Kurs ishi suv resurslari va ulardan foydalanishni tashkil etish


Download 91.39 Kb.
bet1/8
Sana13.01.2023
Hajmi91.39 Kb.
#1092151
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi suv resurslari va ulardan foydalanishni tashkil etish



KURS ISHI
Suv resurslari va ulardan foydalanishni tashkil etish
SAMARQAND - 2019


i


MUNDARIJA




KIRISH 3

  1. MAVZUNI NAZARIY ASOSLASH VA ADABIYOTLAR SHARHI 5

  2. Qishloq xo’jaligini resurslar salohiyati va fermer xo’jaliklarining ular bilan ta’minlanganlik holati 9

    1. Yer resurslari va ular bilan ta’minlanganlik holati 9

    2. Mehnat resurslari va ular bilan ta’minlanganlik holati 11

    3. Moddiy-texnika resurslari va ular bilan ta’minlanganlik holati 12

  3. SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISHNI TASHKIL ETISH VA UNING

HOZIRGI HOLATI TAHLILI 14
3.1.Suv resurslari va qishloq xo’jaligini rivojlantirishda unda foydalanishning iqtisodiy ahamiyati 14

  1. Suv resurslaridan foydalanishni tashkil etish yo’llari 18

  2. Suv resurslaridan foydalanishning hozirgi holati tahlili 20

  1. SUV RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH YO’LLARI 22

    1. Ekinlarni sug’orishning ilg’or, resuss tejamkor usullarini qo’llash va ularning iqtisodiy samaradorligi 22

    2. Rivojlangan mamlakatlarda qo’llanilayotgan ilg’or texnologiyalar va

  1. O’zbekistondagi ilg’orlar tajribalari 25

XULOSA VA TAKLIFLAR 28
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 30


2


KIRISH




Suv-Yer yuzasida hayot mavjudligining asosiy shartlaridan biridir. Lekin, hozirgi kunda, tabiatdagi barcha suvlardan bevosita foydalanib bo’lmaydi. Shu bilan birga "suv resurslari" tushunchasini barcha suvlarning sinonimi deb tushunmaslik kerak. Haqiqatan ham bu kategoriya faqatgina tabiatga xos bo’lmay, balki ijtimoiy-tarixiy va iqtisodiy bosqichlarda o’zgarib turadi. Hozirgi taraqqiyot bosqichida suv resurslari tabiatdagi barcha chuchuk va o’rtacha minerallashgan, tabiiy holda yoki sun’iy ravishda chuchuklashtirilgan, tozalangan suvlardan iborat bo’lib, ayni paytda xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida ishlatilayotgan va ishlatilishi mumkin bo’lgan suv manbalari yig’indisidir.
Hajmi, miqdori, hosil bo’lish va joylashish o’rniga bog’liq holda suv manbalari mahalliy, regional va global suv resurslariga bo’linadi. Хalqaro bitimlarga asosan esa milliy, davlatlararo va umumiy (umuminsoniy) suv resurslari bir-biridan farqlanadi.
Suv qayta tiklanadigan tabiiy resurslar qatoriga kiradi. Lekin buning uchun, birinchidan, daryolar, muzliklar, yer osti suvlari zahirasi asrlar davomida o’zgarmas bo’lishi va, ikkinchidan, insonning xo’jalik faoliyati ta’sirida tabiiy suvlarning ifloslanishi darajasi ularning sifat jihatdan o’z-o’zini qayta tiklash imkoniyatidan katta bo’lmasligi kerak.
O’lkamizdagi suv resurslarining asosiy manbalari daryolar, soylar, buloqlar, suv omborlari, ko’llardagi tabiiy toza suvlardan hamda yer ostida joylashgan chuchuk va o’rtacha minerallashgan suvlardan iborat. Bularga qo’shimcha ravishda muz osti va muz ko’llari suvlarini, termal (issiq) yer osti suvlarini, tozalangan (ikkilamchi) suvlarni, oqava suvlarining bir qismini, atmosfera yog’inlarini va tup - roqdagi namlikni kiritish mumkin.
Demak, joylashish o’rniga ko’ra yuza suv resurslari bilan yer osti suv resurslari bir-biridan farq qiladi. Lekin, ular o’zaro uzviy bog’langan. Quyida o’lkamizning yuza suv resurslari sifatida oqim hosil bo’lish joyidan kelayotgan suv miqdori tushuniladi va ular daryolarning tog’lardan chiqish joyidagi suv o’lchash postlari ma’lumotlari asosida baholangan. Shu bilan birga o’lkamizda mavjud bo’lgan ko’llar va suv omborlarining suv resurslari, ularning tabiiy va antropogen omillar ta’sirida sarflanishi, suv resurslarini muhofaza qilish masalalari ham yoritiladi.
O’rta Osiyoning yuza suvlari resurslari o’lkaning iqlim va orografik xususiyatlariga bog’liq holda g’oyat notekis taqsimlangan. Uning deyarli uchdan ikki qismini egallab yotgan bepoyon tekisliklarida oqar suvlar juda kam uchraydi. Tog’lardan bu yerlarga oqib tushadigan ko’pchilik daryolarga, to ularning quyilish joylariga qadar, bironta ham irmoq kelib qo’shilmaydi.
O’lkamiz tog’larida sertarmoq daryolar, katta-kichik soy va jilg’alar juda ko’p. Tog’larni o’rab olgan tog’oldi tekisliklarida ancha zich bo’lgan sun’iy gidrografik tarmoqlar mavjud. Ular daryolar, soylar va buloqlardan suv olib, tevarak-atrofdagi yerlarga tarqalib ketuvchi irrigatsiya kanallaridan, ariqlardan va shuningdek, zovur hamda kollektorlardan iborat.


3




Respublikada foydalaniladigan suvning 85 foizi qishloq xo’jaligida ishlatiladi. Dehqonchilikka mo’ljallangan yerlarning 98 foizini sug’oriladigan maydonlar tashkil etadi. Ko’rinib turibdiki, suvdan tejab-tergab, samarali foydalanilmasa, kelgusida suv ta’minotida muammolar kelib chiqishi mumkin.
Sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilikda suvning qadri bebahodir. Agar jami iste’mol qilinadigan suvning faqat 15-18 foizi respublikamizda shakllanadigan suv zahiralari orqali qondirilishini, qolgan suv Qirg’iziston, Tojikiston va Qozog’iston davlatlaridan keladigan suv orqali ta’minlanishini e’tiborga olsak mavjud suv zahiralaridan samarali foydalanish zarurligi ayon bo’ladi.
Hozirgi vaqtda mintaqa suv xo’jaligi tizimlarida ko’pgina yechilmagan muammolar mavjud. Bu muammolar davlatlararo suv zahiralarini boshqarish, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish, suv sifatini yaxshilash, xo’jaliklararo suv taqsimotini takomillashtirish kabilardir. Bu muammolarni yechish - mintaqa suv zahiralarini samarali boshqarish tizimini yaratish, suv tejovchi va muhofaza qiluvchi texnologiyalarni joriy qilishni taqozo etadi. Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini tadqiqot obyekti sifatida tanlaganimiz Pastdarg’om tumani fermer xo’jaliklari misolida tahlil qilamiz.
Tadqiqotimiz maqsadi Suv resurslaridan samarali foydalanish yo’llarini tahlil qilgan holda yildan yilga kuchayib borayotgan suv tanqisligi davrida ishlab chiqarishga ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar berishdan iborat.
Kurs ishini bajarish davomida quyidagi vazifalarni belgilab oldik:

  • fermer xo’jaliklari resurslari salohiyatini tahlil qilish;

  • suv resurslaridan samarali foydalanish va ulardan foydalanishni tashkil etish yo’llari tahlilini ko’rib chiqish;

  • Suv resurslaridan foydalanish samaradorligiga ta’sir etuvchi etuvchi omillar

tahlili;

  • suvdan foydalanishda yangi texnologiyalar qo’llanishini ko’rib chiqish;

  • suv resurslaridan foydalanish samaradorligi va ulardan foydalanishni tashkil etishni oshirish yo’llarini topish


4


  1. MAVZUNI NAZARIY ASOSLASH VA ADABIYOTLAR SHARHI.

Markaziy Osiyo respublikalari mustaqillikka erishganlaridan va bozor iqtisodiyotiga o’tish ustuvor yo’nalishlardan biri deb e’lon qilganlaridan keyin ushbu davlatlarda suv zahiralarini taqsimlash, ularni birgalikda boshqarishni takomillashtirish, suvdan samarali foydalanish va muhofaza qilish bo’yicha ko’pgina muammolar vujudga keldi. Ushbu muammolarni yechishga qaratilgan Duxovniy V.A., Ataniyazov B., Doschanov T.D., Abduraximov I., Toshmatov X., Daulatov Ye., Kirpichnikov V.S., Dvorkina T.V., Muxammadiyev O’. laming ilmiy ishlari katta ahamiyatga ega. Biroq bu ishlarda qo’yilayotgan muammo, birinchidan, turli fanlar nuqtai-nazaridan va turli yo’nalishlarda o’rganilgan, ikkinchidan, markazlashtirilgan, rejali boshqariladigan jamiyat iqtisodiy qonunlariga asoslanib o’rganilgan. Ushbu adabiyotlar o’rganilayotgan mavzuning ayrim qirralarini boyitishga va ilmiy-metodik jihatdan to’g’ri yondoshishga yordam beradi.
Quyida bitiruv malakaviy ishini bajarish davomida foydalanilgan ayrim adabiyotlarga sharh berib o’tamiz:

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida.

  1. PF-4947.

Mazkur farmonda 3-bob Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institusional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqyeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etishga bag’ishlangan. Bu farmon ahamiyati kelgusida nafaqat Respublikamiz, balki qishloq xo’jaligini ham modernizatsiyalashga huquqiy asos va dastur yaratib beradi.

  1. Mirziyoyev Sh.M. Qishloq xo’jaligi xodimlari kuniga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutq. www.president.uz. 08.12.2018

Kelgusi ikki yilda esa 1 million 200 ming gektar yerning suv ta’minoti barqarorlashtiriladi, yiliga 1 milliard 700 million kub metr suv tejaladi va 600 ming gektar yerning meliorativ holati yaxshilanadi.
Biz uchun o’ta muhim vazifa - qishloq xo’jaligi uchun yuksak bilim va malakaga ega bo’lgan oliy va o’rta maxsus ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirishimiz lozim. Bu borada xorijdagi yetakchi oliy o’quv yurtlari bilan birga qo’shma fakultetlar tashkil etish, yaqinda ish boshlagan “El-yurt umidi” jamg’armasi orqali agro soha mutaxassislarini, yosh kadrlarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarda o’qitishga alohida ahamiyat berishni zamonning o’zi talab etmoqda.


5




Kelgusi yili qishloq xo’jaligida 1 milliard 870 million AQSh dollari hajmidagi investisiya loyihalarini amalga oshirish mo’ljallanayotgani bu sohadagi ishlarimizning hajmi ham, mas’uliyati ham naqadar yuksak ekanidan dalolat beradi.

  1. Mirziyoyev Sh.M. O’zbekiston Respublikasi 2019 yil uchun mo’ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 28.12.2018

Mazkur murojaatnomada Prezident alohida kadrlar masalasiga to’xtalib o’tgan: “Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qat’i nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugun hayotdan rozi bo’lib yashashi - bizning bosh maqsadimizdir.
Bu yo’nalishda oldimizda ulkan vazifalar turibdi. Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi birinchi navbatda ijtimoiy sohadagi islohotlarimiz samarasi bilan chambarchas bog’liq.
Yoshlarimizga munosib ta’lim berish, ularning ilm-fanga bo’lgan intilishlarini ro’yobga chiqarishimiz kerak. Shu maqsadda, maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishimiz, o’rta va oliy o’quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini, ilmiy va o’quv jarayonlari sifatini tubdan yaxshilashimiz kerak.
Xalqimiz salomatligini mustahkamlash, sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, biz uchun hayotiy muhim masaladir. Takror aytaman, tinchlik va sog’likni ta’minlasak, qolgan hamma narsaga erishamiz.”

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini o’rganish va keng jamoatchilik o’rtasida targ’ib etishga bag’ishlanganilmiy-ommabop qo’llanma. - T.: «Ma’naviyat», 2019. - 312 b.

Ushbu o’quv qo’llanmada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018 yil 28 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilgan Murojaatnomada bayon qilingan konseptual fikr va g’oyalar, belgilab berilgan maqsad va vazifalar, o’rtaga qo’yilgan dolzarb muammolar, ularning mohiyati va ahamiyati atroflicha tahlil qilingan.
2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy sohalarda amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar va ularning natijalari aniq misollar orqali ko’rsatib berilgan.
Qo’llanmada asosiy e’tibor Murojaatnomada alohida ta’kidlangan ustuvor yo’nalishlar mantiqiy ketma-ketlik va izchillikda yoritilib, ularni keng jamoatchilik, xususan, talaba-yoshlar o’rtasida targ’ib etishga qaratilgan. Shu maqsadda real faktlar, analitik material va jadvallar, Murojaatnoma haqida dunyo hamjamiyati tomonidan bildirilgan fikr va e’tiroflar keltirilgan.

  1. Abdug’aniyev A., Sultanov N. Irrigatsiya va meliorasiyaga sarflanadigan investitsiyalarning samaradorligini oshirish//O’zbekiston qishloq xo’jaligi. - Toshkent, 2012. -№1. -39-40-b.

Maqolada mualliflar Qashqadaryo viloyati misolida suv iste’molchilari uyushmalari va ularga sarflangan investitsiyalar samaradorligi holatini o’rganishib, taklif va tavsiyalarini berishgan.

  1. Berdiyev Sh., Salimov S., Haydarov R. Bilib sug’organ samaralidir // Agroilm - O’zbekiston qishloq xo’jaligi. -Toshkent, 2019. -№2. -85-b.

Suv unumdorlik omillaridan biridir. Tuproq tarkibidagi namlik me’yordan ko’p bo’lsa, o’simlikning nafas olishi sustlashadi. Tuproq ham tirik organizm. Erta


6




bahordan kech kuzgacha og’ir traktorlar va boshqa qishloq xo’jalik mashinalaridan noto’g’ri foydalanish oqibatida tuproq zichlashadi. Natijada uning suv, havo va issiqlik rejimi buziladi. Zichlashgan tuproqlarda g’o’zaning o’sishi va rivojlanishi sekinlashib, hosildorlik past bo’ladi. G’o’zaning barcha hayotiy jarayonlari (oziqlanishi, moddalar almashinuvi va o’zgarishi) faqat suv yetarli bo’lgandagina normal o’tishi mumkin. Shuning uchun tuproqning suv rejimini boshqarib turish paxtachilikda muhim ahamiyatga ega bo’lgan ekologik va agronomik tadbirdir. Shunday ekan, suvdan tejab-tergab foydalanish har bir dehqonning burchi bo’lmog’i zarur.

  1. Gapparov F. Sug’orish tarmoqlari soz bo’lsa suvdan samarali foydalanish mumkin//O’zbekiston qishloq xo’jaligi. -Toshkent, 2014. -№11. -13-b.

Kuzgi-qishki mavsumda belgilangan tadbirlarning joylarda bajarilishi kelgusi yil hosili uchun puxta zamin bo’ladi. Sug’orish tarmoqlarini loyqa-cho’kindilardan, har xil o’simliklardan tozalab qiyaligining mustahlkamligini oshirish suv yo’llarining ravonligini va suvdan foydalanish samaradorligini oshiradi.
Yuqorida ta’kidlangan tadbirlarni o’z vaqtida amalga oshirish, kelgusi yilda suvdan oqilona va samarali foydalanish, iste’molchilarni ishonchli ravishda suv bilan ta’minlash imkoniyati yaratiladi.

  1. Hamrayev Sh., Sheraliyev N. Qishloq xo’jaligida islohotlarni chuqurlashtirishda Suv iste’molchilari uyushmasining o’rni. -Toshkent, 2006.

2006 yilda respublikadagi barcha suv iste’molchilariga, shu jumladan, fermer xo’jaliklari va suv iste’molchilari uyushmalariga uslubiy yordam berish maqsadida ushbu kitob tayyorlangan. Kitobda qishloq xo’jaligida islohotlarni chuqurlashtirishda SIUning o’rni va tashkiliy asoslari, SIUda suvdan foydalanishni rejalashtirish va tashkil etish, SIUning moliyaviy boshqaruvi, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini oshirishda SIUning ahamiyatiga doir materiallar tegishli tartibda berilgan.

  1. Lapasov X., Isayev S. G’o’zani sug’orish usullarining tuproq agrofizik xossalariga ta’siri//O’zbekiston qishloq xo’jaligi. -Toshkent, 2018. -№2. -76-78-b.

Mualliflar fikricha, Respublikamiz asosiy suv ta’minoti Amudaryo va Sirdaryo suv havzalari va shu jumladan, 55 ta suv omborlari hisobidan qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orish amalga oshirilib, suv havzalari milliy boyligini 500 ta tabiiy ko’l hamda 1448 ta buloqlar tashkil etadi. Maqolada an’anaviy sug’orish usullariga nisbatan g’o’zada hosildorlikni 2-3 sentner oshirishi mumkin bo’lgan sug’orish yo’llari haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, ushbu texnologiya yoqilg’i, texnik xizmatlar va 470-480 m3 suvni tejash imkonini beradi.

  1. Murtazayev O., Axrorov F.. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. -T.: ILM- ZIYO, 2017.

Mazkur darslikning 6-bobi «Qishloq xo’jaligining yer-suv resurslari va ulardan samarali foydalanish» deb atalib, 6.3 - Suv resurslaridan foydalanish samaradorligi mavzusida quyidagilar keltirilgan: “Suvdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi quyidagi ko’rsatkichlar yordamida aniqlanadi: 1 so’mlik xarajatlar hisobiga olingan qishloq xo’jalik mahsulotlarining, mehnat unumdorligining, sof daromad (foyda) ning o’sishi va shuningdek, 1 kub metr foydalanilgan suv hisobiga


7




olingan qishloq xo’jalik mahsulotlarining, mehnat unumdorligining va sof daromad (foyda) ning o’sishi hisoblanadi. Suvdan o’simlikning talabidan kelib chiqqan holda rejali va me’yorda foydalanish yer resurslaridan foydalanishning va bir butun qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining samaradorligini oshirishga olib keladi”.

  1. Nazarov R. Suvdan unumli foydanaylik//O’zbekiston qishloq xo’jaligi. - Toshkent, 2014. -№6. -5-b.

Sug’orish rejimini nazorat qilishda g’o’za o’sishining har xil davrida turlicha suv sarflash va o’sish muhiti qt’iy hisobga olinadi. Go’zaning tuproq va iqlim sharoitlariga qarab o’simlikda bir gramm quruq modda to’planishi uchun 400-800 gramm suv sarflanadi. Demak, g’o’za tanasida to’xtovsiz suv harakati kuzatiladi. Suv bilan birga oziq moddalar ham o’simlikka o’tadi.
Tuproq sharoitiga qarab, har bir egatga yoki egat oralatib, ildiz orqali tomchilatib, yomg’irlatib va boshqa tejamkor sug’orish usullarini qo’llash suvdan unumli foydalanish imkonini beradi.

  1. Serikbayev B., Bo’tayorov A., Ubaydullayev A. Fermer xo’jaliklarida suvdan foydalanishni takomillashtirish//Agroilm-O’zbekiston qishloq xo’jaligi. - Toshkent, 2017. -№2 (46). -90-91-b.

Mualliflar maqolani Surxondaryo viloyati misolida yoritishgan. Bunda suvdan foydalanish koeffitsiyenti (SFK) qiymati hisoblangan. SFK qiymati 0,9 dan kam bo’lishi, tungi sug’orishlar amalga oshirilmayotganligidan, sug’orish suvi kollektor- zovurlarga tashlanayotganligidan, xo’jalik ichi tarmog’ini haqiqiy foydali ish koeffitsiyenti to’g’ri emasligidan, sug’orish maydonlari hisobga olinmaganligidan dalolat bergan.

  1. Rizayev T. Suv iste’molchilari uyushmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish muammolari va yechimlari//O’zbekiston qishloq xo’jaligi. - Toshkent, 2013. -№2. -35-b.

Mazkur maqolada muallif SIU faoliyatini muvofiqlashtirish, moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun quyidagi omillarga e’tiborni qaratadi:

  • SIU bilan foydalanuvchilar o’ratsidagi shartnomalarning to’liq ijrosini ta’minlash;

  • SIUlar uchun ajratiladigan mablag’larni to’liq o’zlashtirishga erishish;

  • uyushmalarni tajribali iqtisodchi-hisobchi mutaxassislar bilan ta’minlash;

  • ular moddiy-texnika bazasini ta’minlash va hakozo.


8


2.Qishloq xo’jaligini resurslar salohiyati va fermer xo’jaliklarining ular bilan



Download 91.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling