Kurs ishi mavzu: Ustanovkaning tadqiq etilganligi
Download 106.78 Kb.
|
12 umumiy tayyor
1.Bob yuzasidan xulosa
Auditoriyaning o‘ziga xosligiga ko‘ra ijtimoiy ustanovkalarning o‘zgarishi va shakllanishi quyidagicha bo‘lishi mumkin: 1. Shaxs ma’lumot manbaiga nisbatan avvaldan ijobiy munosabatda bo‘lsa, u holda ma’lumot beruvchining nuqtayi nazarini qabul qilishadi (hatto bu nuqtayi nazar yetarlicha mantiqiy va tartibli bo‘lmasa ham). 2. Shaxs ma’lumot manbaiga avvaldan salbiy munosabatda bo‘lsa, u holda ma’lumot beruvchining nuqtayi nazarini deyarli qabul qilmaydi (hattoki bu nuqtayi nazar mantiqiy izchil va mukammal isbotga ega bo'lsa ham). 3. Yuqori darajadagi intellekt, ta’lim va madaniyatga ega bo‘lgan shaxs ko‘pincha emotsiyalarga emas, balki mulohazali fikrlarga asoslanib reaksiya bildiradi. 4. Past darajadagi intellekt, ta’lim va madaniyatga ega bo‘lgan shaxs ko‘pincha mulohazali fikrlarga emas, emotsiyalarga asoslanib reaksiya bildiradi. Sof psixologik ma’noda yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantiruvchi va o`zgartiruvchi ijtimoiy psixologik mexanizm - bu ijtimoiy ustanovkalardir. Bu - shaxsning atrof muhitida sodir bo`layotgan ijtimoiy hodisalarni, ob’ektlarni, ijtimoiy guruhlarni ma’lum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan munosabatlar o`rnatishga ruhiy ichki hozirlik sifatida odamdagi dunyoqarashni ham o`zgartirishga aloqador kategoriyadir. Ijtimoiy muhitning ta’siri xulq-atvorda bevosita namoyon bo`ladi. U yoki bu xulq-atvorning sababi uning motividir. Ijtimoiy psixologiya shaxs xulq-atvorining motivlari sifatida ijtimoiy ustanovkalarni o`rganadi. Rus olimi V.A. Yadov o`zining dispozitsion konsepsiyasini yaratib, unda ustanovkalarni to`rt bosqich va to`rt tizimli sifatida tasavvur qilgan. A) elementar ustanovkalar (set) - oddiy, elementar ehtiyojlar asosida ko`p incha ongsiz tarzda hosil bo`ladigan ustanovkalar. Ularni o`zgartirish uchun moddiy shart - sharoitlarni va odamdagi ehtiyojlar tizimini o`zgartirish kifoya. B) ijtimoiy ustnovkalar (attitud) - ijtimoiy vaziyatlar ta’sirida ijtimoiy ob’ektlarga nisbatan shakllanadigan ustanovkalar. Ularni o`zgartirish uchun ijtimoiy shart - sharoitlar va shaxsning ularga nisbatan baho va munosabatlari tizimini o`zgartirish kerak. Download 106.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling