Kurs ishi mavzu: ’’xitoy tilini o'qitishda til o'rgatish bosqichlari talablari’’


II BOB. XITOY TILIDA 向,往,于,在,给,对,从 PREDLOGLARINING QO'LLANILISHI


Download 28.76 Kb.
bet4/6
Sana30.04.2023
Hajmi28.76 Kb.
#1414940
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi

II BOB. XITOY TILIDA 向,往,于,在,给,对,从 PREDLOGLARINING QO'LLANILISHI
2.1 向,往,于,在,给,对,从 predloglarining grammatik tahlili
Predloglar xitoy tilida juda muhim ahamiyatga ega bo'lib, o'zbek tilida ularning muqobil varianti mavjud emas. Xitoy tilidagi predloglar mustaqil holda gap bo'lib shakllanmaydi va o'zlari mustaqil holda gapning biror bo'lagi vazifasida kelmaydi. Ular o'zi bilan yonma-yon kelgan to'ldiruvchisi bilan predlogli to'ldiruvchi birikma hosil qilibgina gap tarkibida hol, aniqlovchi va to'ldiruvchi vazifasida kelishi mumkin. Ammo ulardan ayrimlari-yo'nalish va o'rin-joyga ishora qiluvchi predloglar ma'no va ishlatilishi jihatidan o'zbek tilidagi kelishiklarga to'g'ri kelishi mumkin: 在zài -da,从 cóng -dan,向 xiàng -ga,往wăng -ga,当 dāng -da,于yù -da. Xitoy tilida yana shunday predloglarni ham uchratish mumkinki, gap tarkibida ularni o'zbek tilidagi singari ko'makchilar vazifasida ham qo'llash mumkin.
Xitoy tilida predloglar yuqorida takidlanganidek, o'zi bog'lanib kelayotgan birikma bilan gap tarkibida biror vazifani bajaradi. Shuni ta'kidlash lozimki, xitoy tilida predloglar, asosan, hol, aniqlovchi va to'ldiruvchi vazifasida kelishi mumkin. Xitoy tilida predloglarning to'ldiruvchiga bog'lanib, to'ldiruvchili birikma sifatida kelishi nisbatan ko'proq kuzatiladi.
Xitoy tilida predloglar o'zbek tilidagi singari qo'shimcha tarzida emas, aksincha so'z holida uchraydi. Ammo tarjima qilinish jarayonida xuddi o'zbek tilidagi singari qo'shimcha tarzida tarjima qilinadi. Xitoy tilida yana shunday predloglar ham borki, ular predlog vazifasidan tashqari, mustaqil so'z holida qo'llanilishi ham mumkin. Lekin ular predlog vazifasida kelganda mustaqil ma'nosini yo'qotadi va gap mazmuniga qarab tarjima qilinadi. Ana shunday predloglarga quyidagilarni misol qilishimiz mumkin: 和hé va 与 yû bilan, 跟gēn bilan, 同tòng birga, 替tì o'rniga, 对duì to'g'ri, 对于duìyú asoslanib, 随着suízhe -ga ko'ra, 沿着 yánzhe bo'ylab va hokazo.
Xuddi boshqa chet tillarida bo'lgani singari xitoy tilida ham predloglar k'olami va ishlatilishiga ko'ra, muhim ahamiyatga ega. Masalan, o'zbek tilida xitoy tilidagi ayrim predloglarning vazifasini bajaruvchi kelishiklar va ko'makchilarning ham o'ziga yarasha ishlatilish o'rni mavjud bo'lganidek, xitoy tilida ham kelishik va ko'makchilar vazifasini predloglar bajaradi.
Yuqoridagi qoida yanada tushunarli bolishi uchun, misol tariqasida o'zbek tilidagi bo'ylab komakchisini olaylik. Ushbu ko'makchi o'zbek tilida biror yo'nalish bo'ylab sodir etilayotgan yoki sodir bo'lgan ish-harakatni ifodalovchi gaplarda ishlatiladi. Masalan, ko'l bo'ylab yurilsa, bozor rastasiga tezroq chiqiladi. Ushbu gapda bo'ylab ko'makchisi kol yonidan o'tgan tor yo'l yoki yo'lakcha orqali yurilganda belgilangan manzilga tezroq yetib borish mumkinligiga ishora qilyapti. Xitoy tilida ham bo'ylab ko'makchisi mavjud bo'lib, u ham xuddi o'zbek tilidagi singari biror yo'nalish bo'yicha sodir bo'layotgan hodisaga ishora qiladi. Ammo o'zbek tilidan farqli o'laroq, xitoy tilidagi bo'ylab ko'makchisi ya'ni predlogi qaysi so'zga bog'lanib kelishiga ko'ra farqlanadi. Masalan yuqoridagi ko'l bo'ylab yurilsa, bozor rastasiga tezroq chiqiladi, jumlasiga to'xtaladigan bo'lsak, ushbu gapni xitoy tiliga tarjima qilinganda istalgan bo'ylab predlogidan foydalanilmaydi. Chunki xitoy iyerogliflari bunga yo'l qo'ymaydi.
Xitoy iyerogliflariga ko'ra, har bir iyeroglif o'zi anglatayotgan m'anosiga ko'ra tarkibida o'sha ma'noga aloqador kalitlarga ega bo'ladi. Shunday ekan, ko'l so'zi uchun suv kalitiga ega bo'lgan 顺 (shùn),顺着 (shùnzhe),沿 (yán),沿着(yánzhe)predloglarini qo'llay olamiz. Ushbu bir guruh predloglar qadimiy xitoy tilida suv manosini anglatgan. Chunki顺 (shùn),顺着 (shùnzhe) iyerogliflari tarkibida 小河xiăohé, ya'ni kichik ko'l, 沿 (yán),沿着(yánzhe)iyerogliflari tarkibida 三点水sāndiănshuî, ya'ni uch tomchi suv kaliti mavjud. Ularning barchasi o'zbek tiliga bo'ylab deb tarjima qilinadi va faqat ko'rinishidan uzun hamda ingichka joy nomlari oldidan qo`llaniladi.
Ammo ba'zida istisno tarzida quruqlik bo'lishiga qaramay, uzun hamda ingichka bo'lgan trassa, yo'llar oldidan ishlatilishini kuzatish mumkin:
沿着大街可以到达机场。
Yánzhe dàjiē kěyî dàodá jīchăng
Katta trassa orqali aeroportga o'tish mumkin.
Shuningdek, xitoy tilshunosligida ushbu predloglar bilan ayrim abstrakt otlar kelishini kuzatish mumkin. Ushbu predloglar bilan yonma-yon keladigan so'zlarga misol qilib, quyidagilarni keltirish mumkin:
河hé kol
路lù yo'l, ko'cha
街jiē trassa
道dào yo'l
江jiāng daryo
你只要沿着我给你指的方向走,一定能够到达目的地。
Nî zhîyào yánzhe wô gěi nî zhî de fāngxiàng zôu, yídìng néng gòu dàodá mùdì de.
Sen faqat men senga bergan yo'nalish orqali yursanggina, ko'zlagan manzilingga yetishing mumkin. Ushbu jumla yonalishga ishora qiluvchi predloglarning abstrakt ot (方向 – fāngxiàng yo'nalish) lar oldidan kelishiga misol bo'la oladi.
Ma'lumki, o'zbek tilida so'zlarning bu kabi xususiyatlari inobatga olinmaydi. Ya'ni ko'l, daryo hamda ko'cha so'zlari bilan hamisha bir xil ko'makchilar qo'llaniladi.
Xitoy tilida predloglarni tadqiq qilar ekanmiz, ular orasida uchraydigan sinonimiya hodisasiga e'tibor berish lozim. Sinonimik predloglarni deyarli har bir tur predloglari tarkibida uchratish mumkin. Xitoy tilida ko'p hollarda biror predlog o'rniga ikkinchisini qo'llash mumkin bo'lgan vaziyatlar bor, ammo ikkinchi predlog orniga birinchisini qollash mumkin bolmagan vaziyatlar ham ko'zga tashlanib turadi. Bu ham xitoy tili predloglariga xos bo'lgan xususiyatlardan biridir, deyishimiz o'rinli. O'zbek tilida kelishik kategoriyalari hamda ko'makchilar o'rtasidagi sinonimlarni ko'rishimiz mumkin, lekin har doim ham kelishik kategoriyalarining o'zaro sinonimiya hodisasiga duch kelavermaymiz.
Xitoy tilidagi ayrim predloglarning sinonimiya hodisasiga quyidagilarni misol qilishimiz mumkin:
对于 duìyú– o'zbek tiliga asoslanib, -ga ko'ra deb tarjima qilinadi. Bu predlog xitoy tilidagi hamkor predloglar turiga mansub bo'lib, ushbu guruhga yana 对 duì,关于 guānyú predloglari ham mansub. Ushbu predloglarning bari ma'nosi jihatidan deyarli bir xil, ammo ishlatilishi, ayrim xususiyatlariga ko'ra noo'xshash tomonlari ham bor. Ya'ni 对 于duìyú predlogining o'rnida 对duìni ishlatilish noto'g'ri bo'lmaydi. Ammo 对duìning o'rnida 对于duìyúni ishlatilish xatodir. Masalan:
对于你们做的所有的作为,我不想说什么。
Duìyú nîmen zuò de suôyôu de zuòwéi, wô bù xiăng shuō shénme
Sizlarning qilgan munosabatlaringizga ko'ra (asosan), mening hech narsa degim kelmayapti.
Yuqorida takidlanganidek, 对于duìyú predlogining o'rnida 对duìnii ishlatilish mumkin, ammo ushbu misol tarkibida istisno tarzida 对于duìyú o'rniga 对duìni qollash xato hisoblanadi. Chunki 对于 duìyú, umuman xitoy tilidagi ikki bo'g'inli so'zlar har doim o'zidan keyin yana ikki bo'g'inli so'zlarni talab qiladi. Ya'ni bu gapda 作为 zuòwéo (vazifa, funksiya) so'zi 对于duìyúni talab qilayotgan so'zligidan kelib chiqib, bu gapda 对duì predlogini qo'llash xato, degan xulosaga kelishimiz mumkin.
Xitoy tilida ayrim predloglar mavjudki, ular predlog bo'lishidan tashqari, nutq jarayonida vazifasiga ko'ra yana boshqa vazifada ham qo'llanilishi mumkin. Xitoy tilida bunday predloglar juda ko'p uchraydi. Bunday predloglar sirasiga misol qilib, 和hé va, 跟 gēn bilan kabi predloglarini keltirishimiz mumkin. Ushbu so'zlar predlog vazifasidan tashqari, xuddi o'zbek tilidagi singari yana bog'lovchi vazifasida ham kelishi mumkin. Masalan:
这件事跟我没有什么关系。
Zhè jiàn shì gēn wô méiyôu shénme guānxi
Bu ishning menga umuman aloqasi yoq.
Ushbu gapning tarjimasidan kelib chiqib bilan bog'lovchisi ko'makchi vazifasida kelayotganligini ko'rishimiz mumkin.
Shuningdek, xitoy tilida predloglar og'zaki yoki yozma, kitobiy nutqda ishlatilishiga ko'ra ham tavsiflanadi. Kitobiy va yozma nutqdagi predloglarning o'zi ham qay darajada qo'llanilayotgani ko'ra yana tavsiflanadi. Ya'ni, xitoy tilida ayrim predloglar 非常书面语 fēicháng shūmiànyû–haddan tashqari kitobiy til tarkibiga kiradi. Ya'ni o'z nomidan anglashilganidek, bunday predloglarga og'zaki nutqda umuman murojaat qilinmaydi.
Ular, asosan sheriy parchalar, badiiy asarlar tarkibida qo'llaniladi. Bu kabi predloglarga misol qilib, 离lí, 距jù orasida…masofa bor, deb tarjima qilinadigan predloglarini keltirishimiz mumkin. Ulardan距jù, asosan kitobiy tilda ishlatilsa, 离lí esa ko'pincha og'zaki nutqda ishlatiladi.
Tilshunoslik ilmida kelishiklar va predloglar o'rtasida tafovut va farqli jihatlar borligi, ularni bir-biridan ajratish lozimligi aytib o'tildi. Shu sababdan, quyida kelishiklarning ayrim xarakterli xususiyatlarini keltirib o'tamiz:
Kelishiklar gapda otning yoki otlashgan so'zning fe'lga, ba'an boshqa so'z turkumiga munosabatini ifodalaydigan formalardir. Eski o'zbek tilida hozirgi o'zbek tilidagidek 6 ta kelishik shakli saqlangan. Turkiy tillar taraqqiyotining qadimgi davrlari uchun xarakterli bo'lgan vosita kelishigi shakli XIII-XIV-asrlarga oid yozma yodgorliklar tilida ham ma'lum darajada qo'llangan. XV-asr va undan keyingi davrlarda vosita kelishigining qo'llanishi ancha chegaralangan bo'lib, o'zining grammatik xususiyatini yo'qotgan va kelishik kategoriyasi sifatida iste'moldan chiqqan. Shu davrdan boshlab vosita kelishigi shaklida qo'llangan so'zlar ravish kategoriyasiga o'tgan yoki o'tish jarayonida bo'lib, payt, holat kabi ma'nolarni ifodalashga xizmat qiladi. Otlarning kelishik shakllari ham uslubiy xususiyatlar kasb qilishi mumkin.

Download 28.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling