qaysi birini qo‘llash korxona hisob siyosatiga bog‘liq ekanligi aytib
o‘tilgan, xolos.
2.Korxonaning to‘lov layoqatini baholashdagi ko‘rsatkichlar
Korxonaning to‘lov layoqatini baholashda, odatda, quyidagi
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
·Mutlaq to‘lov layoqati koeffitsiyenti.
·Oraliq to‘lov layoqati koeffitsiyenti.
·Joriy to‘lov layoqati koeffitsiyenti.
Mutlaq to‘lov layoqati ko‘rsatkichi korxonaning joriy aktivlarida
harakatchan aktivlarning to‘lov majburiyatlarini qoplashiga yetarliligi
yoki yetishmasliligini; oraliq to‘lov layoqati ko‘rsatkichi joriy aktivlarda
harakatchan va tez pulga aylanadigan aktivlarni to‘lov majburiyatlarini
qoplashga yetarliligi yoki yetishmasliligini; joriy to‘lov layoqati
ko‘rsatkichi esa joriy aktivlarda barcha aylanma aktivlarning to‘lov
majburiyatlarini to‘lashga yetarliligi yoki yetishmasliligini tasniflaydi.
Korxonaning to‘lov layoqatiga baho berishda muqobillik
variantlarini ham qo‘llash lozim bo‘ladi. Yangi ochilgan va hali faoliyat
boshlamagan korxonalarga kredit berish yuzasidan qaror qabul qilishda,
uning biznes-reja ko‘rsatkichlari va u bo‘yicha aniqlangan to‘lovga
qodirlikning ehtimolligiga, korxonaga maqsadli, markazlashgan kredit
resurslarining tushirilishiga, texnik loyihalar asosida kredit ajratilishi va
hokazolarga ahamiyat berilishi muhimdir.
Mutlaq likvidlik koeffitsiyenti to‘lov qobiliyatining qat’iy me’yori
qisqa muddatli majburiyatlarni darhol mavjud pul mablag‘lari bilan
qoplanishidir. Bu ko‘rsatkich qancha yuqori bo‘lsa, qarzni uzish kafolati shuncha yuqori bo‘ladi. Oz miqdordagi mablag‘ga ega bo‘lib, pul
mablag‘larini kirimi va chiqimini muddati va miqdorini nazorat qilish
orqali balans likvidligini ta’minlagan holda korxona doimiy ravishda
to‘lovga qodir bo‘lishi mumkin. Mutlaq likvidlik koeffitsiyentining,
ya’ni pul mablag‘lari va qisqa muddatli investitsiyalarni qisqa muddatli
majburiyatlarni qoplashning yil boshi va yil oxiridagi natijalari biroz
tavsiya etilgan me’yorlarga yaqin.
Do'stlaringiz bilan baham: |