Kurs ishi termiz agrotexnalogiyalar va innovatsion rivojlanish instituti Agrabiologiya fakulteti O`simliklar va qishloq xo`jalik mahsulotlari karantini ta‘lim


Download 1.97 Mb.
bet5/5
Sana20.06.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1627363
1   2   3   4   5
Bog'liq
Òzbekistonda tarqalgan sabzavot òsimliklarida uchrovchi karantin zararkunandalari 1

Bargning bakterial dog‘lanishi
  • Kasallik Evropaning barcha lavlagi etishtiriladigan davlatlarida uchraydi. Kasallik yosh o‘simliklarda 2-3 ta barg hosil qilish fazasida namoyon bo‘ladi. Kasallikning asosiy belgisi barg yuzasida 1- 3 mm xajimdagi to‘q qo‘ng‘ir rangdagi hoshiya bilan o‘ralgan doirasimon dog‘lar hosil qilishdan boshlanadi. Keksa barglarda ularning xajmi 2-8 mm ni tashkil qiladi. Dastlab bu dog‘lar yaltiroq, yog‘langanga o‘xshab turadi. Ba’zan bu dog‘lar bir-biri bilan qo‘shilib ketib barg yuzasini egallaydi. Kasallangan to‘qimalar qurib qoladi va tushib ketadi. Kasallangan o‘simlik o‘sishdan orqada qolib, bargning assimilyasion yuzasi kamayib ketadi. Kasallikning kelib chiqishida barg epidermisining mexanik yoki zang zamburug‘i bilan kasallanishidan xosil bo‘lgan yaralar asosiy rol o‘ynaydi.
    • Lavlagining parmalovchi nematodasi
    • Parmalovchi nematoda Animalia (Hayvonlar) dunyosi, Nematoda (Nematodalar) filumi, Secernentea (Sesernentea) sinfi, Tylenchida (Tilenxida) tartibi, Pratylenchidae (Pratilenxida) oilasi, Radopholus (Radofolus) turkumiga mansub bo‘lgan Radopholus similis (Radofolus similis) turidir.
    • Tarqalishi. Parmalovchi nematoda dunyoning tropik va subtropik mintaqalarida, jumladan, Afrikaning barcha mamlakatlarida, Osiyoning bir qismida, Markaziy va Janubiy Amerikada, Kubada, Puerto Rikoda, AQSH ning janubiy-sharqida va Gavay orollarida, Janubiy Evropaning ba’zi mamlakatlarida tarqalgan.
    • Zararlanadigan ekinlar: Parmalovchi nematoda 350 tadan ko‘proq o‘simlik turlarini zararlaydi, mevali daraxtlar, sabzavot ekinlari va boshqa ekinlarning muhim parazitlaridan biridir. Uning ahamiyati ayniqsa banan va sitrus ekinlari uchun yuqori. Zararlanadigan o‘simliklar qatoriga avokado, kokos daraxti, kofe daraxti, shakarqamish, manzarali o‘simliklar, zubturum, zanjabil, hibisk, qora murch daraxti, choy butasi, boshoqli o‘tlar, ikki pallali begona o‘tlar va b. kiradi.
    • Tavsiya qilinadigan adabiyotlar.
    • Asosiy adabiyotlar
    • M.T.Arslanov, A.U.Sagdullaev, SH.K.Aliev., O‘simliklar karantini zararkunandalari tarqalishining oldini olish. Toshkent 2017 (o‘quv qo‘llanma).
    • Raximov U.X., SHeraliev A., Jumaev R.A., Xaytbaeva N.S. O‘simliklar karantinida fitoekspertiza. –Toshkent: “Navro‘z”, 2020. –248 b. (o‘quv qo‘llanma).
    • Qo’shimcha adabiyotlar.
    • 1. Muhammadiev B.Q. Xavfli koksidlar va ularga qarshi kurash choralari(Monografiya) T-2016 yil 106 b.
    • Axborot manbalari.
    • 1. www.plantquarantine.com/pests.html
    •  

    Download 1.97 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling