Kurs ishi mavzu


Download 0.51 Mb.
bet1/7
Sana06.10.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1693990
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
zamonaviy dori turlari


O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti


Botanika va dorivor o’simliklar kafedrasi
Fitopreparatlar texnologiyasi fanidan
KURS ISHI


Mavzu:

Bajardi:
Tekishirdi:

Guliston 2023y
Mundarija
Kirish…………………………………………………………………………………………………..3
I.Adabiyotlar tahlili……………………………………………………………………………..4
1.1.Dori haqida umumiy tushuncha…………………………………………………….4
II.Asosiy qism……………………………………………………………………………………..7
2.1.Dori turlarining klasifikatsiyasi……………………………………………………..7
2.2.Kapsulalar va mikrokapsula Dori turlari haqida malumot……………..11
2.3.ELAKI DORILAR - POROSHOKLAR (PULVERES) Tibbiyotda qo'llanishi…………………………………………………………………………………………14
2.4.Suyuq dori turlari texnologiyasi uinumiy malumotlari…………………17
Xulosa……………………………………………………………………………………………….19
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………………….20

Kirish.
Dorivor o‘simliklar mahsulotlarini ishlatish (dori turlari tayyorlash) uchun ular Galen laboratoriyalari, farmatsevtika zavodlari omborlariga va dorixonalarning o‘ziga ham turli holda yuboriladi. Ular korxonalarga maydalanmagan — butun, qirqib yirik maydalangan yoki maydalab kukunga aylantirilgan holda kelishi mumkin. Shuning uchun ularni tahlil qilish, ya’ni chinligi, sifati va mahsulotdagi aralashmalarni aniqlash usullari ham turlicha bo‘ladi. Agar dorivor o‘simliklar mahsuloti butun — maydalanmagan holda omborlarga va dorixonalarga kelsa, ularning ustki ko‘rinishi bo‘yicha, o‘zlariga xos belgilarini hisobga olib, ya’ni morfologik tahlil qilinadi. Bunda ba’zan lupadan va juda kamdan kam hollarda mikroskopdan foydalaniladi. Morfologik tahlil qilinganda mahsulotning ustki ko‘rinishiga ahamiyat beriladi va ularning o‘ziga xos belgilarini topib hamda tegishli „aniqlagich kalit“ yordamida tahlilga berilgan mahsulot chinligi aniqlanadi. Bordi-yu, dorivor o‘simliklar mahsuloti yirik maydalangan qirqilgan holda bo‘lsa, unda avvalo lupa va binakular mikroskop yordamida ustki ko‘rinishini o‘rganiladi (morfologik tahlil), so‘ngra oxirgi hal qiluvchi xulosaga kelish maqsadida mahsulotdan mikroskopik preparat tayyorlab, mikroskop ostida ko‘riladi (mikroskopik tahlil qilinadi) va unga xos belgilarni topib tegishli „aniqlagich kalit“ yordamida chinligi aniqlanadi (identifikatsiya qilinadi). Mikroskopik (anatomik) tahlil qilinganda mahsulotdan tegishli mikropreparat (barg va gullarni ko‘pincha ustki ko‘rinish preparati, po‘stloq, ildiz, ildizpoya hamda meva va urug‘lardan ko‘ndalang va bo‘yiga — uzunasiga kesim) tayyorlab, tegishli suyuqlikda mikroskop ostida ko‘riladi. Ayni vaqtda mikropreparatlar bilan kimyoviy reaktivlar yordamida tegishli biologik faol moddalarga yoki ayrim hujayra va to‘qimalarga mikrokimyoviy reaksiyalar ham qilinadi..



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling