Kurs ishi mavzu: Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va ularning vazifalari Bajardi


O'zbekistonning xalqaro iqtisodiy tashlikotlar bilan hamkorligi


Download 68.05 Kb.
bet6/8
Sana30.04.2023
Hajmi68.05 Kb.
#1415356
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Saidusmon kursishi555

O'zbekistonning xalqaro iqtisodiy tashlikotlar bilan hamkorligi
Mustaqil Oʻzbekistonning xalqaro aloqalari tobora rivojlanib borar ekan, bu esa eng birinchi galda bojxona faoliyati zamon talablariga javob bera oladigan darajada mukammal yoʻlga qoʻyilishini talab etadi. Ayniqsa, turli xalqaro shartnomalardagi bojxona ishlariga oid bandlarning Oʻzbekistonda sifatli va oʻz vaqtida bajarib borilishini taʼminlash juda ham muhim. Oʻzbekiston 1992-yil 28-iyulda Jahon bojxona tashkilotining faol aʼzosiga aylandi va muntazam ravishda tashkilotning yillik anjumanlarida mamlakatimiz vakillari samarali ishtirok etib kelmoqdalar. Dunyoning 179 davlatini oʻzida birlashtirgan mazkur tashkilot dunyo hhamjamiyati tomonidan “Xalqaro bojxona tajribasi markazi” deb eʼtirof etiladi. Bojxona xizmatini jahon standartlariga yaqinlashtirish maqsadida mamlakatimiz xalqaro bojxona amaliyotlari bilan bogʻliq 15 dan ortiq xalqaro konvensiyalarga aʼzo boʻlgan. Mamlakatimiz Jahon bojxona tashkiloti ishida faol ishtirok etyapti. Oʻzbekistonning 1995-yilda Siyosiy komissiya aʼzosi etib, 2001-yilda esa Moliya qoʻmitasi tarkibiga saylanishi ham mamlakatimiz xalqaro bojxona hamjamiyati tomonidan munosib eʼtirof etilganidan dalolat beradi. Ushbu koʻp yillik hamkorlik respublikamiz huquqiy bazasini xalqaro konvensiyalar va bojxona ishining boshqa xalqaro meʼyorlariga yaqinlashtirishga imkon berdi. Bojxona sohasidagi qonunchiligimiz umumqabul qilingan xalqaro standartlar, meʼyorlar va amaliyot bilan birxillashtirish hamda uygʻunlashtirish yoʻnalishida rivojlanmoqda, bu esa respublika bojxona siyosati yutuqlarini mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muhim dalili deb eʼtirof etishni taʼminlaydi. Bojxona taomillarini soddalashtirish va uygʻunlashtirish toʻgʻrisida xalqaro konvensiyaning (Kioto konvensiyasi) 1999-yil iyunda maʼqullangan yangi versiyasi JBTning eng kata va muhim yutugʻiga aylandi. Kengashning 2005-yildagi sessiyalarida Xavfsizlik va jahonda savdoni yengillashtirishning hadli standartlari qabul qilinishi ham xalqaro bojxona hamjamiyati uchun muhim voqea boʻldi. Davlat bojxona qoʻmitasining xalqaro bojxona hamkorligi faqatgina Jahon bojxona tashkiloti bilan kifoyalanmaydi. Respublikamiz bojxona organlari boshqa yirik xalqaro tashkilotlarning ham bojxona ishiga doir dastur va loyihalarida ham faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boshqarmasining giyohvand moddalarning noqonuniy aylanuviga qarshi kurashish boʻyicha tajriba almashishga doir xalqaro tadbirlarida, Shanxay hamkorlik tashkilotining Bojxona hamkorligi boʻyicha maxsus ishchi guruhi yigʻilishlarida, MDH Bojxona xizmatlari rahbarlarining kengashi majlislari, Osiyo taraqqiyot bankining Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligi dasturi, Yaponiyaning JICA va Koreyaning KOIKA xalqaro hamkorlik boʻyicha tashkilotlari oʻquv kurslarida faol ishtirok etib kelinmoqda.
Istiqlol yillarida MDHga aʼzo davlatlarning bojxona xizmatlari oʻrtasida bojxona hamkorligining huquqiy asoslari va yoʻnalishlarini oʻzida qamrab olgan 100 dan ortiq hukumatlararo va idoralararo Bitimlar imzolandi. Soʻnggi 20 yil mobaynida esa mazkur Bitimlar imzolangan davlatlar vakillari bilan 100 dan ortiq ikki tomonlama ishchi uchrashuvlar tashkil etildi. Mazkur oliy darajada oʻtkazilgan uchrashuvlarning samarasi oʻlaroq Toshkentda oʻtkazilgan bir qator tadbirlarni misol keltirishimiz mumkin:
- 1997-yilda Jahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi Jeyms Shaver ishtirokida Markaziy Osiyo davlatlari bojxona xizmatlari rahbarlari bilan oʻtkazilgan mintaqaviy uchrashuv;2
- 2002-yilda Jahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi Mishel Dane ishtirokida “Buyuk ipak yoʻli davlatlarida giyohvand moddalarning gʻayriqonuniy aylanishiga qarshi kurashish” mavzusida xalqaro konferensiya (konferensiya yakunida Toshkent Deklaratsiyasi imzolangan);3
- 2004-yilda Yaponiya hukumati koʻmagida bojxona protsedurasini soddalashtirish va uygʻunlashtirish boʻyicha qayta ishlab toʻldirilgan Xalqaro konvensiyani tanishtirish maqsadida tashkil etilgan mintaqaviy seminar (Kioto konvensiyasi) ;
- 2008-yilda Milliy kinologiya markaziga Jahon bojxona tashkilotining mintaqaviy oʻquv markazi maqomini berish boʻyicha Davlat bojxona qoʻmitasi va Jahon bojxona tashkiloti oʻrtasida Anglashuv memorandumi imzolanishi.
- 2010-yil 3-may kuni Jahon Bojxona tashkiloti Bosh kotibi Kunio Mikuriyaning Toshkentda boʻlib oʻtadigan Osiyo taraqqiyot banki (OTB) boshqaruvchilar Kengashining 43-yillik majlisi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga rasmiy tashrifi.4 Tashrif chogʻida Janob Mikuriya Jahon bojxona tashkilotining yaqin yillarga moʻljallangan strategik maqsad va vazifalari toʻgʻrisida Davlat bojxona qoʻmitasi shaxsiy tarkibi oldida chiqish qilib, bojxona xizmati - qonuniy savdo aylanmasini tashkil etish, iqtisodiy taraqqiyot va xavfsizlikni taʼminlashda muhim rol oʻynashini alohida taʼkidlab oʻtdi. Oliy darajadagi mehmonlarning mamlakatimizga tashrifi mazkur xalqaro tashkilot bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi oʻzaro mustahkam hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilganligining yaqqol dalilidir. Oʻzbekiston bojxona organlari tomonidan xalqaro hamkorlik yoʻnalishida olib borilayotgan faol va muvaffaqiyatli chora-tadbirlar jahon hamjamiyati tomonidan ijobiy baholab kelinmoqda.
Shu kunlarda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish, bunda xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy amaliyotni faol o‘rganish, islohotlarga nufuzli ekspertlarni jalb etish masalalarini muhokama qilish maqsadida xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Xususan, 2021- yilning 27 iyul' kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov5 BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili Xelena Freyzer va BMTning boshqa agentliklari rahbarlari - BMTning Taraqqiyot dasturi va UNODC vakillari ishtirokida videokonferens aloqa shaklida muloqot o‘tkazdi. Unda tomonlar yangi tashkil etilgan tuzilma bilan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari hamda qator dolzarb loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Ta'kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan6 korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasini rivojlantirishda chet el tajribasini o‘rganish, xususan, Janubiy Koreya, Singapur, Gruziya va qator Yevropa davlatlaridagi ijobiy jihatlarni yurtimizda tadbiq etish vazifasi qo‘yildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ushbu yo‘nalishda davlat siyosatini yurituvchi mutlaqo yangi tuzilma ekani, davlatimiz rahbari tomonidan hal etilishi lozim bo‘lgan qator muhim masalalar belgilab berilgani qayd etildi. Uchrashuvda Akmal Burxanov so‘zga chiqib, ushbu vazifalarni amalga oshirishda hamda Agentlik faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishda ilg‘or xorijiy tajriba va xalqaro hamkorlarning o‘rni muhimligini ta'kidladi. O‘z navbatida, BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili Xelena Freyzer7 Agentlik tashkil etilgani bilan barchani qutlab, korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish bo‘yicha hamkorlikka hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.
Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi to‘g‘risida”gi, “Davlat xizmatchilarining daromadlari, mol-mulki va manfaatlar to‘qnashuvini deklaratsiya qilish to‘g‘risida”gi, “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi kabi qator qonun loyihalarini ishlab chiqishda xalqaro ekspertlarni jalb etishda ko‘maklashishini bildirdi. Shuningdek, tomonlar 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan Korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi loyihasini tayyorlash, “E-anticor.uz” platformasini ishlab chiqishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
Shu kunning o‘zida “Hududiy muloqot” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti rahbari M'yusha Sever8 bilan uchrashuv tashkil etildi. Muloqotda, shuningdek, Sloveniyalik ekspert Goran Klimenchich ham ishtirok etdi.9 
Muzokaralar davomida tomonlar korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning nazariy va amaliy masalalari, xorijiy tajriba va xalqaro standartlarni o‘rganishni qamrab oluvchi maxsus o‘quv dasturlarini hamkorlikda ishlab chiqishga kelishib olishdi.
Shuningdek, O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida imzolangan xalqaro kelishuv va shartnomalarning to‘liq bajarilishi masalasi yuzasidan Yevropa Ittifoqi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti vakillari bilan ham uchrashuv o‘tkazildi. 
Unda BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Istanbul harakatlar rejasi doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim tavsiyalar bajarilishi muhokama qilindi. Tomonlar ushbu sohada rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish, xususan, xorijda korrupsiyaga qarshi kurashish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishga kelishib oldilar.
Uchrashuv davomida, shuningdek, davlat organlari xodimlari uchun Agentlikda tashkil etiladigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha stajirovka va o‘quv kurslarining dasturi xalqaro ekspertlar ishtirokida ishlab chiqiladigan bo‘ldi. Bunda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti tayyorgarlik va ta'lim jarayonlariga yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etishga tayyorligini bildirdi.


Download 68.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling