Kurs ishi topshirdi: Rahimov Asliddin Qabul qiladi: Qo’shayev t termiz – 2022 Mavzu
Korxonaning to‘lov layoqati ko‘rsatkichlari va
Download 1.69 Mb.
|
Asliddin Valyuta
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Shunga ko‘ra qisqa muddatli to‘lov qobiliyati quyidagicha aniqlanadi
3.Korxonaning to‘lov layoqati ko‘rsatkichlari va
ularni hisoblash tartibi Ishchi kapitali likvid rezervlari hisoblanib, kutilmagan hollarda vujudga keladigan pul tushumlari va qarz majburiyatlari o‘rtasidagi uzilishlar tufayli vujudga keladigan xarajatlarni qoplashga sarflanadi. Sof ishchi kapitali sof aktivning bir qismi, bank-kreditorlar uchun bank kreditini korxona qaytara olmagan hollarda undan garov sifatida foydalanadilar. Korxonaning to‘lov qobiliyatini tahlil etishda qisqa muddatga to‘lov qobiliyati va uzoq muddatga to‘lov qobiliyati ko‘rsatkichlari ham o‘rganiladi. Shunga ko‘ra qisqa muddatli to‘lov qobiliyati quyidagicha aniqlanadi: = > Pul mabalag‘lari + Qisqa mud. qim. qog‘ozlar Qaytarish mud. yetgan kreditor qarzlar Uzoq muddatli to‘lov qobiliyati esa: => Oborot aktivlar = 125152 = 3,4 Majburiyatlar 35772 Demak, korxona yuqori to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan. Bu korxona faoliyati uchun ijobiy holat hisoblanadi. Korxonaning mavjud pul mablag‘lari doim to‘lov majburiyatlarini qaytarishga tayyor bo‘lgan manba bo‘lganligi uchun hamda qimmatli qog‘ozlar ham shu maqsadga ishlatilishi mumkinligini hisobga olib, to‘lov qobiliyatini belgilovchi koeffitsiyent hisoblaniladi, shuningdek, turli aylanma mablag‘larning pul shakllariga o‘tish muddati har xilligi e’tiborga olinganda, tayyor mahsulot zaxiralari tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlar va yarimfabrikatlarning pulga aylantirish tezligini o‘rganish zurur. Bundan tashqari to‘lov qobiliyatining o‘zgarishida debitorlik qarzlarining pulga aylanish tezligi, bankdagi to‘lov hujjatlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirilishi va ularning tez harakat qilishiga bog‘liqdir. Agarda, debitor, mablag‘larni qarz majburiyatlarini uzishga yo‘naltirilsa, oraliq to‘lov qarzlarini qoplashlik koeffiitsiyenti ko‘rsatkichi hisoblanadi, demak, korxona qisqa muddatli to‘lov majburiyatlarini qoplashga o‘zining barcha aylanma mablag‘larini, ya’ni zaxiralar, pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va boshqa aktivlarini jalb etishi lozim bo‘ladi. Kelgusi yilda korxonaning to‘lov qobiliyatida yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni bilish uchun mahsulotlar sotishdan keladigan tushum hajmini tahlil qilish lozim. Jami tushum hisobiga sarflangan xarajatlar qoplanadi, majburiy to‘lovlar bajariladi va ehtiyot rivojlantirish jamg‘armalari yaratiladi. Sof tushum bevosita korxona oborotida qatnashadi, bunga asosiy vosita eskirishi va sof foyda kiradi. Korxonaning to‘lov qobiliyatini tahlil qilishda sof tushum koeffitsiyentini hisoblash muhimdir, bu ko‘rsatkich quyidagicha aniqlanadi. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling