Kurs ishi termiz agrotexnalogiyalar va innovatsion rivojlanish instituti Agrabiologiya fakulteti O`simliklar va qishloq xo`jalik mahsulotlari karantini ta‘lim


Download 1.97 Mb.
bet4/5
Sana20.06.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1627363
1   2   3   4   5
Bog'liq
Òzbekistonda tarqalgan sabzavot òsimliklarida uchrovchi karantin zararkunandalari 1

Biologik hususiyatlari. Pupariy ichidagi g‘umbagi tuproqda 10-20 sm chuqurlikda, qishlaydi. Qishlagan g‘umbakdan pashshalar ertapishar qovun gullash va meva tuga boshlash davrida (mayning ikkinchi yarmida) uchib chiqadi. Pashsha shira bilan oziqlanganidan so‘ng otalanadi va qovun yoki boshqa poliz ekinlari yosh mevalarining qobig‘ini tuxum qo‘ygichi bilan teshib, uning tagiga bittadan, ammo ko‘pincha bitta mevaga 20 ta va undan ham ko‘proq tuxum qo‘yadi. Tuxum qo‘yish odatda mevalar diametri 3-5 sm bo‘lganda boshlanadi. Bitta urg‘ochi pashsha bir mavsumda 98-130 ta tuxum qo‘yadi.
  • Tuxum 2-8 kun davomida embrional rivojlanishdan o‘tgach, ulardan lichinka-lar chiqib, darhol meva ichiga o‘tadi, meva eti bilan oziqlanib, uruqqacha etib boradi va urug‘ni ham eydi. Ular 10-18 kun rivojlangandan so‘ng, meva po‘stini teshib tashqariga chiqadi va tuproqda 5-15 sm chuqurlikka ketib, pupariy ichida g‘umbaklanadi. 10-18 kundan so‘ng g‘umbakdan 2-bo‘g‘in pashshasi chiqadi, urg‘ochi zotlari otalanadi va yana tuxum qo‘yadi. Bir bo‘g‘inining hayot davri 30 kuncha bo‘lib, bir mavsumda pashsha Afg‘onistonda 3-4, Qoraqalpog‘istonda 2-3 bo‘g‘in beradi. Qishlashga ketish paytida lichinkalar tuproqda 10-20 sm chuqurlikda g‘umbaklanadi. Lichinkalar qovun ichida harakatlanganda qovun etida zang tusli dog‘lar paydo bo‘ladi. Lichinkalar tashqariga chiqishida po‘choqda paydo qilgan teshiklardan kirgan mikroorganizmlar ta’sirida qovun 5-7 kun ichida butunlay chiriydi va o‘ta badbo‘y hid chiqaradi.
  • Lavlagining kumish rang dog‘lanishi
  • Lavlagining kumushrang dog‘lanish kasalligini Bacteria (Bakteriyalar) dunyosi, Actinobacteria (Aktinobakteriyalar) filumi, Actynomycetales (Aktinomitsetales) tartibi, Microbacteriaceae (Mikrobakteriatsea) oilasi, Curtobacterium (Kurtobakterium) turkumi, Curtobacterium flaccumfaciens (Kurtobakterium flakkumafsiens) turi qo‘zg‘atadi. Sinonimlari Corynebacterium betae (Korinebakterium beta) va Corynebacterium flaccumfaciens (Korinebakterium flakkumfatsiens).
  • Tarqalishi. Evropa: Angliya
  • Zararlanadigan o‘simliklar. Xo‘raki va xashaki lavlagi.
  • Kasallik belgilari. O‘simliklarning barcha qismlari zararlanadi. Kasallikning birinchi belgilari barglarda namoyon bo‘ladi: barg tomirlari bo‘ylab yoki barglarning chetlarida kulrang-kumushsimon, biroz g‘adir-budur dog‘lar hosil bo‘ladi.
  • Kumushsimon rang hosil bo‘lishining sababi – hujayralararo bo‘shliqlarda havo mavjud bo‘lishidir. Keyinroq kumushsimon tus bargning plastinkasining barcha qismlariga tarqaladi. Natijada barg qalinlashadi va mo‘rt bo‘lib qoladi. Vaqt o‘tishi bilan kumushsimon dog‘larda chatnovlar hosil bo‘ladi, kasal barglar so‘lib qoladi va quriydi, natijada butun o‘simlik nobud bo‘ladi. Kuchli zararlangan o‘simlik ildizmevasining ostki qismi chiriydi. Kasallikning bu belgilari o‘simliklarda gulbandlar hosil bo‘lganida namoyon bo‘ladi. Gulyonbarglar va gul dastachalarida ham kumushsimon dog‘lar hosil bo‘ladi. Zararlangan o‘simliklar kasallikning birinchi belgilari ko‘ringanidan keyin bir necha kun yoki bir necha hafta orasida nobud bo‘ladi.
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling