O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI
Farg’ona Davlat Universiteti
Sirtqi bo’limi Psixologiya yo’nalishi
18.61 -guruh talabasi ---------------------------------ning
Umumiy psixologiya fanidan yozgan
KURS ISHI
Mavzu: Ustanovkaning tadqiq etilganligi
Ilmiy rahbar --------------------------------------------
2023
MUNDARIJA
Kirish ………………………………………………………………………...…….
I. Bob Ustanovka haqida atroflicha mulohazalar va ularning o’rganilishi
1.1 Ustanovka haqida umumiy tushuncha…………………....…..........................
1.2. Ustanovka va uning fiziologik mexanizmlari……………..…………………..
1 .3 Ijtimoiy psixologiyada ijtimoiy ustanovkalarning o‘rganilishi ………………
1.Bob yuzasidan xulosa…………………………………………………………..
II.Bob Shaxs ijtimoiy ustanovkalarni ilmiy-nazariy o’rganilishi
2.1 Ijtimoiy ustanovkalarga nazariy yondashuvlar……………..………………...
2.Bob yuzasidan xulosa…………………………………………………………..
Xulosa…………………………………………………………………………….
Tavsiyalar…………………………………………………………………………
Adabiyotlar ro’yxati………………………………………………………………
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: N.Ismoilova va D.Abdullayevalarning “Ijtimoiy psixologiya” asarida shaxsning ijtimoiy ustanovkalariga quyidagicha ta’rif berilgan. Ustanovka inglizcha set so‘zidan olingan bo‘lib, ko‘rsatma berish, anglanilmagan mayllar, yo‘l yo‘riq ko‘rsatish ma’nolarida qo‘llanib kelinadi .Ustanovka uzoq vaqt davomida shakllanadi va u insonning qadr qimmati bilan uzviy bog‘liqdir. «MoyilHk», «yo‘nalganlik», «tayyorlik» kabi mazmunni anglatuvchi, bir biriga o‘xshovchi «ustanovka» va «ijtimoiy ustanovka» tushunchalarini bir biridan farqlash lozimligi ko'pchilik olimlar tomonidan qayd etilgan. Umumiy psixologiyada ustanovka tushunchasi ostida subyektning ma’lum bir faoliyatga nisbatan tayyorligi tushuniladi. Va bu ikki xil omilga bog‘liqligi ta’kidlanadi: birinchisi, subyektning ehtiyojlari bo‘lsa, ikkinchisi obyektiv vaziyatga mos kelishidir. Biz psixologiya sohasidagi barcha muammolarni ijtimoiy psixologik nuqtayi nazardan qarayotganligimiz bois ustanovkalarni emas, balki ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganishga doir ma’lumotlarni tahlil qilamiz Ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganishdagi uch bosqich Ijtimoiy psixologiyada ijtimoiy ustanovkalarning o‘rganilishi uch bosqichli jarayonni boshidan kechirgan. Birinchi bosqich XX asrning boshlariga tegishli bo‘lib, bu davrda fanga ijtimoiy ustanovka tushunchasi kiritildi hamda olimlar ijtimoiy ustanovkalarning mazmunini tushunish uchun nazariy va eksperimental tadqiqotlarni boshlab yuborishdi
Do'stlaringiz bilan baham: |