usulda amalga oshirilgan tadqiqotga ko’ra ushbu ikki usulda amalga oshirilgan samaradorlik ko’rsatkichlarining korrelyatsiyasi past darajada. Shuningdek, parametrik usulda baholangan samaradorlik ko’rsatkichlari noparametrik usulda baholangan samaradorlik ko’rsatkichlaridan yuqoriroq darajada ekanligini qayd etilgan. Bulardan tashqari, parametrik usuldagi samaradorlik ko’rsatkichlari vaqt o’tishi bilan barqaror o’rtacha samaradorlik ko’rsatkichiga ega bo’lib, dispertsiyaning pasayib borishi kuzatilgan. Noparametrik usulda hisoblangan samaradorlik ko’rsatkichlari esa, bunga teskari ravishda, vaqt o’tishi bilan o’sib boruvchi o’rtacha va dispertsiyaga ega (Liu, 2018). Tahlil va natijalar. Ma’lumki, tijorat banklari iqtisodiyotning “qon tomir tizimi” bo’lib, aholi va biznesning to’planib qolgan jamg’armalarini taqsimlash orqali iqtisodiyotni zarur moliyaviy resurslar bilan ta’minlaydi. Bu vositachilik iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun zarur bo’lgan “yoqilg’i” bilan ta’minlaydigan omilidir. Vositachi sifatida tijorat banklari pul mablag’laridan foydalanganligi uchun foiz to’lash sharti bilan omonatlarni jalb qiladilar va ularni aholi va tadbirkorlarga kreditlar va investitsiyalar shaklida foiz evaziga taqdim etadilar. Tijorat banklari xorijiy valyutani naqd va naqd pulsiz shakllarda sotib olish va sotish, bank konsalting va informatsion xizmatlar, hujjatlarni va boshqa qimmatbaho narsalar va hokazolarni saqlash uchun seyf va yacheykalarni ijaraga berish bilan bog’liq xizmatlar ko’rsatadi. Bugungi kunda, tijorat banklari daromad ko’rish bilan bir qatorda quyidagi bank xarajatlarini amalga oshiradi: foizlar bo’yicha xarajatlar:talab qilib olingungacha bo’lgan depozitlar hisobvaraqlari, muddatli omonatlar, Markaziy bank va boshqa tijorat banklariga to’lovlar, to’lanadigan kreditlar bo’yicha; foizsiz xarajatlar:komission xarajatlar va xizmatlar uchun xarajatlar (masalan, bank reklamasi yoki tadbirlarni o’tkazish), xorijiy valyuta kursining salbiy o’zgarishlaridan yo’qotishlar, investitsiyalar va boshqalar; operatsion xarajatlar:ish haqi xarajatlari, bank binolarini ijarasi va boshqa xarajatlari, xizmat safarlari, amortizatsiya, sug’urta, soliqlar va boshqalar; birlashmalarga a’zolik badallariuchun to’lovlar va fuqarolar omonatini kafolatlash fondiga mablag’lar to’lovlari. Odatda, bank daromadlarining 2/3 qismi foizli xarajatlarga, berilgan ssudalar bo’yicha yo’qotishlarni qoplashga, kutilayotgan foydaga va sarmoyaning o’sishiga sarflanadi. Xarajatlarga likvidlilik singari har qanday ustama foiz o’zgarishlari, passivlar tarkibi va xususiy kapital hajmi ta’sir qiladi. O’z navbatida bank xarajatlari tarkibidagi o’zgarishlar aktivlar daromadligiga ham o’zgarishlar kiritishni talab qiladi. Xarajatlarni to’g’ri hisoblash banklarga muqobil konservativ resurslar narxlarini taqsimlash va bank aktivlarini aniq baholash hamda xarajatlarni qoplab, aktsiyadorlar uchun daromadlarni to’g’ri taqsimlash imkonini beradi. Xarajatlarni baholashga kreditlar ustama foizlarini belgilashning asosiy omili sifatida qarash kerak. Foizli xarajatlar — barcha majburiyatlar bo’yicha to’plangan foiz summasi demakdir. Bizga ma’lumki tijorat banklari kredit resurslari tashkil etishda talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar hamda muddatli depozitlar qabul qiladi. Ushbu depozitlarga banklar ma’lum belgilangan foizlarda pul to’laydilar. Tijorat banklari bank qarz majburiyatlari bo’yicha foizlar to’laydilar, shu jumladan, qimmatli qog’ozlarining sotuv narxi bilan nominal qiymati orasidagi salbiy tafovut bo’lganida, ba’zibirkeltirilgan, lekin to’lanmagan foizlarni to’lashda banklarda foizli xarajatlar yuzaga keladi. Banklar foizli xarajatlarining yana bir kredit va unga bog’liq operatsiyalardir. Banklar, eng avvalo, Markaziy bankdan, boshqa tijorat banklaridan, byudjetdan tashqari fondlardan kreditlar olishi mumkin. Olgan kreditlar uchun to’lanadigan qarz foizli xarajatlarga kiradi. Bank avvalgi yillar (hisobot yiliga nisbatan) hisobiga to’lagan foizlar va vositachilik yig’imlari, hamda o’tgan yillarda bankmijozlardan ortiqcha undirgan foizlar, hamda vositachilik yig’imlarini qaytarishi bilan foizli xarajatlar qiladi. Foizsiz xarajatlarga ish xaqilar va qo’shimcha to’lovlar, uskuna yoki binolarni ijaraga olish, xarid qilish, shuningdek, boshqa foizsiz xarajatlari kiradi. Bank xizmat ko`rsatishi va bank mahsulotlarini sotish evaziga oladigan tushumlari miqdori bankning daromadlarini anglatadi. Bankning daomadlari asosan aktiv operatsiyalar natijasida yuzaga keladi(1-rasm). Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling