Kurs ishi rahbari


Mavzuning ob’yekti va predmeti


Download 82 Kb.
bet2/3
Sana20.02.2023
Hajmi82 Kb.
#1215623
1   2   3
Bog'liq
Xitoy

Mavzuning ob’yekti va predmeti: Ushbu ilmiy ishimizning asosiy ob’yekti va predmeti xitoy tarixini, xususiyatlarini, XX asrning 20-yillaridagi inqilobiy jarayonlarni tadqiq etish, bu borada olib borilgan ilmiy ishlar, maqolalar, mareiallar bilan ilmiy jihatdan yondashgan holda yangi xulosalar, muammoli jihatlarini atroflicha yoritishdan iborat.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Jahon tarixida, XX asrning 20-yillaridagi Xitoydagi inqilobiy jarayonlar davrini yangicha yondashuv asosida tahlil qilib, inqilobiy jarayon omillarini tatqiq etib, davrga xos ilmiy xulosa va fikr mulohaza bildirish.
Maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilandi:

  • XX asrning 20-yillaridagi Xitoydagi inqilobiy jarayonlarning o’ziga xos xususiyatlar yoritish

  • XX asrning 20-yillaridagi Xitoydagi inqilobiy jarayonlarni mavjuda tarixiy manbalar asosida batafsil va atroflicha o’rganish.

  • XX asrning 20-yillaridagi Xitoydagi aholi o’rtasidagi mulkiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy munosabatlarni tahlil qilish.

I bob. Xitoydagi inqilobiy jarayon yuzaga kelishi uchun shart-sharoitlarning yetilishi
1.1 Tsin sulolasining qulashi va harbiy tizimlar
Xitoyda 1900-yildagi Boksyorlar qo’zg’aloni bostirilgandan so’ng chet el davlatlarining Xitoydagi ekspansiyasi yanada kuchaydi. Bunda milliy kapitalning o’rni ham o’sib bordi. Shunday sharoitda Tsin saroyi va nihoyat davlat boshqaruvini modernizatsiyalash ya’ni g’arb davlatlari Yaponiya misolida o’zgartirishga rozi bo’lishdi. Ilmiy daraja uchun imtihonlar bekor qilinib, yangi tipdagi maktablar tuzildi, harbiy va mamuriy reformalar o’tkazildi, minglab yoshlar chet ellarga ya’ni Yaponiya, Yevropa va Amerikaga o’qishga jo’natildi. Inqilobiy tashkilotlar ham yuzaga kelib, ularning maqsadi Xitoyda respublika o’rnatish edi. Inqilobiy harakatning boshlig’i Sun Yatsen bo’lib, uni “Inqilobiy birlashgan ittifoq”ning boshlig’i edi, ushbu harakatning a’zolari 10 mingdan oshar edi. 1911-yilning oktabr oyida Xitoy kalendari bo’yicha Sinxay yilida birlashgan ittifoqga sodiq bo’lgan harbiy qismlar Uchan shahrida qo’zg’alon ko’tarishdi. Ular Xubey inqilobiy yutsion hukumatini tuzishini e’lon qilishdi. Shundan so’ng 21ta provinsiyadan 18tasi Pekindan mustaqil ekanligini e’lon qilishdi. 1911-yilding 29-dekabrida Nankin shahrida inqilobiy kommitetda delegatlar Sun Yatsenni Xitoy Respublikasining vaqtinchalik prezidenti deb e’lon qilishdi. Tsin qo’shinlari generali Yuan Shikay inqilobiy hukumati bilan kelishuv yo’liga o’tdi. Uning iltimosiga ko’ra yosh imperator Pu I 1912-yilning 12-fevralida taxtdan voz kechdi. Ammo inqilob katta yutuqlarga erisha olmadi. Inqilobiy hukumat Nankin shahrida Xitoy Respublikasining vaqtinchalik prezidenti etib Yuan Shikayni tayinladi. U esa davlat poytaxtini Pekin shahriga ko’chirdi. Parlament saylovlarida Sun Yatsen tomonidan tuzilgan milliy partiya (Gomindan) barcha orinlarning parlamentning ikki palatasida ham uchdan ikki qismini egalladi (garchi saylovlarda aholining besh foizi ishtirok etgandi). Biroq Yuan Shikay davlatda o’z diktaturasini o’rnatdi. U parlamentni tarqatib yubordi, ko’pgina Xitoy imperiyasi an’anaviy siyosiy institutlarini tikladi va hattoki monarxiyani tiklashni o’ylay boshladi. 1916-yilda Yuan Shikayning o’limi bilan Xitoyda hattoki siyosiy birlikning ko’rinishi ham yo’qolib ketdi. Janubdagi provinsiyalar va shimoldagi viloyatlar Pekindan o’z mustaqilliklarini e’lon qilishdi. So’ngi yillarda Xitoyda hokimiyat bir necha harbiy siyosiy guruhlar qo’lida edi. Harbiy rejimlar XX asrning birinchi choragidagi Xitoy jamiyatnini mintaqalar bo’yicha bo’linishining bir ko’rinishi edi. Bu jarayon shuningdek iqtisodiyotning alohida bo’linishi va Xitoyning hududiy madaniy o’ziga hosliklari bilan bog’liq edi. Bunday harbiy to’qnashuvlar shimol va janub o’rtasidagi kurashni ko’rsatar edi. Shuningdek davlatning ichidagi shaharlar va dengiz bo’yi shaharlar o’ratasidagi kurash ham uning ichiga kirardi. Provinsial patriotism federativ davlat tuzish va alohida provinsialar konstitutsiyalar qabul qilish fikrlarini qo’llab quvvatlagan holda harbiylar Xitoyni siyosiy birlashtiruv lozungi bilan chiqdilar. Harbiyarning iqtisodiy siyosati ham noaniq edi. Ular armiyaning ta’minotiga barcha iqtisodiy resurslarni ishlatar edi.Hattoki ochiq oydin o’g’irlikdan boshlab, savdo sotiq va kapitalistik tadbirkorlikni qo’llab quvvatlashga qadar. Ichki bo’linib ketish va ichi urushlar bo’lishiga qaramasdan Pekin shahrining siyosiy markazi sifatidagi o’rnini saqlab qola oldi. Faqatgina Pekin hukumati chet el davlatlari tomonidan tan olindi va ulardan qarzlar ola boshlashdi. Harbiylar boshqaruvi yillarida chet el kapitalining o’rni bundan ham ko’proq mustahmaklandi. Shunga qaramasdan aynan shu davrda Xitoyning mustaqilligini tiklash imkoniyatlari vujudga keldi. Xitoyning birinchi jahon urishiga Antanta davlatlari tomonidan kirishi uni xalqaro miqyosda teng davlatga aylantirdi. 1917-yilda Xitoy hukumati Germaniya va Avstriya-Vengriya fuqorolarining eksterritoriallik huquqlarini bekor qildi. 1921-yilda yapon qo’shinlarini Shandundan chiqib ketishiga erishdi. 1924-yilda sovet-xitoy kelishuviga ko’ra SSSR eksterritoriallik huquqidan voz kechdi va Xitoy hududidagi rus konsessiyalari hisblangan Tyanzin va Xankou shaharlarini bo’shatdi. Shimoliy Xitoyning katta qismi harbiylarning qo’lida edi. Ularning ko’pchiligi o’z faoliyatini Yuan Shikay armiyasida boshlagan edi va keyinchalik ikkiga bo’linib o’z faoliyatlarini davom ettirishdi. Ulardan biri Anxoy guruhi deb atalardi, uni Anxoy provinsiyasidan general Duan Chjuyem boshqarardi. Tashqi siyosatda Duan Chjuyem pro-yapon siyosatini olib borardi. Boshqa harbiy guruhning boshlig’i shimolda - chjiliy generallaridan hisoblangan Tsao Kundir. Chjiliy guruhlari Angliya va Amerika banklari tomonidan moliyalashtirilar edi. Manchjuriya esa Yaponiya tomonidan qo’llab quvvatlangan general Chjan Tzolien boshlig’ida alohida harbiy okrugiga aylandi. Shansi provinsiyasida Yan Sishan hukmronlik qila boshladi. Janubda yirik harbiy guruhlar vujudga kelmadi. Janubiy harbiy okruglarda eng katta ta’sir doirasiga Tan Tziao va Li Juntin ega edi. Ular munosib ravishda Yunan va Guansi provinsiyalarini boshqarar edi. Harbiy to’qnashuvlar yillari Xitoyda katta iqtisodiy o’zishlarga olib keldi. Agar 1913-yilda milliy kapitalga tegishli 698 ta tashkilot bo’lgan bo’lsa, 7 yildan so’ng bu son 1759 tani tashkil etdi. Bundan tashqari bank sohasida ham juda katta o’zgarishlar bo’lib o’tdi: 1918-1919-yillar orasida 96 ta bank tuzildi. Dengiz bo’yi shaharlarda yirik sanoat shaharlarining o’sishi kuzatildi. Shanxay shahrining aholisi 1910-yildan 1920-yilga qadar davrda uch baravar ko’payib 2.5 mln ni tashkil etdi. Shunday qilib Xitoyda xitoy jamiyati modernizatsiyasiga qarshilik qiluvchi omillarni olib tashlashga qaratilgan yangi milliy inqilobni o’tkazishga sharoit yaratildi. Inqilob “4 may harakati” nomini olgan harakatda o’z ifodasini topdi. Bunga sabab 1919-yilning 4-mayidagi Pekin studentlarining Parij tinchlik konferensiyasining Yaponiyaga, avvalgi Germaniya ta’sir doirasida bo’lgan Shandunni berish qarori bo’ldi. 1921-yilning iyul oyida Shanxay shahrida Xitoy kommunistik partiyasining birinchi syezdi bo’lib o’tdi. Ikki yildan so’ng Sun Yatsen Guanchjou inqilobiy hukumatini tuzdi. Endi Sun Yatsen SSSR bilan hamkorlikni o’rnatish kursini tanladi. 1924-yilda XKP va Gomindanning birlashgan fronti yuzaga keldi. Guanchjou hukumati inqilobiy armiya tuzishni boshlab yubordi.1925-yilning mart oyida Sun Yatsen vafot etdi. Ushbu davrga kelib Guanchjou hukumati o’zini milliy hukumat deb e’lon qildi va kuchli armiyaga ega bo’lib butun davlat bo’yicha aholining katta qismi tomonidan qo’llab quvvatlanar edi. 1925-yilning iyul oyida milliy hukumat qo’shinlari shimol harbiylariga qarshi yurish boshladi va 1927-yilning mart oyida Nankin va Shanxay shaharlarini egalladi. Undan so’ng Xuanxe o’lkasini ham egalladi.Milliy Hukumat Nankin shahriga ko’chib o’tdi. inqilobning g’alabasi bilanoq Gomindan va XKPning ittifoqi to’xtadi. Milliy hukumatning bosh qo’mondoni Chan Kayshi kammunistlarni ta’qib eta boshladi. Bunga javoban XKP Chan Kayshiga qarshi harbiy qo’z’galon ko’tarildi va bir qanch Tzyansi provinsiyasi hududlarida o’z hokimiyatini o’rnatdi va Tzyansi, Xubey, Futzian provinsiyalarining bir qancha hududlarida o’z hokimiyatini o’rnatdi. Shunday qilib Chan Kayshi armiyasi shimol harbilarini bo’ysundirdi va deyarli butun ichki Xitoyni egalladi.

Download 82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling