Kurs ishi topshirdi: Rahimov Asliddin Qabul qiladi: Qo’shayev t termiz – 2022 Mavzu
Oraliqni qoplash likvidlilik koeffitsiyenti
Download 1.69 Mb.
|
Asliddin Valyuta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Joriy likvidlik (qoplash) koeffitsiyenti
Oraliqni qoplash likvidlilik koeffitsiyenti joriy qarzlarni qancha
qismi (zaxiralarsiz) debitorlik qarzlarni to‘liq undirilgan holda qoplay olishini ifodalaydi. Ushbu ko‘rsatkich darajasi 0,5 dan 1,0 gacha va undan yuqori bo‘lishi korxonaning faoliyat turi, joriy aktivlarining strukturasi va debitorlik qarzlarni sifati va boshqa moliyaviy ko‘rsatkichlarning nisbatiga: sotish hajmi bilan aylanma mablag‘lar, sotish hajmi va debitorlik qarzlar, oborot aktivlari va qisqa muddatli majburiyatlarga bog‘liq. Debitorlik qarzlarini yuqori hajmda va jami mablag‘larda salmoqli ulushga ega bo‘lishi korxonaning to‘lovga qodirligini amalda pasayishiga olib keladi. Likvidlikni tahlil etishda debitorlik qarzlarni miqdori va sifatiga katta e’tibor qaratiladi, chunki ularni to‘lov manbalariga aylanishi uchun ketadigan vaqt uzoq muddatni tashkil etadi, inflatsiya tufayli yana qo‘shimcha yo‘qotishlarga duch keladi. Bizning misolimizda oraliqni qoplash likvidlik koeffitsiyenti yil boshi va yil oxirida tavsiya etilgan me’yordan kichik. Ammo, korxona rahbariyati debitorlik qarzlar bilan ishlashni faollashtirib bu shakldagi oborot mablag‘larni pul shaklida muomalaga kiritilishini tezlashtirish orqali mol yetkazib beruvchilar bilan bo‘ladigan hisoblashishni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Joriy likvidlik (qoplash) koeffitsiyenti yoki umumiy qoplash koeffitsiyenti: - joriy qarzlarning qancha qismi joriy aktivlar bilan qoplanishini; - joriy majburiyatlarning har so‘miga necha so‘mlik joriy aktivlar (aylanma mablag‘lar) qiymati to‘g‘ri kelishini; - joriy majburiyatlarni jami aylanma mablag‘lari bilan qoplanish darajasini ifodalaydi. Joriy likvidlik koeffitsiyenti korxonani chiqargan aksiyalari va obligatsiyalarini xarid etgan subyekt va jismoniy shaxslar uchun muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Aksiyadan olinadigan dividendlar miqdori, obligatsiyalardan foizlar joriy likvidlik koeffitsiyenti darajasiga bog‘liqdir. Joriy aktivlarni qisqa muddatli majburiyatlarga nisbatan yuqori bo‘lishi rezerv zaxirasini hosil qiladi. Rezerv zaxirasi korxona zarar ko‘rganda qoplashga sarflanadi. Bu ko‘rsatkichni qanchalik yuqori bo‘lishi kreditorlarda qarzni uzishga bo‘lgan ishonchini ta’minlaydi. Joriy likvidlik koeffitsiyentining me’yor ko‘rsatkichi 1 dan 2 gacha hisoblanadi, ammo, barcha tarmoqlar uchun yagona me’yor belgilanishi maqsadga muvofiq emas, chunki, bu ko‘rsatkich darajasi korxonaning faoliyat turi, uning tuzilishi va balans aktivining sifati, operatsion jarayon davomiyligi, kreditorlik qarzlarni qoplanish muddatlari va h.k. larga bog‘liq. Joriy likvidlik koeffitsiyenti darajasining hisob – kitobiga ko‘ra likvidlik yil boshi va yil oxirida me’yor darajasida, uning o‘sish su’rati 1,08 koeffitsiyentni tashkil etgan. Joriy likvidlik koeffitsiyentining darajasi ko‘p jihatdan zaxiralarni tashkil etish manbalari uzoq muddatli majburiyat va korxonaning o‘z kapitaliga bog‘liq. Uning darajasini oshirish uchun o‘z kapitalini manbalar bilan to‘ldirish, aktivlar va debitorlik qarzlar o‘sishini turg‘un holda saqlashdan iborat. Mazkur ko‘rsatkichdan korxona aktivi likvidligini baholash va uzoq muddatli istiqbolda to‘lovga qodirligini aniqlashda foydalaniladi. Oborot aktivlarini qisqa muddatli majburiyatlardan ikki marotaba ortiq bo‘lishi korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy holatini barqaror o‘sishi uchun zamin yaratadi. Buning natijasida ishchi kapitali yoki «sof oborot aktivi» shakllanadi. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling