O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI FAKULTET
“Bank ishi” KAFEDRASI
“Bank hisobi tahlili va audit” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Tijorat banklarini foizli va foizsiz xarajatlari tahlili
SBI-52 GURUHI TALABASI
Ziyatova Zilola Yoqubjonovna
RO‘YXATGA OLINDI
“____” _______2023 y.
№_____________
Imzo __________
|
|
Kurs ishi himoyaga tavsiya qilingan sana “____” _______2023 y.
Ilmiy rahbar __________
Imzo _______________
|
Kurs ishi himoya qilingan sana
«____» _______2023 y.
Baho«_____»_____
|
_________
(imzo)
_________
(imzo)
_________
(imzo)
|
Komissiya a’zolari:
__________________
__________________
_________________
|
TOSHKENT – 2023
MUNDARIJA:
Kirish.
1. Tijorat banklarining xarajatlari, tarkibi.
2. Bankning foizli xarajatlari tahlili
3. Banklarda foizsiz xarajatlari tahlili
4.Tijorat banklari foiz siyosati va hisobi
Xulosa
Foydalangan adabiyotlar ruyxati
Kirish
O`zbekistonda bank tizimi shakllanish davridayoq bank auditini xalqaro talablarga javob beradigan darajada tashkil etishga alohida e`tibor berildi. Hozirgi paytda tijorat banklari, avvalambor, Markaziy bank tomonidan diqqat bilan nazorat qilib borish obyekti sanaladiki, bu O`zbekiston Respublikasi “O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki to`g`risida”gi qonunda ham o`z ifodasini topdi. Qonunning 50-moddasida aytiladiki, Markaziy bank bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilinishini ta`minlash maqsadida banklar faoliyatini nazorat qiladi va tartibga solib boradi.
Bank nazoratining asosini banklarning o`zlari tomonidan tayyorlangan moliyaviy hisobot shakli yoki auditorlik firmalari tasdiqlagan ish faoliyatining moliyaviy ahvoli va rentabelligi haqidagi axborotlar tashkil etadi. Ko`pgina xalqaro me`yoriy hujjatlarda bank aktivlari va passivlarini noto`g`ri baholash, ular faoliyatining moliyaviy natijalari haqqoniy baholanishi zarurligi ta`kidlanadi. Biroq eng mukammal xalqaro standartlar ham tijorat banklarining real moliyaviy ahvoli va moliyaviy hisobotlardagi ma`lumotlar bilan mos kelmasligi mumkin. 1996-yilga kelib mamlakatimiz bank auditini yangi pog`onaga olib chiqish ishlari amalga oshirildi. Bunga asosiy sabab, mamlakatimizga kirib kelayotgan chet el investitsiyalarining ko`payishi edi. O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki Tijorat banklariga litsenziyalar berish va ular faoliyatini tartibga solish departamenti tarkibida “Auditni muvofiqlashtirish” bo`limi tashkil etildi. Banklarda daromadlar va xarajatlar auditining oldiga quyidagi vazifalar qo`yiladi:
Daromadlar va ularning tashkil topish manbalarini to`g`ri, aniq va asoslangan holda hisobda aks ettirish;
Foizlar bo`yicha daromadlar va xarajatlar tahlili, boshqa daromadlar va xarajatlar, olingan daromadlarning aniqligi va oqilonaligi tahlili, jumladan, hisobraqamlardagi mablag`larni xorijiy valyutaga konventirlash natijalari;
Xarajatlarni tegishli hisobvaraqlarda, vaqtida aks ettirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |