Kurs ishi ona tili o‘qitish metodikasi mavzu. Alifbe darslarida didaktik o‘yinlardan foydalanish
Download 147,83 Kb.
|
127758 answer Musurmonqulova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dam olish daqiqasi.
Darslik bilan ishlash:
O‘tgan darsda o‘rganilgan “Do‘stlar” matni va so‘zlar (45-bet) “Zanjir” metodida o‘qitiladi. O‘tilgan mavzu yuzasidan suhbat. Suhbat uchun savollar: “Sh”dan boshlanar oti, Asal kabi sharbati. Bilsang nomin ayt, Ali! -Ha,bilaman- O‘quvchilar javobi: shaftoli Do‘st degani bu…. O‘quvchilar javobi: mehrli o‘rtoq, og‘ayni “Do‘stlar” matnida kimlar do‘st ekan? “Do‘st bilan uying obod” hikmatli gapi ma’nosini tushuntiring. Dam olish daqiqasi. P p harfiga oid qo‘shiq matniga mos harakatli mashq bajartiriladi.(3-ilova) III. Yangi mavzu ustida ishlash. (12 min) Harakatli slayd yordamida Pp tovushinngi talaffuzi analitik- sintetik tovush metodi orqali tushuntirish. (4-ilova) Darslikdagi pilla rasmi yuzasidan suhbat o‘tkaziladi. Suhbat uchun savollar: -Nima pilla o‘raydi? (Ipak qurti pilla o‘raydi) -Pilladan nima olinadi? (Pilladan ipak ipi olinadi, undan matolar to‘qiladi.) -“Pilla” va “ip” so‘zlarini bo‘g‘inga bo‘ling.(Pil-la, ip) - Pilla necha bo‘g‘inli so‘z ekan? (2 bo‘g‘inli) - Birinchi bo‘g‘inni ayting. - Birinchi bo‘g‘in qaysi tovush bilan boshlangan? (P tovushi bilan) -p tovushi so‘zni qayerida kelgan? -p tovushini talaffuzini kuzating. O‘qituvchi talaffuz qiladi, o‘quvchilar nutq organlarining holatini kuzatadilar. -p tovushining talaffuzida lablar nima qiladi? Havo tashqariga qanday chiqadi? - p tovushi nimalarning to‘sig‘iga uchrar ekan? Ip so‘zidagi p tovushi ham shu tarzda tahlil qilinadi va o‘quvchilar javoblari to‘ldirilib umumlashtiriladi. Pilla, ip so‘zlarini to‘g‘ri talaffuz etish mashq qilinadi. P tovushining talaffuzida ikki lab jipslashadi. Havo shu joydan portlab chiqishidan p tovushi hosil bo‘ldi. Demak, bu tovushning talaffuzida havo og‘izda to‘siqqa uchraydi. Shuning uchun uni cho‘zib aytib bo‘lmaydi. P tovushi undosh tovush, p tovushi so‘zning boshida, o‘rtasida, oxirida keladi. Bir nechta so‘z talaffuz etiladi. O‘quvchilar p tovushli so‘zlarning va p tovushli so‘zni qaysi o‘rinda kelayotganini aytadilar. Download 147,83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling