Kurs ishi mavzu: Tijorat banklarini foizli va foizsiz xarajatlari tahlili sbi-52 guruhi talabasi ziyatova Zilola Yoqubjonovna
rasm.AT “Aloqabank”kredit portfelining tarmoqlar bo’yicha tasnifi.3
Download 1.5 Mb.
|
Bankning foizli xarajatlari tahlili (2)
rasm.AT “Aloqabank”kredit portfelining tarmoqlar bo’yicha tasnifi.3
Shu bilan birga, pul-kredit siyosatini amalga oshirish tartibi va ketma-ketligi turli mamlakatlarda iqtisodiyotning xususiyatlari hamda tarkibiy tuzilishiga qarab farqlanadi. Amaldagi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyuta barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Bunda “milliy valyuta barqarorligi” tushunchasini ikki xil, ya’ni almashuv kursining xorijiy valyutalarga nisbatan barqarorligi yoki uning ichki xarid qobiliyati barqarorligi deb talqin qilish mumkin. Almashuv kursining erkin shakllanishi sharoitida milliy valyutaning barqarorligi uning ichki harid qobiliyatini saqlash orqali erishiladi. Bunda, erkin suzib yuruvchi almashuv kursi iqtisodiyotni ichki barqarorlashtiruvchi funksiyasini bajaradi. Boshqacha qilib aytganda, to‘lov balansi bilan bog‘liq tashqi shok va qiyinchiliklar kuzatilganda almashuv kursining mos ravishda o‘zgarishi ekportyorlar va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Xulosa Tijorat banklarining samarali kredit siyosatini amalga oshirish imkoniyati bevosita ularni etarli darajada kredit resurslari bilan ta’minlanganligiga bog’liq. Hozirgi kunda kredit siyosatini to’zishda har bir tijorat banki mustaqil bo’lib, ular kredit siyosatining mohiyati, maqsadi va tarkibini takomillashtirib bormoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning faoliyatida xo’jalik sub’ektlarini kreditlash funktsiyasi birinchi darajali ahamiyatga ega bo’lganligi uchun banklar faoliyatining samaradorligi va likvidliligini ta’minlash uchun avvalambor, banklarning kredit siyosatini turli ishlab chiqishga e’tibor berish zarur. Banklar oladigan daromadlar uning aktiv operatsiyalari natijasida, asosan kredit operatsiyalar tufayli vujudga kelishi banklar tomonidan kredit siyosatini oqilona tanlash va o’tkazishni taqazo qiladi. Ayni paytda Markaziy bank pul-kredit siyosatining asosiy maqsadini ikki xil tushunilishini oldini olish va uning faoliyati asosiy yo‘nalishini aniq belgilab olish maqsadida qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi ko‘zda tutilgan. 1994 yildan boshlab O‘zbekistonda amalga oshirilgan pul-kredit siyosati ham pul massasining keskin o‘sib ketishini oldini olish orqali milliy valyuta barqarorligini ta’minlash maqsadlariga qaratildi. Bunda rezerv pullar va pul massasining o‘zgarishi operatsion hamda oraliq mo‘ljallar sifatida qo‘llanildi. Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul-kreditni tartibga solish davlatning iqtisodiy siyosatining elementlaridan biri bo'lib, muomaladagi pul massasini, kreditlar hajmini, foiz stavkalari darajasini va pul muomalasining boshqa ko'rsatkichlarini va kredit kapitali bozorini o'zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar to'plamidir. U barqaror iqtisodiy o'sishga, past inflyatsiya va ishsizlikka erishishga qaratilgan. Markaziy banklar to'g'risidagi qonunlarda ularning pul muomalasi barqarorligi va milliy valyuta kursi uchun javobgarligi ta'kidlangan. Markaziy bank pul-kredit siyosatini amalga oshirib, tijorat banklarining kredit faoliyatiga ta'sir ko'rsatmoqda va tartibga solishni iqtisodiyotga kredit berishni kengaytirish yoki kamaytirishga yo'naltiradi, ichki iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga, pul muomalasini kuchaytirishga va ichki iqtisodiy jarayonlarni muvozanatlashga erishadi. Shunday qilib, kreditga ta'sir butun iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yanada chuqurroq strategik maqsadlarga erishishga imkon beradi. Pul-kredit siyosati pul nazariyasiga asoslangan bo'lib, u, xususan, pul va pul-kredit siyosatining umuman iqtisodiyot holatiga ta'siri jarayonini o'rganadi. Zamonaviy sharoitda iqtisodiyotning bozor modellari bo'lgan davlatlar pul-kredit siyosatining ikkita tushunchasidan birini qo'llaydilar: kreditni kengaytirish siyosati yoki "arzon" pul; kreditni cheklash siyosati yoki "qimmat" pul. Markaziy bankning kredit kengayishi tijorat banklarining mablag'larini ko'paytiradi, bu esa berilgan kreditlar natijasida muomaladagi umumiy pul massasini ko'paytiradi. Kreditni cheklash tijorat banklarining kredit berish qobiliyatini cheklashga va shu bilan iqtisodiyotni pul bilan to'ldirishga olib keladi. Tijorat banklari faoliyatiga real baho berish, aksiyadorlar va omonatchilar, kreditorlar va investorlarning bank faoliyati to`g`risida aniq, ishonchli ma`lumotlarga ega bo`lishlarida audit tekshiruvlari muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Audit olib borish tartibi qonunlar, hukumat qarorlari va idoraviy yo`l-yo`riqlar bilan tartibga solib boriladi. Mijozning moliyaviy holatini yaxshilash, investorlar, kreditorlarni jalb etishga yordam beradi, moliya, soliq va boshqa sohalarda maslahat beradi. Audit xulosasi barcha jismoniy va yuridik shaxslar uchun, hokimiyat va sud idoralari uchun huquqiy hujjat hisoblanadi. Tijorat banklarining audit xulosalari matbuotda e`lon qilinishi lozim. O`zbekistonda bank tizimi shakllanish davridayoq bank auditini xalqaro talablarga javob beradigan darajada tashkil etishga alohida e`tibor berildi. Hozirgi paytda tijorat banklari, avvalambor, Markaziy bank tomonidan diqqat bilan nazorat qilib borish obyekti sanaladiki, bu O`zbekiston Respublikasi “O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki to`g`risida”gi qonunda ham o`z ifodasini topdi. Qonunning 50-moddasida aytiladiki, Markaziy bank bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilinishini ta`minlash maqsadida banklar faoliyatini nazorat qiladi va tartibga solib boradi. Bizningcha, bank xarajatlari auditini yanada mukammallashtirishda quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: Birinchidan, tijorat banklari xarajatlari auditini muhim, hamda murakkab auditorlik sohalardan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan auditorlar tomonidan ilk e’tibor bank xarajatlarining oqilonaligiga va xaqqoniyligiga qaratilishi lozim.. Bunda avvalo auditorlar analitik hisob ma’lumotlarini yigish va shu orqali bank xarajatlari tahlili o’tkazilishi maqsadga muvofiq; Ikkinchidan, tijorat banklari xarajatlari auditida auditorlar tijorat banki uchun eng asosiy xarajatlardan biri foizli xarajatlar bo’lib, buning auditini o’tkazish o’ta murakkab va sinchkovlikni talab qiladi. Bunda asosan urg’u mijozlar depozitlariga taklif qilinayotgan foizlarning bozor metodlari asosida shakllanganligiga va hisobvaraqlarda ularning aks ettirilishi to’g’risidagi hujjatlarni rasmiylashtirilishini obdon tekshirish maqsadga muvofiqdir; Uchinchidan, omonatlarni jismoniy shaxslar hisobvaraqlariga kelib tushishi amaliyotini o’rganish; To’rtinchidan, mijozning asosiy talab qilib olinguncha hisobraqamiga pul mablag’larining kelib tushushini, jumladan, inkassatsiya orqali naqd pul mablag’lari tushumini tekshirish; Beshinchidan, asosiy vositalarning balans qiymati va unga hisoblanadigan amortizatsiya summalarini xarajat hisobraqamiga o’tkazilishini to’g’ri rasmiylashtirilishini tekshirish; Oltinchidan, tijorat banklari aktiv va passivlari auditida nokumulyativ va kumulyativ aktsiyalar hisobi hamda birlashgan ozchilik aktsiyalar egalarining qo’shilgan korxonalardagi ulushlari hisobini sinchkovlik bilan audit qilish lozim; Ettinchidan, kreditlar bo’yicha tashkil qilinishi lozim bo’lgan rezervlar hisobini tijorat bank xarajatiga to’g’ri olib borilsa, tijorat banki aktsionerlari manfaatlari uchun foydaliroq bo’ladi. Xulosa kilib aytganda, O’zbekiston banklar tizimida xarajatlar auditining ish faoliyatini tashkil etish va takomillashtirishda xalkaro standartlardan foydalanilganda maqsadga muvofiq bo’ladi, degan fikrdamiz. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling