Kurs ishi ona tili o‘qitish metodikasi mavzu. Alifbe darslarida didaktik o‘yinlardan foydalanish


Download 147.83 Kb.
bet11/12
Sana08.01.2022
Hajmi147.83 Kb.
#245684
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
127758 answer Musurmonqulova

V.Darsni yakunlash.(5 min)

Suhbat uchun savollar : Darsda o‘tilgan “Kapalak bilan asalari” matni nima to‘g‘risida ekan?

Kapalak so‘zi necha bo‘g‘indan tashkil topgan?

Sinfxnadagi qaysi jixozda Pp tovush-harfi bor?

Dars yakunida darsda faol qatnashgan o‘quvchilarni rag‘batlantirish.

Xulosa qilib aytganda, savod o‘rgatish alifbe davrida ”Darvoza”, ”So‘z tuz va o‘qi”, ”Domino”, ”So‘z mulkiga sayohat”, ”To‘g‘risini top”, ”Kesma harflardan kim ko‘p so‘z tuzadi va o‘qiydi” kabi o‘yinlar tashkil etiladi. Bu o‘yinlar o‘quvchilarni ortiqcha zo‘riqishlardan saqlaydi va o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.


Xulosa

1. Savod o‘rgatish darslarining asosiy maqsadi o‘quvchilarni o‘zbek tilidagi barcha tovushlar va harflar bilan tanishtirish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Bu maqsadni muvaffaqiyatli amalga oshirish tanlangan metod va uni tashkil etishga bog‘liq bo‘ladi.

2. O‘quvchilarning savodini chiqarishda tayyorgarlik darajasini hisobga olish va o‘quvchini bilim olishga qiziqishini oshirishga qaratilgan ta’limiy o‘yinlardan foydalanish zarur.

3. Savod o‘rgatish o‘qish darslari va savod o‘rgatish yozuv darslarida ta’limiy o‘yinlar darsning maqsadini amalga oshirishga qaratilishi lozim.

4.Savod o‘rgatish o‘qish darslarida ”Darvoza”, ”So‘z tuz va o‘qi”, ”Domino”, ”So‘z mulkiga sayohat”, ”To‘g‘risini top”, ”Kesma harflardan kim ko‘p so‘z tuzadi va o‘qiydi” kabi o‘yinlar tashkil etiladi.

5. Savod o‘rgatish yozuv darslarida ”To‘g‘ri shakllantir”, ”Qaysi harfda bir xil element bor?”, ”Pastdan ulanadigan harlarni ajrat”, ”Kim to‘g‘ri va chiroyli yozadi?”, ”Harf elementlarida harf yasa va yoz” kabi o‘yinlar uyushtiriladi.




Download 147.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling