Pomidor Kuyasining Rivojlanishi: Zararkunanda tuxum, g‘umbak va imago bosqichlarida qishlashi mumkin. Qulay ob-havo sharoitida yiliga 8-10, O‘rtaer dengizi mintaqasi mamlakatlarida 10-12 tagacha avlod beradi. Bir avlodning umri 30-35 kunda yakunlanadi. Har xil haroratlarda zararkunanda rivojlanish siklining muddatlari: Rivojlanishi uchun minimal harorat 9oS. 14oC - 76 kun 20oC - 24 kun (opt.) 27oC - 24 kun (opt.) Kapalagi kechalari uchadi, kunduzlari barglar orasida yashirinib o‘tiradi. Pomidor ham issiqxonalarda, ham ochiq dalalarda, butun o‘suv davrida (ko‘chatlik davridan vegetatsiya oxirigacha) zararlanadi. Pomidor o‘simliklarining o‘suv nuqtasidagi kurtaklari, barglari, poyalari va mevalari hamda poyaning pastki qismida ildiz bo‘g‘zi ham zararlanadi. - (Pomidor kuyasi bilan kartoshkaning asosan tuproq ustidagi qismlari zararlanadi, ammo yaqinda uning tuganaklari zararlanishi haqida ham xabar qilishdi).
- Kuya rivojlanishining zarar etkazadigan bosqichi qurtlik bosqichidir. Bu bosqich 12-15 kunda yakunlanadi.
- Qurtlari barglar va poyalar ichida mezofill to‘qimalari bilan oziqlanib, to‘qima ichida o‘ziga xos katta, noto‘g‘ri shaklli dog‘larni – g‘ovaklarni hosil qiladi, mevalarni faqat yosh (yashil) paytida zararlashi mumkin (boshqa manbada qurtlar etilgan mevalarni ham zararlashi xabar qilingan). G‘ovaklar ichida kuyaning qurtlari va axlatlari bo‘ladi.NOzuqa etarli bo‘lsa qurtlari diapauzaga kirmaydi. Tullashlar orasida qurtlari barg va meva to‘qimalarining tashqarisiga vaqtincha chiqib turishlari mumkin.
- G‘ovaklar orqali o‘simlik to‘qimalariga har xil mikroorganizmlar, ko‘pincha zamburug‘lar kirib, barglar va mevalar chirishi va mog‘orlashiga olib keladi. Mevalar o‘suv davrida yoki saqlash paytida chirib ketadi. Kuya bilan kuchli zararlangan barglar to‘la nobud bo‘ladi. Kuya zararlangan pomidor o‘simliklarining hosildorligini 80-100% ga pasaytirib, hosilni to‘la nobud qilishi mumkin. Zararlanish boshlangan kundan boshlab maydoni 1 ga bo‘lgan dalani kuya 2 haftada to‘la vayron qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |