Kurs ishi topshirdi: Rahimov Asliddin Qabul qiladi: Qo’shayev t termiz – 2022 Mavzu


Oraliqni qoplash likvidlilik koeffitsiyenti


Download 1.69 Mb.
bet5/8
Sana22.02.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1222439
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Asliddin Valyuta

Oraliqni qoplash likvidlilik koeffitsiyenti joriy qarzlarni qancha
qismi (zaxiralarsiz) debitorlik qarzlarni to‘liq undirilgan holda qoplay
olishini ifodalaydi. Ushbu ko‘rsatkich darajasi 0,5 dan 1,0 gacha va
undan yuqori bo‘lishi korxonaning faoliyat turi, joriy aktivlarining
strukturasi va debitorlik qarzlarni sifati va boshqa moliyaviy ko‘rsatkichlarning nisbatiga: sotish hajmi bilan aylanma mablag‘lar, sotish
hajmi va debitorlik qarzlar, oborot aktivlari va qisqa muddatli
majburiyatlarga bog‘liq. Debitorlik qarzlarini yuqori hajmda va jami
mablag‘larda salmoqli ulushga ega bo‘lishi korxonaning to‘lovga
qodirligini amalda pasayishiga olib keladi. Likvidlikni tahlil etishda
debitorlik qarzlarni miqdori va sifatiga katta e’tibor qaratiladi, chunki
ularni to‘lov manbalariga aylanishi uchun ketadigan vaqt uzoq muddatni
tashkil etadi, inflatsiya tufayli yana qo‘shimcha yo‘qotishlarga duch
keladi. Bizning misolimizda oraliqni qoplash likvidlik koeffitsiyenti yil
boshi va yil oxirida tavsiya etilgan me’yordan kichik. Ammo, korxona
rahbariyati debitorlik qarzlar bilan ishlashni faollashtirib bu shakldagi
oborot mablag‘larni pul shaklida muomalaga kiritilishini tezlashtirish
orqali mol yetkazib beruvchilar bilan bo‘ladigan hisoblashishni amalga
oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Joriy likvidlik (qoplash) koeffitsiyenti yoki umumiy qoplash koeffitsiyenti:
- joriy qarzlarning qancha qismi joriy aktivlar bilan qoplanishini;
- joriy majburiyatlarning har so‘miga necha so‘mlik joriy aktivlar
(aylanma mablag‘lar) qiymati to‘g‘ri kelishini;
- joriy majburiyatlarni jami aylanma mablag‘lari bilan qoplanish
darajasini ifodalaydi.
Joriy likvidlik koeffitsiyenti korxonani chiqargan aksiyalari va
obligatsiyalarini xarid etgan subyekt va jismoniy shaxslar uchun muhim
ko‘rsatkich hisoblanadi. Aksiyadan olinadigan dividendlar miqdori, obligatsiyalardan foizlar joriy likvidlik koeffitsiyenti darajasiga bog‘liqdir.
Joriy aktivlarni qisqa muddatli majburiyatlarga nisbatan yuqori bo‘lishi
rezerv zaxirasini hosil qiladi. Rezerv zaxirasi korxona zarar ko‘rganda qoplashga sarflanadi. Bu ko‘rsatkichni qanchalik yuqori bo‘lishi
kreditorlarda qarzni uzishga bo‘lgan ishonchini ta’minlaydi.
Joriy likvidlik koeffitsiyentining me’yor ko‘rsatkichi 1 dan 2 gacha
hisoblanadi, ammo, barcha tarmoqlar uchun yagona me’yor belgilanishi
maqsadga muvofiq emas, chunki, bu ko‘rsatkich darajasi korxonaning
faoliyat turi, uning tuzilishi va balans aktivining sifati, operatsion
jarayon davomiyligi, kreditorlik qarzlarni qoplanish muddatlari va h.k.
larga bog‘liq. Joriy likvidlik koeffitsiyenti darajasining hisob – kitobiga
ko‘ra likvidlik yil boshi va yil oxirida me’yor darajasida, uning o‘sish
su’rati 1,08 koeffitsiyentni tashkil etgan. Joriy likvidlik koeffitsiyentining darajasi ko‘p jihatdan zaxiralarni tashkil etish manbalari uzoq
muddatli majburiyat va korxonaning o‘z kapitaliga bog‘liq. Uning
darajasini oshirish uchun o‘z kapitalini manbalar bilan to‘ldirish,
aktivlar va debitorlik qarzlar o‘sishini turg‘un holda saqlashdan iborat.
Mazkur ko‘rsatkichdan korxona aktivi likvidligini baholash va uzoq
muddatli istiqbolda to‘lovga qodirligini aniqlashda foydalaniladi. Oborot
aktivlarini qisqa muddatli majburiyatlardan ikki marotaba ortiq bo‘lishi
korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy holatini barqaror o‘sishi
uchun zamin yaratadi. Buning natijasida ishchi kapitali yoki «sof oborot
aktivi» shakllanadi.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling