Kurs ishi reja: Kirish. I. Bob. Hindistonda Boburiylar imperiyasi


Xalq harakatlari va imperiyaning parchalanishi


Download 1.25 Mb.
bet7/9
Sana11.05.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1450396
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2.2. Xalq harakatlari va imperiyaning parchalanishi
Boburiylar davrida Hindistonda betakror va hashamatli binolar qurildi, ular hind va musulmon meʼmorchiligining uygʼunligini oʼzida mujassamlashtirdi. Biroq aholining katta qismi avvalgidek qashshoqlikda kun koʼrardi. Аkbarning soliq islohotlari umuman taraqqiyparvar ahamiyatiga qaramasdan, dehqonlarning ahvolini yanada ogʼirlash tirdi, sudxoʼrlikka keng yoʼl ochdi. Qarzdor boʼlib qolgan dehqonlar yerlarini tashlab qochib keta boshladilar. Unumdor yerlar changalzorlarga aylandi. Yoʼllarda qaroqchilar koʼpayib, savdo tushkunlikka uchray boshladi. Davlat xazinasiga ham tushumlar kamayib ketdi. Bunday holatda imperiyadan ajralib chiqish, ayirmachilik kayfiyati kuchaydi. Natijada boburiylar imperiyasi inqirozga yuz tuta boshladi. Bu holat ayniqsa Shoh Jahonning oʼgʼli Аvrangzeb hukmronligi yillarida (1658 –1707) avjiga chiqdi. Аvrangzeb saroy fitnasi natijasida otasini taxtdan agʼdarib va qonli jangda uchta aka–ukalarini yengib taxtga kelgan edi. U tajribali qoʼmondon va siyosiy nayranglarning ustasi boʼlgan. U Dekan vodiysiga bir necha yurishlar uyushtirib, eng chekka janubdan tashqari butun Hindiston hududini birlashtirishga erishdi. Mutaassib dindor boʼlganligi sababli parchalanayotgan imperiyani saqlashning yoʼli sifatida islom qoidalarini qatʼi joriy qilishga kirishdi. Musulmon boʼlmaganlardan olinadigan soliq – juzyani qaytadan tikladi, hindlar uchun qolgan barcha soliqlarni ikki hissaga oshirdi, ularga oʼz bayramlarini nishonlashni taqiqladi, hind ibodatxonalarini buzib tashlashni buyurdi. Natijada imperiyaning turli chekkalarida boburiylarga qarshi harakatlar boshlanib ketdi. Bu harakatlar feodal davlatlarda doimiy boʼlib turadigan odatdagi qoʼzgʼolonlardan ommaviyligi bilan ajralib turardi. Boburiylarga qarshi harakatlarning gʼoyaviy asosida etnik va diniy faktorlar alohida ahamiyatga ega boʼldi.
Yirik qoʼzgʼolonlardan biri Maxarashtra mintaqasida boʼlib, unga Shivadji (1630 –1680) ismli kishi boshchilik qilgan. Qoʼzgʼolon 1646 yili boshlanib tezda mustaqil davlatning tashkil topishiga olib keldi. 1674 yili Shivadji tantanali ravishda taxtga oʼtirdi. Biroq Shivadjining oʼlimidan soʼng bir necha yil ichida Аvrangzeb bu davlatni bosib oldi. Taxtga kelgan Shivadjining oʼgʼli Sambxadji 1689 yili qatl qilindi. Lekin Maxarashtrani qaytadan toʼliq boʼysundirishning iloji boʼlmadi. XVIII asr boshiga kelib maratxlarning mustaqil davlati endi boburiylarning poytaxti Dehliga xavf solib turardi.
XVII asr boshlarida yuz bergan yirik qoʼzgʼolonlardan yana biri sikxlarning mustaqillik uchun kurashi edi. Oʼz vaqtida Аkbar shohning homiyligidan foydalangan sikxlar keyinchalik yarim mustaqil davlatga aylangan edi. 1675 yili Аvrangzeb sikxlarning yoʼlboshchisi guru Teg Baxadurni Dehlida qatl qildirdi. Shundan soʼng sikxlar harakatiga guruning oʼgʼli, qobiliyatli siyosatchi, sarkarda va shoir, keng bilimli va jasur shaxs guru Gobind Singx (1666 –1708) rahbarlik qiladi. XVII asr hind madaniyatining yorqin namoyandalaridan biri Gobind 1708 yili yollanma qotil tomonidan oʼldirildi. Gobindning oʼlimidan soʼng harakatga Banda Baxadur ismli shaxs rahbarlik qildi va 1715 yili u oʼldirilgandan soʼng ham harakat davom etdi.14
XVII–XVIII asrlarda yana bir qancha qoʼzgʼolonlar boʼlib, ularda svaradj – «oʼzimizning hokimiyat» soʼzi paydo boʼldi va bu soʼz XIX–XX asrlardagi milliy-ozodlik harakatining ham shioriga aylandi. XVIII asr boshlariga kelib imperiyaning real inqirozi boshlandi. Аrmiya avvalgi qudratini yoʼqotdi, mahalliy hukmdorlarning esa mustaqilligi oshdi. Imperator endi na maʼmuriy, na harbiy huquqqa ega boʼlmagan, oʼziga xos davlatlar uyushmasining ramziy hukmdoriga aylanib qoldi. Endi uning harakatlari faqat saroydagi qarama-qarshi guruhlar oʼrtasida muvozanat oʼrnatishga qaratilgan edi, xolos.
Shunday bir holatda, 1739 yili Eron shohi Nodirshoh qoʼshinlari Hindistonga bostirib kirib, Dehlini taladi, poytaxt aholisining koʼpchiligini qirgʼin qildi. Undan keyin Shimoliy Hindistonni afgʼonlar bosdi. Dehli imperatorlarining hokimiyati tobora zaiflashib borardi. Mamlakat amalda unga koʼz olaytirayotgan yevropaliklar uchun qulay boʼlgan feodal tarqoqlikka qaytdi.

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling