Kurs ishi mavzu: Tijorat banklarini foizli va foizsiz xarajatlari tahlili sbi-52 guruhi talabasi ziyatova Zilola Yoqubjonovna


Banklarda foizsiz xarajatlari tahlili


Download 1.5 Mb.
bet5/9
Sana19.07.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1661067
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Bankning foizli xarajatlari tahlili (2)

3. Banklarda foizsiz xarajatlari tahlili
Bank moliyaviy natijalarini tahlil qilishda ularni tashkil qiluvchilar, ya’ni daromad va xarajatlarga alohida e’tibor qaratish lozim. Daromadlar, xarajatlar, foydani hisobga olish sifati va hisobotda to’liqligicha aks ettirilishi qarab bank moliyaviy natijalarini tahlil qilishda muammolar yuzaga kelishi mumkin. Bu erda eng katta muammo sifatida ma’lumotlarning to’liq ko’rsatilmaganligini ko’rsatib o’tish mumkin. Bank faoliyatining barcha jabhalari to’g’risidagi ma’lumotlar faqatgina ichki foydalanuvchilarda, ya’ni ma’muriyatda bo’ladi.
Xarajatlar auditining maxsus dasturi  



Tekshiruv bosqichlari

Talabga javob beradimi?(+:-)

1

Shaxsiy hisobvaraqlar qoldig`i bilan balans qoldig`ini tekshirish


2

Foyda va zararlar to`g`risidagi hisobot bilan shaxsiy hisobvaraqlar qoldig`ini mos kelishini tekshirish


3

Xarajatlarni tegishli hisobvaraqlarda aks ettirish
Tekshirish


4

Shaxsiy hisobvaraqlar qoldig`i bilan soliq hisobotlari mosligini tekshirish


5

Kutilayotgan zararlarga tashkil qilingan rezervlarni to`g`riligini tekshirish


Shuning uchun ham moliyaviy hisobotlar asosida moliyaviy natijalarni tahlil qilish amaliy jihatdan mumkin emas. Daromad va xarajatlar to’g’risidagi hisobot ideal ko’rinishda balans strukturasiga mos bo’lishi kerak, chunki daromad va xarajatlarni balansning asosiy moddalariga to’g’ri kelishiga qarab tahlil qilish mumkin bo’lishi kerak.
Banklarda moliyaviy hisobotning noaniqligi quyidagi asosiy sabablar oqibatida yuzaga kelishi mumkin:
1. Buxgalteriya xodimlarining tayyorgarlik darajasi pastligi va auditorlik faoliyatining etarli darajada rivojlanmaganligi;
2. Buxgalteriya hisobi va hisobotni tayyorlash masalasida amaldagi normativ bazaning kamchiliklari va kelishmovchiliklari;
3. Inflyatsiya davrida maxsus hisobotni tayyorlash va hisob siyosatning o’zgarishini hisobotda aks ettirish mexanizmining yo’qligi.
Bularning barchasi balans hamda foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotning an’anaviy usulda tayyorlanishi baholar o’sishi davrida e’lon qilinayotgan ma’lumotlardan foydalanuvchilar tomonidan noto’g’ri talqin qilinishi mumkin. Bank xarajatlarini tahlil qilishda bank operatsiyalarining ichki qiymatini hisob-kitob qilish muammosi yuzaga keladi. Alohida olingan bank operatsiyalarining qiymatini hisob-kitob qilishdagi asosiy muammo bo’lib, ushbu operatsiyani amalga oshirish uchun jalb qilingan mablag’larning real qiymatini aniqlash hisoblanadi. Aktivlarning alohida turlari bo’yicha mablag’larni jalb qilishning yalpi qiymatini taqsimlash qiyin, chunki bankka jalb qilingan mablag’larni aniq bir aktiv operatsiyalarga bog’lash ishlari olib borilmaydi. Tijorat banklari baho siyosati bank xizmatlariga va mahsulotlariga baho o‘rnatish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Baho siyosati nafaqat bank boshqaruvida asosiy komponent vazifasini bajaradi, balki bank daromadliligini boshqarishda iqtisodda ustuvor ham hisoblanadi. Tijorat banklarining baho siyosati asosiy yo‘nalishi bu banklarning foiz siyosatidan iborat bo‘ladi. CHunki, banklar aktiv va passivlar bo‘yicha foiz siyosatini amalga oshirish orqali baho belgilanadi.
Bank sohasida «aktiv» va «passiv» operatsiyalar bo‘yicha foizlar uchraydi. Aktiv operatsiyalar bo‘yicha foizlar – bu mijozlar tomonidan bankka to‘lanadigan foizlar. Passiv operatsiyalar foizlar esa, bu mijozlarning depozit va jamg‘armalari bo‘yicha bank tomonidan to‘lanadigan foizlar. Qarz beruvchi va qarz oluvchilar o‘rtasida moliyaviy vositachilar sifatida qatnashayotib, banklar birinchilardan olingan mablag‘larni ikkinchilarga vaqtinchalik foydalanishga beradilar. Bunda qarz beruvchilar depozitlar bo‘yicha foizlar oladi, qarz oluvchilar ma’lum vaqtda mablag‘lardan foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar bank manfaati esa marja ko‘rinishida ifodalanadi.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling