Xalqaro tashkilotlar:
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) (1992-yil 2-martda)
MDH (1991-yil 21-dekabrdan)
TURKSOY (1993-yil 12-iyuldan)
Turkiy davlatlar tashkiloti
Jahon savdo tashkiloti (1992-1993 yillar)
ECOSAN(1992-yil 20-sentabrda)
Shanxay hamkorlik tashkiloti(SHHT)(2001-yil 15-iyun)
Osiyo Parlament Assambleyasi(OPA)(2006-yil)
Interpol (1994-yildan)
MAGATE (1994-yil 21-yanvardan)
UNESCO (1993-yil 26-oktabrdan)
NATO (1994-yil 13-iyuldan)
OPEC (2017-yil 30-noyabrdan (kuzatuvchi sifatida))
EXHT
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) — Yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni taʼminlash, davlatlarning oʻzaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot. 1945-yil 24-oktabrda tuzilgan. BMTni barpo etish haqidagi qaror AQSh, Birlashgan Qirollik, Xitoy va Sovet Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida 1943-yilda, Ustavi esa San Francisco konferensiyasida 1950-yilda qabul qilindi. BMT Ustaviga dastlab 51 davlat imzo chekkan, 2000-yilda esa ular soni 189 taga yetgan.
Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) — davlatlararo tashkilot. 1991-yil 8-dekabrda Minskda Belarus, Rossiya, Ukraina tomonidan tuzilgan. Ana shu davlat rahbarlari imzo chekkan Bitimda SSSR chuqur tanazzulga uchrab parchalanib ketish natijasida yoʻq boʻlganligi qayd qilindi, uchala davlat siyosiy, iqtisodiy, gumanitar, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga intilishini bayon etdi. 1991-yil 21-dekabrda Bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston qoʻshildi, ular Belarus, Rossiya va Ukraina bilan birga MDHning maqsad va qoidalari toʻgʻrisidagi Deklaratsiyaga Olmaota shahrida imzolashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |