Kurs ishi topshirdi


Download 0.98 Mb.
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1519494
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sinf jamoasini tashkil etish va tarbiyalash

Jamoa faolini shakllantirishda o’quvchilarning jamoadagi obro’sini ham inobatga olish lozim. Jamoa faoli tarkibini bolalarning o’zlari, albatta, o’qituvchi ishtirokida va rahbarligida tanlasa maqsadga muvofiq bo’ladi. O’qituvchi jamoa faoli bilan maslahatlashish asosida tarbiyaviy faoliyatni tashkil etadi.

Jamoa faolining har bir a’zosi zimmasiga muayyan vazifani yuklash, ularning ma’lum davrda ana shu vazifalar yuzasidan hisobot berib borishlariga erishish maqsadga muvofiq. O’qituvchi aynan faolga oshirilgan talab qo’yadi. O’quvchilar jamoasida faol rahbarligida o’z-o’zini boshqarish jamoa a’zolaridan ayrimlarining boshqasi ustidan ustun kelishiga olib kelmasligi kerak. Shu bois o’qituvchi faolni maqsadga muvofiq faoliyat yuritishini nazorat qilib borishi lozim.

O’quvchilarning o’z-o’zini boshqarishi bu o’qituvchilar tomonidan tashkil qilinadigan jamoa ishini uyushtirish va boshqarishda o’quvchilarning faol ishtirok etishidir. O’z-o’zini boshqarishning shakllari orasida jamoa a’zolarining yig’ilishi, konferentsiyasi hamda turli komissiyalar (masalan, o’quv komissiyasi yoki tozalik komissiyasi) faoliyati muhim o’rin tutadi.


Kishilarda bir necha asrlar davomida shakllangan munosabatlar va 
odatlarni albatta, birdan yo‘q qilish uchun kishilarni tizimli ravishda jamoa 
ruhida tarbiyalab borish, ularda o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam munosabatlarini 
hosil qilish zarurdir. Jamoa ruhida tarbiyalashda asosiy masala barcha 
kishilarda onglilikni yangi jamiyatimiz qurilishi talablari darajasiga
ko‘tarishdan iboratdir. Yuqoridagilarga asoslanib yoshlarni jamoa ruhida 
tarbiyalashning asosiy omillari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 
- eng ilg‘or korxona jamoalarining ish tajribasidan, ahillik, ham jihatlik, 
jamoa va o‘rtoqlarcha o‘zaro yordamlashishda ibratli oilalar, ota-onalar 
hayotidan misollar keltirish; 
- kishilarning hayotida jamoa bo‘lib, bir-birlari bilan do‘stona 
birodarlarcha munosabatda bo‘lib yashashlari, mehnat va ijod qilishlari, hayot 
va turmushlarining doim go‘zal va xushchaqchaq o‘tishiga katta yo‘l ochib 
berishni har tomonlama misollar asosida tushuntirish. Aksincha, kishilar o‘z 
hayotida jamoaga va uning qo‘ygan talablariga to‘g‘ri baho bermay hayot 
kechirsalar, turmush ko‘ngilsiz, shirasiz va ma‘naviy boyliksiz o‘tishini 
uqtirish. 
Jamoatchilikning bu xususiyatlari va tamoyillarini falsafiy va pedagogik 
jihatdan keng va teran sharhlab beradi. Jamiyat va shaxs munosabatlari 
muhim ahamiyatga ega. Odamning shaxsligi esa, uning o‘zga odamlarga, jamiyatga, vatanga, 
butun imkoniyatga munosabatlari bilan bog‘liqdir. Demak, odam biologik 
tushuncha, shaxsiy ijtimoiy tushuncha. Insonlarning tabiiy ehtiyojlari 
qoralanib, faqat ijtimoiy mexanizaga aylantirilishi, tabiatni ham siyosiylashtirish,  mafkuraviy shavqatsiz tazyiq insonni qadrsizlantirishni ham 
sho‘rolar jamiyati misolida ko‘rib turibmiz. 
Jamoaning umumiy manfaati bilan bolaning shaxsiy manfaati birlashib, 
uyg‘unlashib ketadi. Va shu holda bola shaxsiy manfaatga nisbatan jamoaning 
maqsadi va manfaati muhimroq ekanligiga, bir kishi hammani (o‘z 
jamoasidagi hamma odamlarni) o‘ylashi, hamma (butun jamoa) esa, shu 
jamoadagi har bir odamni o‘ylashi, g‘amxo‘rlik qilishi zarurligini tushunish 
bolalaning ongini o‘stiradi. 
Yanada muhimrog‘i, jamoa a‘zolarining o‘zaro hurmatini do‘stlikka 
aylanadi. Endi bola yoki o‘smir do‘stlarsiz hayot juda zerikarli, mazmunsiz 
o‘tishini anglaydi. Shunday ekan, har bir sinf rahbari o‘z o‘quvchilariga jamoaniqanday qaysi yo‘l va vositalar yordamida shakllantirish mumkinligi, uning mohiyatini tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Bunda jamoatchilik va o‘rtoqlarcha o‘zaro 
yordam to‘g‘risida aforizmlardan foydalanish, kitoblarni o‘qish, voqyealardan 
misollar keltirish, tadbirlar o‘tkazish asosida o‘quvchi-larni jamoatchilik 
ruhida tarbiyalash muhim o‘rin tutadi. 
O‘quvchilar jamoatchilikning mohiyatini puxta bilgan taqdirdagina uni 
amalga oshirish uchun samarali kurashishlari mumkin. Buning o‘qituvchi 
o‘quvchilarga jamoatchilik jamoa va shaxsning rivojlanishi uchun asosiy 
vosita ekanligini tarbiya jarayonida ishonarli va ta‘sirli amalga oshirish zarur. 
Jamoa va shaxs muammosi yosh avlodni tarbiyalashning eng dolzarb nazariy 
va amaliy masalalaridan biri xisoblanadi. Shu jihatdan ham o‘quvchilarni 
jamoatchilik ruhiyatiga, jamoa hayotiga, jamoa bo‘lib uyushishga 
odatlantirish, malaka hosil qilish, jamoatchilik ongini shakllantirish umumiy 
o‘rta ta‘lim muassasalarining vazifasi xisoblanadi. 
Shaxs faqatgina har tomonlama rivojlangan bo‘lib qolmasdan, balki u 
ijtimoiy faol bo‘lishi, o‘zining borliq kuch va imkoniyatlarini Vatanga xizmat 
qilish uchun zo‘r berish hamda jamiyatda o‘rnini topa olishi kerak. Bundan 
tashqari shaxsning Vatanga xizmat qilishida uning shaxsiy imkoniyatlari, 
qobiliyat va qobiliyatlaridan samarali darajada foydalaniladi.
Jamoatchilikning asosiy xususiyatlaridan biri o‘quvchilarda vatan-
parvarlikni shakllantirishdir. Chunki, vatanparvarlik hissiyoti kishilarning o‘z onavataniga, taqdiriga g‘amxo‘rlikdir. Haqiqiy vatanparvar o‘z ona vatani, xalqining gullab-yashnashi, erkinligi uchun kurashadi. Demak, ona vatanimizning taqdiri, dastavval, butun mehnatkash xalqning taqdiridir. Buning   uchun kurash bir kishining burchidir.  Vatanparvarlikbu kishining axloqiy xususiyatidir, o‘z ona vatanining 
munosib fuqarosi bo‘lishi uchun tanmay intilishidir. Shuning uchun qadim 
vaqtlardan beri vatanparvarlik asosida o‘z Vatanini sevish tushunilgan. 
Millatlararo totuvlik ham jamoatchilikning asosiy xususiyatlaridan 
xisoblnadi. Maktab jamoasida o‘quvchilarni millatlararo totuvlik ruhida 
tarbiyalash adabiyot, geografiya, rus tili, chet tili va boshqa fanlarni o‘qitish 
asosida amalga oshiriladi degan fikr noto‘g‘ri. Bola, dastlab, oilada ilk 
yoshligidan, so‘ngra maktabning birinchi sinfidan boshlab vatanparvarlik 
ruhida tarbiyalanadi. Oilada hamma katta-kichiklar birga bo‘lishib, radio, 
televizordan bir necha millat o‘quvchilarining o‘zaro do‘stligi va o‘rtoqligi 
haqidagi eshitirishlarini tinglaydilar, ko‘radilar va birgalikda muhokama 
qiladilar. Bu esa juda katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Bundan tashqari 
maktab jamoasida olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqari ishlar ham 
o‘quvchilarning millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashiga ta‘sir ko‘rsatadigan 
kuchli vositadir. Ayniqsa, maktab jamoasida o‘zbek, rus, ukrain, belarus, 
gruzin, arman, qozoq, tojik, turkman, ozarbayjon, tatar, qoraqalpoq va boshqa 
millat bolalarining bir-birlari bilan juda quvnoq va ahil bo‘lib 
o‘qiyotganliklari, yashayotganliklari bu millatlararo totuvlikni mustahkamlaydi va ular o‘rtasida do‘stlikni yanada rivojlanishi hamda mustahkamlanishida katta rol o‘ynaydi. Demak, maktab jamoasida millatlararo totuvlik tarbiyaning xususiyatlari quyidagicha namoyon bo‘ladi: 
1. Maktab jamoasi bolalarni millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashda 
ular e‘tiborini, albatta, bir millatning ikkinchi bir millatdan farq qiladigan urf-
odatlari, millatga xos xususiyatlariga emas, balki turli millat vakillarini bir 
maqsad uchun birlashtiradigan va yaqinlashtiradigan umumiy an‘analarga 
qaratish. 
2. Maktab jamoasi bolalarni millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashga 
bag‘ishlangan suhbatlarda turli millat xalqlarning hayotidan misollar keltirish, 
ularning tinchlik, mehnat, ozodlik, tenglik, qardoshlik va baxt-saodat uchun 
olib borayotgan kurshlarni ko‘rsatib o‘tish. 
3. Dunyodagi barcha millat xalqlarining birdamlik uchun kurashlari 
natijasida millatlar o‘rtasida vujudga kelgan umuminsoniy qadriyatlarni 
bolalar ongiga singdirish. Masalan, o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi va ota-
onalarni hurmat qilishlari singari milliy an‘analar bilan bolalarni tanishtirish. 
4. Maktab jamoasida o‘quvchilarni har bir millatning o‘zaro do‘stligi, 
qardoshlarcha munosabati, bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashi, o‘zaro hurmat 
ruhida tarbiyalash baynalminal tarbiyaning birinchi vazifasidir. 
Jamoatchilik tarbiyasining xususiyatlaridan yana biri o‘rtoqlarcha 
yordamdir. O‘rtoqlarcha o‘zaro yordam hissi, dastavval, oilada, maktab 
sharoitida, jamoa bo‘lib ishlash jarayonida singib boradi. Jamiyatimizda har 
biri kishi o‘zaro o‘rtoqlarcha yordamlashishni, bunga ehtiyoj borligini 
yoshlikdan, o‘quvchilik chog‘idan his eta boshlaydi. O‘qituvchi, ota-onalar bu 
hisni qo‘llab-quvvatlashi, uning kengroq shakllanishiga barcha vositalar bilan, 
pedagogik mahorati bilan yordam berishlari zarur. O‘quvchilarga bu sohada 
ijtimoiy fanlar eng yaqin ko‘makchidir. O‘quvchilar kishilar, jamoalar, 
davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro yordamni bilib, ularning ma‘nosini tushunib 
boradilar. Kishilarning, o‘quvchilarning xat o‘qishda va o‘zaro 
munosabatlarda o‘zaro o‘rtoqlashish, yordamlashishdek hissini tarbiyalashda 
ajoyib manba bo‘lib hisoblanadi. 
Bundan tashqari o‘rtoqlarcha o‘zaro yordamning navbatdagi formasi 
bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchiga yaxshi o‘zlashtiruvchi o‘quvchining doimiy 
biriktirib qo‘yilishidir. Xuddi shuningdek, guruhga, sinfga va boshqalarga 
biriktirib qo‘yish ham o‘zaro yordam formasidir. O‘rtoqlarcha o‘zaro 
yordamning yana bir formasini birlashtirib kichkina guruh sifatida dars 
tayyorlashda namoyon bo‘ladi.
O‘rtoqlacha o‘zaro yordam o‘quvchilarning san‘at havaskorlari, sport 
musobaqalariga o‘quvchilarni tayyorlashda, ularning rahbarlar ishlariga 
yordam berishlarida ko‘rinadi. O‘rtoqlarcha o‘zaro yordam shanbalik, 
yakshanbaliklarda o‘quvchilrni faol qatnashtirish yo‘lidir. Mehnatga ongli 
munosabatda bo‘lish harakatlari, mamlakatimizda shanbaliklar va 
yakshanbaliklar uyushtirish, ayniqsa, ahamiyatlidir. 
Shuni aytish kerakki, maktab jamoasi-o‘quvchilarda jamoatchilik 
hissini tarbiyalashning asosiy manbai xisoblanadi. 
Har qanday bolalar jamoasi, u qanday tarzda bo‘lishidan, uning oldiga 
qanday o‘ziga xos vazifa qo‘yilishidan qatiy nazar tarbiyachi undan bolalarni 
tarbiyalash manbai sifatida foydalanishi shart. Maktab-bolalar jamoasi 
o‘quvchilarda tarbiyaning u yoki bu tarkibiy qismi va sifatlari manbai sifatida 
xizmat qiladi. 
Shunday qilib maktab jamoasi o‘quvchilarda jamoatchilik hissini 
tarbiyalashning manbai ekanligi dastavval o‘quvchilarning jamoa bo‘lib 
ijtimoiy-foydali ishlarga qatnashishida, jamoa bo‘lib sayohatlarga borishida, 
yozgi mehnat va dam olish lagerlarida, turli musobaqa va ko‘rik-tanlovlarda 
ishtirok etishlarida yaqqol ko‘rish mumkin. O‘quvchilar bu tadbirlarda 
qatnashishi bilan ularda birgalashib umummanfaat yo‘lida mehnat qilish 
jamoa manfaati uchun qayg‘urish va umummanfaatni shaxsiy manfaatga 
yuqori qo‘yish, o‘zaro o‘rtoqlarcha yordam, hamkorlik, birlik, ahillik singari 
axloqiy sifatlar shakllana boradi. Ayrim hollarda, ba‘zi o‘quvchilarda 
jamoatchilikka zid bo‘lgan shaxsiyatparastlik, xudbinlik kabi salbiy-axloqiy 
ko‘rinishlar ham paydo bo‘lib qolishi mumkin. Bizning fikrimizcha, maktab 
jamoasi o‘quvchilarda jamoatchilik hissini tarbiyalashning manbai ekanligini 
belgilashda yuqoridagi kabi hollarni hisobga olishlari shart. 
Demak, jamoatchilik tarbiyasi, dastavval, birgalikdagi jamoa bo‘lib, 
ko‘pchilik foydasi uchun mehnat qilish, shaxsiy manfaatini umummanfaatiga 
bo‘ysundirish, bir-birlariga beg‘araz va o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam berishni 
o‘quvchilar ongiga singdirish ko‘zda tutiladi. 
O‘rta maktab o‘quvchilarini tarbiya jarayonida jamoatchilik va o‘rtoqlarcha 
yordam ruhida tarbiyalashning xilma-xil yo‘l va vositalari mavjud. 
Chunonchi, ularni ijtimoiy-foydali mehnatga qatnashtrish sport musobaqalari, 
sayohat, munozara va konferensiyalar, sinf soatlari, sinf majlisi, o‘rtoqlarcha 
o‘zaro yordam haqida individual va jamoa suhbatlar o‘tkazish, maktab radiosi 
va eshittirishlari va maktab devoriy gazetasi singari maktabda olib boriladigan 
ish turlari o‘quvchilarni jamoatchilik ruhida tarbiyalashning eng asosiy 
vositalari bo‘lib hisoblanadi. 
O‘quvchilarni jamoatchilik ruhida tarbiyalash va ularning jamoatchilik 
haqida olgan bilimlarini amaliy hayotga tadbiq qilishlarini aniq maqsad 
asosida munozaralar o‘tkazish juda ahamiyatlidir. Ma‘lumki, sinf rahbari va 
maktab tarbiya ishlarining tashkilotchisi vaqti-vaqti bilan o‘quvchilar 
o‘rtasida turli mavzularda munozaralar o‘zining oldiga qo‘ygan vazifalari va 
formasi bilan munozaralardan ma‘lum darajada farqlanadi. 
Munozara o‘tkazishdan taxminan bir oy ilgari munozara mavzusi tanlanib, 
o‘quvchilar diqqatiga havola qilinadi. Bunda munozara shartlari, talablari, 
munozaraga tayyorlanish uchun kimlardan maslahat olish, qanday adabiyotlar 
o‘qish hamda munozara mavzusining taxminiy rejasi va yo‘l-yo‘riqlari haqida 
ma‘lumot beriladi. 
Munozara o‘tkazish uchun ko‘proq jamoa, o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam 
ma‘nosini anglatishga yordam beradigan mavzular tanlanadi. 
Biz tajriba olib borayotgan maktablarda to‘rt o‘quv yili davomida 
quyidagi mavzularda munozaralar o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. 
Munozara vaqtida o‘quvchi shu mavzu bo‘yicha o‘z bilganlarini erkin 
holda gapirib beradi. Munozara o‘quvchiga murakkab masalalarni tushunib 
olishga, o‘z tushunchasini o‘rtoqlari oldida namoyish qilishga va bilim 
doirasining kengayishiga yordam beradi. 
Munozarada o‘quvchi o‘rtoqlarining qimmatli fikr va maslahatlaridan 
bahramand bo‘ladi. Shuningdek, munozarani yakunlab bergan o‘qituvchilarning aniq fanlari o‘quvchilar bilimini to‘ldirishga yordam beradi. Shuning uchun ham   o‘quvchilar munozaraga katta qiziqish bilan tayyorlanadilarva faol ishtirok etadilar. Jamoatchilik va o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam dastavval kishilarning 
umumiy maqsad yo‘lida birlashib mehnat qilishida namoyon bo‘ladi. Bizda 
har qanday ongli ijodiy mehnat, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va sanoat 
sohasidagi mehnat kishilarining bilimi, aql-idrokini, irodasini ishga solish 
orqali bajariladi. 
Bularning asosida birlik, hamkorlik, o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam yotadi. 
Busiz mehnat sifati va unumdorligi ko‘ngildagidek bo‘lmaydi. Demak, 
o‘quvchilarning ijtimoiy-foydali mehnat o‘z bilim, his-tuyg‘u va irodasini 
sarflab hamkorlikda o‘zaro yordamlashib ishlashlari jamoatchilik hissining 
qaror topayotganligi bilan bog‘liqdir. Shuning uchun o‘quvchilarning 
birgalashib ishlashi, umumiy maqsadni ko‘zlab mehnat qilishi jamoatchilikning asosiy omili bo‘lib hisoblanadi. Jamoa, ijtimoiyfoydali mehnat maktab o‘quvchilarining do‘stlashishiga, birlashishiga kuchli ta‘sir ko‘rsatadi va shu bilan birga, barcha 
o‘quvchilarning umummaktab jamoasi atrofida mahkam jipslashuviga yordam 
beradi. O‘quvchilarning ijtimoiy-foydali mehnatga qatnashishi ularda o‘zaro 
munosabat, do‘stlik, o‘rtoqlik, hamkorlik hislarining o‘sishiga yordam beradi. 
Shuni aytish kerakki, o‘quvchilar bajaradigan ishning, vazifaning maqsadi 
qanchalik aniq bo‘lsa, o‘quvchilarning o‘zaro aloqasi va birligi kuchaya 
boradi. 
O‘quvchilar biror ishni jamoa bo‘lib bajarishi bilan o‘sha ishidan qanoat 
hosil qiladi, sinf va maktab jamoasi oldida o‘z burchini o‘tagani bilan 
quvonadi. Binobarin, o‘quvchilarda mehnatga, umumxalq ishiga qiziqish 
kuchayadi, yangicha ishlash va yashash, o‘qish va o‘rganishni hayotiy 
zaruriyat sifatida tobora chuqur anglay boradi. 
Umuman olganda, o‘quvchilarni ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish 
ularga hozirgi zamon mehnat madaniyatining sinalgan yo‘llarini o‘rgatish 
yo‘li bilan o‘quvchilarga mehnatga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, 
mehnat ahllarini hurmatlash, mehnat qilish orqali zavq-shavq olishga alohida 
e‘tibor beriladi. Bu o‘quvchilarimizda mehnatsevarlik, o‘z ishining ustasi, 
ijodkori bo‘lib tarbiyalanishiga katta ta‘sir ko‘rsatadi. Maktabda o‘quvchilarni 
ijtimoiy-foydali mehnat qilishga jalb etishga jamoa bo‘lib mehnat qilishga, 
mehnat bilan madaniy dam olish yo‘llariga ham alohida e‘tibor beriladi. 
O‘quvchilarga mehnat haqidagi bilim va tushunchalarni singdirishda 
mehnatning tagi rohat ekanligi, mehnat, faqat mehnatgina odamning hamma 
orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishi mumkinligi tushuntiriladi. O‘quvchilarni 
mehnatga o‘rgatish va mehnatga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishda har 
qanday mehnatning ham qadrlnishiga alohida e‘tibor beramiz. 
Hashar o‘zining tarixiy va ijtimoiy ildizlariga ega. O‘tmishda og‘ir 
mashaqqatli mehnat natijasida kambag‘al dehqonlar o‘zlariga ajratilgan 
еrlarni ishlashda yakkaligi sababli va imkoniyati bo‘lmaganligi hamda kelib 
chiqqan. Hashar o‘zining mohiyati bilan jamoa mehnati bo‘lib, jamoa 
tomonidan ma‘lum shaxs manfaati uchun bag‘ishlangan jamoa mehnati deyish 
ham mumkin. Chunki shu yo‘l bilan ma‘lum bir shaxs, bir tomondan, moddiy 
manfaatdor bo‘ladi, ikkinchi tomondan, ma‘naviy boyiydi. 
Shunisi harakterliki, o‘quvchilarning hasharga borishi ularda yaxshi 
kayfiyat tug‘diradi. Shuning uchun hashar o‘quvchilar uchun quvnoqlik, zavq-
shavq baxsh etishini sezish qiyin emas. Hashar orqali o‘quvchilar ota-onalari, 
maktab ma‘muriyati, o‘quvchilar jamoasi, sinf jamoasi va, umuman, o‘zlarini 
jamoatchilik oldidagi o‘quvchilik burchlarini bajarganday his qiladilar. Shu 
bilan birga o‘quvchilar hasharda qatnashish orqali kishilar muhtojligini 
qondirish bilan o‘zlarini yanada tetik, baquvvat va sadoqatlidek his etadilar. 
O‘quvchilar hasharga qatnashish bilan umum manfaatiga xizmat qilish, oliy 
maqsadlarni ko‘zlash kishilarning birinchi darajali vazifasi ekanligi anglab 
еtadilar. Nihoyat, o‘quvchilar hasharda qatnashish yo‘li bilan yaqindan 
aloqada bo‘lish, do‘stlashish, o‘zaro o‘rtoqlarcha yordam berish, 
hamchihatlik, birlik, fidoyilik singari jamoatchilikka xos sifatlarni tobora 
ko‘proq shakllantiraboradilar. 
Jamoa deyilganda umumiy maqsad sari intilgan va birgalikdagi 
faoliyat uchun jipslashgan o'quvchilarning guruhlari tushuniladi. Uning 
umumiy asoslari quyidagilardan iborat: talablar qo'yish, faollarni 
tarbiyalash, o'quv, mehnat, ijtimoiy- siyosiy va ommaviy madaniy 
faoliyatdagi istiqbollarni tashkil etish, sog'lom jamoatchilik fikrini 
shakllantirish, ijobiy an'analarni yaratish va kuchaytirish. 
Jamoada bir-biriga g'amxo'rlik qilish, o'zaro yordam, faqat o'zi 
haqida emas, balki boshqalar haqida ham o'ylashga intilish, jamoa 
manfaatini o'z qiziqishidan ustun qo'yish ko'nikmalari hosil bo'ladi. 
Jamoada o'rtoqlik va do'stlik xissi tarkib topadi. O'quvchilar jamoasini 
tuzayotib, tarbiyalayotib maktab o'qituvchilari uning har bir a'zosini 
shaxsini shakllantiradi. Jamoadagi o'quvchilarning o'zaro munosabati 
o'zaro javobgarlikni xis etish, topshiriqlarni bajarishda barcha a'zolarning 
tengligi bilan ajrab turadi, chunki unda o'quvchilar o'zaro yaqin 
muomalada bo'ladilar, hamma vaqt birgalikda harakat qiladilar, butun 
jamoa qo'ygan maqsadni hal etishda qatnashadilar. 
Har bir sinf kichik jamoa bo'lib, o'z faollariga ega bo'lsa-da, bu 
jamoa maqsadlarning birligi va umumiy ishlarni tashkil etish bilan 
bog'liq bo'ladi. Shuning uchun har bir o'qituvchi tarbiyaviy ishni sinfdagi 
jamoa munosabatlarining rivojlanish darajasi(bosqichi, davri)ni aniq 
belgilashdan boshlaydi. Sinf rahbari jamoasining o'z ish uslubi bilan 
rivojlanishiga to'sqinlik qilmasligi uchun vaqti-vaqti bilan jamoaiing 
rivojlanishi darajasini aniqlab turadi. Tarbiya nazariyasi jamoa rivojlanishining uch daraja bilan belgilaydi. 
Dastlab pedagogning kuch-g'ayrati natijasida sinfda o'rnatilgan muayyan 
talablar; tartib, intizom bilan o'quvchilarning uncha katta bo'lmagan qismi sinf  rahbarining harakatlarini qo'llab_quvvatlashi bilan izohlanadi. Past darajadan yuqori darajagacha boradigan yo'l uzoq bo'lib,muayyan qiyinchiliklarni bartaraf etish bilan kechadi. Ayni paytda jamoani shakllantirish yuzasidan olib boriladigan ishlar juda qiziqarlidir.Umuman o'quvchi tarbiyasining asosiy natijalari bu ish qanchalik muvaffaqqiyatli o'tishiga bog'liq bo'ladi. Agar o'quvchilar jamoasi barpo etilmagan bo'lsa, o'quvchi maktabni hyech afsuslanmay tark etadi. Xatto 
keyinchalik maktab yillarini eslamaydi ham. O'quvchilarni inoq jamoaga 
birlashtirgan mohir sinf rahbari qo'lida tarbiyalangan odam baxtlidir. 
Ulg'ayayotgan kishi, fuqaroning hayotidagi mavqyeini shakllantirishda, 
uning hayot yo'lini belgilashda o'z vazifasini anglash sinf rahbarining 
bolalar jamoasini barpo etish yuzasidan olib boradigan faol va qat'iy 
faoliyatining zarur sharti hisoblanadi. 
Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichi. Bu bosqich jamoa faoliaytida 
anchagina sermahsul hisoblanadi. A.S.Makarenkoning aniqlashicha, bu 
davrda butun jamoa ―ayrim o‘zini chetga olib qoluvchi, injiq shaxslar‖ga talab 
qo‘ya boshlaydi. Jamoa endilikda faqat faollargina emas, balki uning butun 
a‘zolari qiziqadi. Jamoa hayotidagi uchinchi bosqich, ijtimoiy fikr mavjudligi 
bilan ifodalanadi. Pedagog mazkur yo‘nalishdagi ishni maqsadga muvofiq va 
izchil tarzda olib brogan sharoitda ijtimoiy fikrni shakllantirishga erishishi 
mumkin. Shu maqsadda u yoki bu tadbir rejasini jamoaning birgalikdagi 
faoliayti yakuni uning a‘zolari tomonidan jamoa bo‘lib muhokama qilinadi: 
turli mavzuda suhbatlar, ma‘ruzalar uyushtiriladi.
Jamoa rivojlanishining to‘rtinchi bosqichi. Bu bosqich uchunchi 
bosqichning bevosita davomi bo‘lib, uning barcha a‘zolari jamoa oldida 
turgan talablar asosida o‘z-o‘zlariga talablar qo‘ya olishlari bilan tavsiflanadi. 
To‘rtinchi bosqichda jamoa a‘zolarining o‘ziga nisbatan yuksak axloqiy 
talablar qo‘ya olishlari bilan xarakterlidir. Bu bosqichda amalgam 
oshiriladigan vazifalar ancha murakkab va mas‘uliyatlidir. Mazkur bosqichda 
jamoa oldidagi istiqboli, yuksak va murakkab talablar qo‘yish uchun qulay 
sharoit yaratiladi: Bugungi kunda pedagog olimlar bolalar jamoasi 
rivojlanishi jarayonini tashkil qilar ekan, uni quyidagi ikki bosqichga bo‘ladi:
1. Jamoani dastlabki jipslashtirish 
2. Jamoani shakllantirish- uning har bir a‘zosini individual rivojlantirishning 
asosidir. 
Jamoa hayotidagi har bir bosqichni ajratib ko‘rsatish yuqorida bayon etilgan 
fikrlarga zid emas, balki shaxsning rivojlanishida jamoaning еtakchi 
ahamiyatini ta‘kidlaydi 
Rus pedagogi A.S.Makarenko jamoa munosabatlarining ichki jihatlariga 
katta ahamiyat bergan edi: 
1. Doimiy tetiklik, tarbiyalanuvchilarning faoliyatga tayyorligi; 
2. O'z jamoasi qadriyatlarining mohiyatini tushunish, uning uchun 
g'ururlanish asosida qadr-qiymatini anglash;
3. Uning a'zolari o'rtasidagi do'stona birlik; 
4. Jamoaning har bir a'zosidagi do'stona birlik; 
5. Tartibli, ishchan harakatga undovchi faollik; 
6. O'z hissiyot va so'zlarini boshqara olish ko'nikmasi.
4. O‘quvchilar jamoasini tarbiyalash. O‘quvchilar jamoasini 
tarbiyalashning eng samarali yo‘li, ularning umumiy qiziqishlari asosida 
talablar qo‘yish va istiqbolni belgilashdir. Talablar pedagogik jihatdan puxta 
ishlab chiqilgan taqdirdagina ijobiy natija beradi: 
1) O‘quvchi shaxsiga qo‘yiladigan pedagogik talablar har bir jamoa 
a‘zosini hurmat qilish bilan qo‘shilishi kerak. Bu pedagogik 
odobni muhim qismi bo‘lib, har bir sinf raxbari yoddan 
chiqarmasligi shart. Sinfning ya‘ni jamoaning eng yaxshi 
o‘quvchilariga ko‘proq talablar qo‘yiladi,bu bilan ularga alohida 
ishonch va xurmat bildiriladi. 
2) Pedagoglar jamoasi talablarni muayyan sinfning aniq sharoitini 
hisobga olgan holda qo‘yadi. Har yili o‘quvchilarga ma‘lum bir 
chorakda, yarim yillikda yoki o‘quv yili davomida qanday
talablar qo‘yish maqsadga muvofiqligi belgilab olinadi.
O‘quvchilardan erishilgan narsani emas, balki vazifa qilib 
qo‘yilgan narsani talab qilish kerak. 
3) Talablar aniq bo‘lib, bajarish imkoniyatlari hisobga olinadi. 
O‘quvchilar o‘zlaridan nima talab qilinayotganligini aniq tushunishlari lozim. 
O‘quvchilarni talablar mazmuni bilan tanishtirib, ularning 
ahamiyatini muntazam suratda nazorat qilib borishdan iborat. O‘quvchilar 
jamoasini tarbiyalashda istiqbollar qo‘yishning ahamiyati juda katta. Agar 
jamoa oldida qiziqarli, aniq maqsad bo‘lmasa, uni tashkil etish va 
jipslashtirish usulini topib bo‘lmayda. Istiqbollarni belgilashning ikki 
asosiy usuli bor: 
1. Asosiy pedagogik talabni o‘qituvchining o‘zi o‘quvchilar oldiga qo‘yadi. 
Bunda u ana shu vazifalarni xal etish yo‘llarini ko‘rsatadi va jamoa 
a‘zolarini qiziqtirishga intiladi; 
2. Jamoa a‘zolari qiziqarli tadbirlarni ilgari suradilar, sinf rahbari bu 
tashabbusni qo‘llab-quvvatlaydi, hamda amalga oshirish usullarini 
topishga yordam beradi. 
Birinchi usul o‘quvchilar jamoasini tarkib toptirishning dastlabki 
bosqichida qo‘yilib- yaqin kunlarga mo‘ljallangan istiqbol deyiladi. 
Ikkinchisi ancha yuqoriroq bosqichda sinf faollari tomonidan qo‘yilib- 
o‘rta kunlarga mo‘ljallangan istiqbollar deyladi. Agar belgilangan 
istiqbolalrni jamoani barcha a‘zolari qo‘ysa- bu uzoq muddatli istiqbollar 
deyilib, jamoani shakllanganligini bildiradi. 
O‘quvchilar jamoasi o‘sib va mustahkamlanib borishi bilan jamoa 
oldiga o‘rtacha va uzoq istiqbollar qo‘yiladi. Masalan: otaliqqa olingan 
bog‘cha uchun o‘yinchoqlar yasash, hosil bayramini o‘tkazish, jonajon 
o‘lka bo‘ylab yozgi sayohatni uyushtirish va boshqalar. 
Jamoa doim faoliyatda olg‘a intilishda bo‘lishi uchun uning 
oldiga yangi, qiziqarli istiqbollar qo‘yish talab etiladi. Jamoa hayoti 
jo‘sh urib turmasa, keyin bu aloqalarni qaytadan tiklash juda qiyin 
bo‘ladi. 
O‘quvchilar jamoasini shakllantirishda an‘analar muhim o‘rin tutadi. 
Jamoani hech bir narsa an‘anachalik mustahkamlay olmaydi. An‘analarni 
tarkib toptirish, ularni saqlab qolish- tarbiya ishining muhim 
vazifasidir.An‘analari bo‘lmagan maktab yaxshi maktab bo‘lishi mumkin 
emas. Mavjud an‘analarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: 
A) kundalik turmush an‘analari, 
B) bayram an‘analari 
Kundalik turmush an‘analari o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini bir-
biriga o‘zaro yordamning har xil turlari, mehnat faoliyatini- yosh meva 
ko‘chatlarini parvarish qilish, hayvonlarni boqish, yolg‘iz yashovchi 
keksalarga yordamlashishni va boshqa yumushlarni o‘z ichiga oladi. 
Bayram an‘analariga Navro‘z, Mustaqillik bayramlari, bitiruvchilar 
kechasi, «Savodxonlik bayram»lari kiradi. 
Har kanday holatda ham bayramlar yorqin, qiziqarli, quvnoq, 
tantanavor o‘tishi kerak.Asosiy maqsad o‘quvchilar o‘tkazilayotgan 
tadbirning ahloqiy mazmunini tushunsagina, ularga ongli munosabatda 
bo‘lsagina, uning ta‘siri kuchli bo‘ladi. 
Jamoani rivojshlanish bosqichlarida, jamoa a‘zolarini xilma-xil 
faoliyati jarayonida har bir maktabda o‘ziga xos an‘analar yuzaga keladi. Bu 
yangi an‘analar shu maktabda olib boriladigan o‘quv-tarbiyaviy ishlar bilan 
bog‘liq bo‘ladi, uning hayotini jonlantiradi va bezaydi. Shuning uchun yangi 
an‘ananing kelib chiqishida bolalarning faol ishtirok etishiga katta 
imkoniyatlar beriladi. 
Maktab rahbarlari va o‘qituvchilar o‘quvchilar jamoasiga u yoki 
bu ortiqcha an‘anani yuklamasliklari, majburan singdirmasliklari kerak. 
Ularning vazifasi jamoa a‘zolariga sezdirmay va ularni tashabbusini 
buzmay, an‘analarni yaratash zarurligini tushuntirish, an‘analarni tayyorlash 
hamda o‘tkazishda birgalikda ish olib borish, o‘quvchilarni ana shu 
an‘analarni davom ettirishga o‘rgatishdan iborat. An‘anaga har doim 
yangi pedagogik talablarni aks ettiruvchi, uning tarbiyaviy ahamiyatini 
oshiruvchi yangiliklar kiritib borilishi talab etiladi. 
An‘analar yildan - yilga ko‘payib borib, asta-sekin maktabning o‘ziga 
xosligini ta‘miilaydi. Shunday qilib, o‘quv-bilish faoliyati bilan bog‘liq
istiqbol va an‘analar jamoa rivojlanishining barcha darajalarida muhimdir. 
Rivojlanishning yuqori darajasida sinfda obro‘li faollar, sog‘lom ijtimoiy 
fikr mavjud bo‘lganida, bunday istiqbol va an‘analar o‘quvchilarning 
darsdagi va darsdan tashqari faoliyatini qamrab olishi, xilma-xil, 
ba‘zan murakkab shakllarga ega bo‘lishi mumkin. Bu istiqbol va 
an‘analarni amalga oshirish o‘quvchilar ko‘z o‘ngida ham, boshqa sinf 
o‘quvchilari, o‘qituvchilar, ota-onalar ko‘z o‘ngida ham jamoa obro‘sini 
oshiradi. Ko‘pgina maktablarda sinf jamoalari har yili bilish va 
ko‘ngilochar dasturlari bo‘lgan mavzuli maktab kechalari, fan xaftaliklari 
tayyorlaydilar. Bu faqat baquvvat jamoanigina qo‘lidan keladi. Bu 
tadbirlarni tayyorlashda odatda jamoaning har bir a‘zosi band bo‘ladi. 
Bunday istiqbol va an‘analarning alohida tarbiyalovchi ta‘siri shundan 
iboratki, sinf jamoasi uni yordamida umummaktab jamoalari bilan 
bog‘lanadi. 
Kishilarda bir necha asrlar davomida shakllangan munosabatlar va odatlarni 
albatta, birdan yo‘q qilish uchun kishilarni tizimli ravishda jamoa ruhida 
tarbiyalab borish, ularda o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam munosabatlarini hosil 
qilish zarurdir. Jamoa ruhida tarbiyalashda asosiy masala barcha kishilarda 
onglilikni yangi jamiyatimiz qurilishi talablari darajasiga ko‘tarishdan 
iboratdir. Yuqoridagilarga asoslanib yoshlarni jamoa ruhida tarbiyalashning 
asosiy omillari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 
- eng ilg‘or korxona jamoalarining ish tajribasidan, ahillik, ham jihatlik, 
jamoa va o‘rtoqlarcha o‘zaro yordamlashishda ibratli oilalar, ota-onalar 
hayotidan misollar keltirish; 
- kishilarning hayotida jamoa bo‘lib, bir-birlari bilan do‘stona 
birodarlarcha munosabatda bo‘lib yashashlari, mehnat va ijod qilishlari, hayot 
va turmushlarining doim go‘zal va xushchaqchaq o‘tishiga katta yo‘l ochib 
berishni har tomonlama misollar asosida tushuntirish. Aksincha, kishilar o‘z 
hayotida jamoaga va uning qo‘ygan talablariga to‘g‘ri baho bermay hayot 
kechirsalar, turmush ko‘ngilsiz, shirasiz va ma‘naviy boyliksiz o‘tishini 
uqtirish. 
Jamoatchilikning bu xususiyatlari va tamoyillarini falsafiy va pedagogik 
jihatdan keng va teran sharhlab beradi. Jamiyat va shaxs munosabatlari 
muhim ahamiyatga ega.
Odamning shaxsligi esa, uning o‘zga odamlarga, jamiyatga, vatanga, 
butun imkoniyatga munosabatlari bilan bog‘liqdir. Demak, odam biologik 
tushuncha, shaxsiy ijtimoiy tushuncha. Insonlarning tabiiy ehtiyojlari 
qoralanib, faqat ijtimoiy mexanizaga aylantirilishi, tabiatni ham siyosiylashtirish, mafkuraviy shavqatsiz tazyiq insonni qadrsizlantirishni ham sho‘rolar jamiyati misolida ko‘rib turibmiz. Jamoaning umumiy manfaati bilan bolaning shaxsiy manfaati birlashib, uyg‘unlashib ketadi. Va shu holda bola shaxsiy manfaatga nisbatan jamoaning maqsadi va manfaati muhimroq ekanligiga, bir kishi hammani (o‘z jamoasidagi hamma odamlarni) o‘ylashi, hamma (butun jamoa) esa, shu 
jamoadagi har bir odamni o‘ylashi, g‘amxo‘rlik qilishi zarurligini tushunish 
bolalaning ongini o‘stiradi. Yanada muhimrog‘i, jamoa a‘zolarining o‘zaro hurmatini do‘stlikka aylanadi. Endi bola yoki o‘smir do‘stlarsiz hayot juda zerikarli, mazmunsiz o‘tishini anglaydi. Shunday ekan, har bir sinf rahbari o‘z o‘quvchilariga jamoani qanday qaysi yo‘l va vositalar yordamida shakllantirish  mumkinligi, uning mohiyatini tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Bunda jamoatchilik va o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam to‘g‘risida aforizmlardan foydalanish, kitoblarni  o‘qish, voqealardan misollar keltirish, tadbirlar o‘tkazish asosida o‘quvchilarni   jamoatchilik ruhida tarbiyalash muhim o‘rin tutadi. 
O‘quvchilar jamoatchilikning mohiyatini puxta bilgan taqdirdagina uni 
amalga oshirish uchun samarali kurashishlari mumkin. Buning o‘qituvchi 
o‘quvchilarga jamoatchilik jamoa va shaxsning rivojlanishi uchun asosiy 
vosita ekanligini tarbiya jarayonida ishonarli va ta‘sirli amalga oshirish zarur. 
Jamoa va shaxs muammosi yosh avlodni tarbiyalashning eng dolzarb nazariy 
va amaliy masalalaridan biri xisoblanadi. Shu jihatdan ham o‘quvchilarni 
jamoatchilik ruhiyatiga, jamoa hayotiga, jamoa bo‘lib uyushishga 
odatlantirish, malaka hosil qilish, jamoatchilik ongini shakllantirish umumiy 
o‘rta ta‘lim muassasalarining vazifasi xisoblanadi. 
Shaxs faqatgina har tomonlama rivojlangan bo‘lib qolmasdan, balki u 
ijtimoiy faol bo‘lishi, o‘zining borliq kuch va imkoniyatlarini Vatanga xizmat 
qilish uchun zo‘r berish hamda jamiyatda o‘rnini topa olishi kerak. Bundan 
tashqari shaxsning vatanga xizmat qilishida uning shaxsiy imkoniyatlari, 
qobiliyat va qobiliyatlaridan samarali darajada foydalaniladi.
Jamoatchilikning asosiy xususiyatlaridan biri o‘quvchilarda vatan-
parvarlikni shakllantirishdir. 
Chunki, vatanparvarlik hissiyoti kishilarning o‘z ona-vataniga, 
taqdiriga g‘amxo‘rlikdir. Haqiqiy vatanparvar o‘z ona-vatani, xalqining 
gullab-yashnashi, erkinligi uchun kurashadi.
Demak, ona-vatanimizning taqdiri, dastavval, butun mehnatkash 
xalqning taqdiridir. Buning uchun kurash har bir kishining burchidir. 
Vatanparvarlik-bu kishining axloqiy xususiyatidir, o‘z ona-vatanining 
munosib fuqarosi bo‘lishi uchun tanmay intilishidir. Shuning uchun qadim 
vaqtlardan beri vatanparvarlik asosida o‘z vatanini sevish tushunilgan. 
Millatlararo totuvlik ham jamoatchilikning asosiy xususiyatlaridan 
xisoblnadi. Maktab jamoasida o‘quvchilarni millatlararo totuvlik ruhida 
tarbiyalash adabiyot, geografiya, rus tili, chet tili va boshqa fanlarni o‘qitish 
asosida amalga oshiriladi degan fikr noto‘g‘ri. Bola, dastlab, oilada ilk 
yoshligidan, so‘ngra maktabning birinchi sinfidan boshlab vatanparvarlik 
ruhida tarbiyalanadi. Oilada hamma katta-kichiklar birga bo‘lishib, radio, 
televizordan bir necha millat o‘quvchilarining o‘zaro do‘stligi va o‘rtoqligi 
haqidagi eshitirishlarini tinglaydilar, ko‘radilar va birgalikda muhokama 
qiladilar. Bu esa juda katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Bundan tashqari 
maktab jamoasida olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqari ishlar ham 
o‘quvchilarning millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashiga ta‘sir ko‘rsatadigan 
kuchli vositadir. Ayniqsa, maktab jamoasida o‘zbek, rus, ukrain, belarus, 
gruzin, arman, qozoq, tojik, turkman, ozarbayjon, tatar, qoraqalpoq va boshqa 
millat bolalarining bir-birlari bilan juda quvnoq va ahil bo‘lib o‘qiyotganliklari, 
yashayotganliklari bu millatlararo totuvlikni mustahkamlaydi va ular o‘rtasida do‘stlikni yanada rivojlanishi hamda mustahkamlanishida katta rol o‘ynaydi. 
Demak, maktab jamoasida millatlararo totuvlik tarbiyaning xususiyatlari quyidagicha namoyon bo‘ladi: 
5. Maktab jamoasi bolalarni millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashda 
ular e‘tiborini, albatta, bir millatning ikkinchi bir millatdan farq qiladigan urf-
odatlari, millatga xos xususiyatlariga emas, balki turli millat vakillarini bir 
maqsad uchun birlashtiradigan va yaqinlashtiradigan umumiy an‘analarga 
qaratish. 
6. Maktab jamoasi bolalarni millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashga 
bag‘ishlangan suhbatlarda turli millat xalqlarning hayotidan misollar keltirish, 
ularning tinchlik, mehnat, ozodlik, tenglik, qardoshlik va baxt-saodat uchun 
olib borayotgan kurshlarni ko‘rsatib o‘tish. 
7. Dunyodagi barcha millat xalqlarining birdamlik uchun kurashlari 
natijasida millatlar o‘rtasida vujudga kelgan umuminsoniy qadriyatlarni 
bolalar ongiga singdirish. Masalan, o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi va ota-
onalarni hurmat qilishlari singari milliy an‘analar bilan bolalarni tanishtirish. 
8. Maktab jamoasida o‘quvchilarni har bir millatning o‘zaro do‘stligi, 
qardoshlarcha munosabati, bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashi, o‘zaro hurmat 
ruhida tarbiyalash baynalminal tarbiyaning birinchi vazifasidir. 
Jamoatchilik tarbiyasining xususiyatlaridan yana biri o‘rtoqlarcha 
yordamdir. O‘rtoqlarcha o‘zaro yordam hissi, dastavval, oilada, maktab 
sharoitida, jamoa bo‘lib ishlash jarayonida singib boradi. Jamiyatimizda har 
biri kishi o‘zaro o‘rtoqlarcha yordamlashishni, bunga ehtiyoj borligini 
yoshlikdan, o‘quvchilik chog‘idan his eta boshlaydi. O‘qituvchi, ota-onalar bu 
hisni qo‘llab-quvvatlashi, uning kengroq shakllanishiga barcha vositalar bilan, 
pedagogik mahorati bilan yordam berishlari zarur. O‘quvchilarga bu sohada 
ijtimoiy fanlar eng yaqin ko‘makchidir. O‘quvchilar kishilar, jamoalar, 
davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro yordamni bilib, ularning ma‘nosini tushunib 
boradilar. Kishilarning, o‘quvchilarning xat o‘qishda va o‘zaro 
munosabatlarda o‘zaro o‘rtoqlashish, yordamlashishdek hissini tarbiyalashda 
ajoyib manba bo‘lib hisoblanadi. 
Bundan tashqari o‘rtoqlarcha o‘zaro yordamning navbatdagi formasi 
bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchiga yaxshi o‘zlashtiruvchi o‘quvchining doimiy 
biriktirib qo‘yilishidir. Xuddi shuningdek, guruhga, sinfga va boshqalarga 
biriktirib qo‘yish ham o‘zaro yordam formasidir. O‘rtoqlarcha o‘zaro 
yordamning yana bir formasini birlashtirib kichkina guruh sifatida dars 
tayyorlashda namoyon bo‘ladi. 
O‘rtoqlacha o‘zaro yordam o‘quvchilarning san‘at havaskorlari, sport 
musobaqalariga o‘quvchilarni tayyorlashda, ularning rahbarlar ishlariga 
yordam berishlarida ko‘rinadi. O‘rtoqlarcha o‘zaro yordam shanbalik, 
yakshanbaliklarda o‘quvchilrni faol qatnashtirish yo‘lidir. Mehnatga ongli 
munosabatda bo‘lish harakatlari, mamlakatimizda shanbaliklar va 
yakshanbaliklar uyushtirish, ayniqsa, ahamiyatlidir. 
Shuni aytish kerakki, maktab jamoasi- o‘quvchilarda jamoatchilik 
hissini tarbiyalashning asosiy manbai hisoblanadi. 
Har qanday bolalar jamoasi, u qanday tarzda bo‘lishidan, uning oldiga 
qanday o‘ziga xos vazifa qo‘yilishidan qatiy nazar tarbiyachi undan bolalarni 
tarbiyalash manbai sifatida foydalanishi shart. Maktab bolalar jamoasi 
o‘quvchilarda tarbiyaning u yoki bu tarkibiy qismi va sifatlari manbai sifatida 
xizmat qiladi. 
Shunday qilib maktab jamoasi o‘quvchilarda jamoatchilik hissini 
tarbiyalashning manbai ekanligi dastavval o‘quvchilarning jamoa bo‘lib 
ijtimoiy-foydali ishlarga qatnashishida, jamoa bo‘lib sayohatlarga borishida, 
yozgi mehnat va dam olish lagerlarida, turli musobaqa va ko‘rik-tanlovlarda 
ishtirok etishlarida yaqqol ko‘rish mumkin. O‘quvchilar bu tadbirlarda 
qatnashishi bilan ularda birgalashib umummanfaat yo‘lida mehnat qilish 
jamoa manfaati uchun qayg‘urish va umummanfaatni shaxsiy manfaatga 
yuqori qo‘yish, o‘zaro o‘rtoqlarcha yordam, hamkorlik, birlik, ahillik singari 
axloqiy sifatlar shakllana boradi. Ayrim hollarda, ba‘zi o‘quvchilarda 
jamoatchilikka zid bo‘lgan shaxsiyatparastlik, xudbinlik kabi salbiy-axloqiy 
ko‘rinishlar ham paydo bo‘lib qolishi mumkin. Bizning fikrimizcha, maktab 
jamoasi o‘quvchilarda jamoatchilik hissini tarbiyalashning manbai ekanligini 
belgilashda yuqoridagi kabi hollarni hisobga olishlari shart. 
Demak, jamoatchilik tarbiyasi, dastavval, birgalikdagi jamoa bo‘lib, 
ko‘pchilik foydasi uchun mehnat qilish, shaxsiy manfaatini umummanfaatiga 
bo‘ysundirish, bir-birlariga beg‘araz va o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam berishni 
o‘quvchilar ongiga singdirish ko‘zda tutiladi. 
O‘rta maktab o‘quvchilarini tarbiya jarayonida jamoatchilik va o‘rtoqlarcha 
yordam ruhida tarbiyalashning xilma-xil yo‘l va vositalari mavjud. 
Chunonchi, ularni ijtimoiy-foydali mehnatga qatnashtrish sport musobaqalari, 
sayohat, munozara va konferensiyalar, sinf soatlari, sinf majlisi, o‘rtoqlarcha 
o‘zaro yordam haqida individual va jamoa suhbatlar o‘tkazish, maktab radiosi 
va eshittirishlari va maktab devoriy gazetasi singari maktabda olib boriladigan 
ish turlari o‘quvchilarni jamoatchilik ruhida tarbiyalashning eng asosiy 
vositalari bo‘lib hisoblanadi. 
O‘quvchilarni jamoatchilik ruhida tarbiyalash va ularning jamoatchilik 
haqida olgan bilimlarini amaliy hayotga tadbiq qilishlarini aniq maqsad 
asosida munozaralar o‘tkazish juda ahamiyatlidir. Ma‘lumki, sinf rahbari va 
maktab tarbiya ishlarining tashkilotchisi vaqti-vaqti bilan o‘quvchilar 
o‘rtasida turli mavzularda munozaralar o‘zining oldiga qo‘ygan vazifalari va 
formasi bilan munozaralardan ma‘lum darajada farqlanadi. 
Munozara o‘tkazishdan taxminan bir oy ilgari munozara mavzusi tanlanib, 
o‘quvchilar diqqatiga havola qilinadi. Bunda munozara shartlari, talablari, 
munozaraga tayyorlanish uchun kimlardan maslahat olish, qanday adabiyotlar 
o‘qish hamda munozara mavzusining taxminiy rejasi va yo‘l-yo‘riqlari haqida 
ma‘lumot beriladi. 
Munozara o‘tkazish uchun ko‘proq jamoa, o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam 
ma‘nosini anglatishga yordam beradigan mavzular tanlanadi. 
Biz tajriba olib borayotgan maktablarda to‘rt o‘quv yili davomida 
quyidagi mavzularda munozaralar o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. 
Munozara vaqtida o‘quvchi shu mavzu bo‘yicha o‘z bilganlarini erkin 
holda gapirib beradi. Munozara o‘quvchiga murakkab masalalarni tushunib 
olishga, o‘z tushunchasini o‘rtoqlari oldida namoyish qilishga va bilim 
doirasining kengayishiga yordam beradi. Munozarada o‘quvchi o‘rtoqlarining qimmatli fikr va maslahatlaridan bahramand bo‘ladi. Shuningdek, munozarani 
yakunlab bergan o‘qituvchilarning aniq fanlari o‘quvchilar bilimini to‘ldirishga  yordam beradi. Shuning uchun ham o‘quvchilar munozaraga katta qiziqish bilan 
tayyorlanadilar va faol ishtirok etadilar. 
Jamoatchilik va o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam dastavval kishilarning 
umumiy maqsad yo‘lida birlashib mehnat qilishida namoyon bo‘ladi. Bizda 
har qanday ongli ijodiy mehnat, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va sanoat 
sohasidagi mehnat kishilarining bilimi, aql-idrokini, irodasini ishga solish 
orqali bajariladi. 
Bularning asosida birlik, hamkorlik, o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam yotadi. 
Busiz mehnat sifati va unumdorligi ko‘ngildagidek bo‘lmaydi. Demak, 
o‘quvchilarning ijtimoiy-foydali mehnat o‘z bilim, his-tuyg‘u va irodasini 
sarflab hamkorlikda o‘zaro yordamlashib ishlashlari jamoatchilik hissining 
qaror topayotganligi bilan bog‘liqdir. Shuning uchun o‘quvchilarning birgalashib  ishlashi, umumiy maqsadni ko‘zlab mehnat qilishi jamoatchilikning asosiy omili  bo‘lib hisoblanadi. Jamoa, ijtimoiy-foydali mehnat maktab o‘quvchilarining 
do‘stlashishiga, birlashishiga kuchli ta‘sir ko‘rsatadi va shu bilan birga, barcha 
o‘quvchilarning umummaktab jamoasi atrofida mahkam jipslashuviga yordam 
beradi. O‘quvchilarning ijtimoiy-foydali mehnatga qatnashishi ularda o‘zaro 
munosabat, do‘stlik, o‘rtoqlik, hamkorlik hislarining o‘sishiga yordam beradi. 
Shuni aytish kerakki, o‘quvchilar bajaradigan ishning, vazifaning maqsadi 
qanchalik aniq bo‘lsa, o‘quvchilarning o‘zaro aloqasi va birligi kuchaya 
boradi. 
O‘quvchilar biror ishni jamoa bo‘lib bajarishi bilan o‘sha ishidan qanoat 
hosil qiladi, sinf va maktab jamoasi oldida o‘z burchini o‘tagani bilan 
quvonadi. Binobarin, o‘quvchilarda mehnatga, umumxalq ishiga qiziqish 
kuchayadi, yangicha ishlash va yashash, o‘qish va o‘rganishni hayotiy 
zaruriyat sifatida tobora chuqur anglay boradi. 
Umuman olganda, o‘quvchilarni ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish 
ularga hozirgi zamon mehnat madaniyatining sinalgan yo‘llarini o‘rgatish 
yo‘li bilan o‘quvchilarga mehnatga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, 
mehnat ahllarini hurmatlash, mehnat qilish orqali zavq-shavq olishga alohida 
e‘tibor beriladi. Bu o‘quvchilarimizda mehnatsevarlik, o‘z ishining ustasi, 
ijodkori bo‘lib tarbiyalanishiga katta ta‘sir ko‘rsatadi. Maktabda o‘quvchilarni 
ijtimoiy-foydali mehnat qilishga jalb etishga jamoa bo‘lib mehnat qilishga, 
mehnat bilan madaniy dam olish yo‘llariga ham alohida e‘tibor beriladi. 
O‘quvchilarga mehnat haqidagi bilim va tushunchalarni singdirishda 
mehnatning tagi rohat ekanligi, mehnat, faqat mehnatgina odamning hamma 
orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishi mumkinligi tushuntiriladi. O‘quvchilarni 
mehnatga o‘rgatish va mehnatga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishda har 
qanday mehnatning ham qadrlnishiga alohida e‘tibor beramiz. 
Hashar o‘zining tarixiy va ijtimoiy ildizlariga ega. O‘tmishda og‘ir 
mashaqqatli mehnat natijasida kambag‘al dehqonlar o‘zlariga ajratilgan 
еrlarni ishlashda yakkaligi sababli va imkoniyati bo‘lmaganligi hamda kelib 
chiqqan. Hashar o‘zining mohiyati bilan jamoa mehnati bo‘lib, jamoa 
tomonidan ma‘lum shaxs manfaati uchun bag‘ishlangan jamoa mehnati deyish 
ham mumkin. Chunki shu yo‘l bilan ma‘lum bir shaxs, bir tomondan, moddiy 
manfaatdor bo‘ladi, ikkinchi tomondan, ma‘naviy boyiydi. 
Shunisi harakterliki, o‘quvchilarning hasharga borishi ularda yaxshi 
kayfiyat tug‘diradi. Shuning uchun hashar o‘quvchilar uchun quvnoqlik, zavq-
shavq baxsh etishini sezish qiyin emas. Hashar orqali o‘quvchilar ota-onalari, 
maktab ma‘muriyati, o‘quvchilar jamoasi, sinf jamoasi va, umuman, o‘zlarini 
jamoatchilik oldidagi o‘quvchilik burchlarini bajarganday his qiladilar. Shu 
bilan birga o‘quvchilar hasharda qatnashish orqali kishilar muhtojligini 
qondirish bilan o‘zlarini yanada tetik, baquvvat va sadoqatlidek his etadilar. 
O‘quvchilar hasharga qatnashish bilan umum manfaatiga xizmat qilish, oliy 
maqsadlarni ko‘zlash kishilarning birinchi darajali vazifasi ekanligi anglab 
еtadilar. Nihoyat, o‘quvchilar hasharda qatnashish yo‘li bilan yaqindan 
aloqada bo‘lish, do‘stlashish, o‘zaro o‘rtoqlarcha yordam berish, 
hamchihatlik, birlik, fidoyilik singari jamoatchilikka xos sifatlarni tobora 
ko‘proq shakllantiraboradilar. 
Demak, hashar o‘quvchilarga jamoatchilik ruhini tarbiyalashdagi asosiy 
vositalardan biri hisoblanadi. 
O‘quvchilarni jamoa ruhida tarbiyalashda o‘qitish jarayoni bilan birga 
sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning ahamiyati benihoya muhimdir.
Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari
Xulosa
Har bir jamoa o’z-o’zini boshqarish organiga  ega va umummilliy
jamoaning uzviy qismi sanaladi. Ssuningdek, u maqsadning birligi va
tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan bog’lanadi.
Ijtimoiy jamiyatning ehtiyojini qondirishga yo’naltirilgan birgalikdagi
faoliyat jamoaning navbatdagi muhim xususiyatlaridir. Jamoa
faoliyatining ijtimoiy-g’oyaviy yo’nalishi ham jamoaning faoliyati
mazmunida o’z aksini topishi muhim ahamiyatga egadir. 
Bugungi kunda pedagog-olimlar (L.I.Novikova va boshqalar) bolalar
jamoasi rivojlanishi jarayonini tahlil qilar ekanlar, uni quyidagi ikki
bosqichga bo’ladilar: 
a) jamoani dastlabki jipslashtirish; 
b) jamoani shakllantirish uning har bir a’zosini inlividual
rivojlantirishning qurolidir. 
Jamoa hayotidagi har bir bosqichlarni ajratib ko’rsatish yuqorida bayon
etilgan fikrlarga zid emas, balki shaxsning rivojlanignida jamoaning
etakchi ahamiyatini ta’kidlaydi. 
Rus pedagogi A.S.Makarenko jamoa munosabatlarining ichki
jihatlariga katta ahamiyat bergan edi. U jamoada shakllangan eng muhim
quyidagi belgilarni ajratib ko’rsatgan edi. 
1) major doimiy tetiklik, tarbiyalanuvchilarning faoliyat (harakatga
tayyorligi); 
2) o’z jamoasi qadriyatlarining mohiyatini tushunish, uning uchun
guruhlanish asosida o’z qadr-qimmatini anglash; 
3) uning a’zolari o’rtasidagi do’stona birlik; 
4) jamoaning har bir a’zosidagi do’stona birlik; 
5) tarbiyali, ishchan harakatga yo’llovchi faollik; 
6) o’z hissiyot va so’zlarini boshqara olish ko’nikmasi. 
3. Jamoani shakllantirishda jamoa a’zolari va ularning
faoliyatlariga qo’yiladigan yagona talablar muhim ahamiyat kasb etadi. 
Yagona talab o’quvchilarning dars jarayonidagi, tanaffus. Sinfdan
tashqari ishlar vaqtidagi jamoat joylari hamda uydagi xulq-atvor
qoidalarini o’z ichiga oladi. 
Puxta o’ylab qo’yilgan talablar tizimining muntazam amalga
oshirilishi maktabda muayyan tartibning o’rnatilishini ta’minlaydi. 
Pedagoglar tomonidan qo’yilgn talablar qo’yidagi sharoitlarda ijobiy
natija beradi. 
1. Qo’yilayotgan talablar o’qo’vchi shaxsini hurmat qilish bilan
qushilishi kerak. 
2. Qo’yilayotgan talablar muayyan maktab yoki sinfdagi mavjud
sharoitni hisobga olgan holda quyilishi lozim. 
3. Qo’yilayotgan talablar aniq bo’lishi kerak. 
4. O’quvchilarning  tashqi qiyofasi, kiyinishi, yurish-turishi hamda
muomalasiga nisbatan qo’yilayotgan talablar, ularda ma’naviy madaniyatni
shakllantirishga xizmat qilishi shart. 
O’qituvchi tomonidan qo’yilayotgan talablar hajmi, tizimini bilibgina
qolmasdan, talab qo’yish metodikasini ham o’zlashtira olgan bo’lishi kerak. 
O’quvchilarga talablar qo’yish metodikasi bolalarni talablar mazmuni
bilan tanishtirib ularning ahamiyatini tushuntirish, tajriba orttirish
hamda ularning muntazam suratda nazorat qilib borishdan iborat. 
O’quvchilarni talablar bilan tanishtirish ko’pincha umumiy
majlislarda  amalga oshiriladi, bunda ta’lim muassasasi direktori yoki
o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari istiqbolli rejalari va ularni
amalga oshirish jarayonidagi talablar mazmuni bilan o’quvchilarni
tanishtiradi. Batafsil tanishtirish ayrim hollarda amalda ko’rsatish,
keyinroq sinflar bo’yicha sinf majlislarida, maxsus suhbatlar uyushtirish
gohida amalga oshiriladi. 
Xulq-atvor tarkib toptirishga yunaltirilgan talablar bilan 
tanishtirish mazkur talablar ustida mashq qildirish bilan qo’shib olib
borilishi kerak. Xulq-atvorni tarbiyalash ongni tarbiyalashga qaraganda
murakkab ish. O’quvchilar talablar mohiyatini yaxshi anglashlari mumkin,
biroq aksariyat hollarda ularga rioya qilmaydilar.  Shu bois muntazam
ravishda mashq qildirish madaniy xulq-atvorni odatga aylantiradi. 
Talablarning qo’yilishi jarayonida ularga o’quvchilarning amal qilishi
ustidan nazorat o’rnatish lozim. Nazorat qilib borish turli shartlar
yordamida amalga oshiriladi, chunonchi, xulq-atvor jurnalini yuritish,
sinfdagi navbatchilik uchun stendda baholarni qayd etib borish va
boshqalar. Nazorat haqqoniy va muntazam bo’lish kerak. Uning
natijalaridan o’quvchilarni ogoh etib borish lozim. 
a) jamoani uyushtirish va jinslashtirish. Unda faolni tarbiyalash
bilan chambarchas bog’liq. Har bir pedagogning  jamoani shakllantirish
borasidagi harakati jamoaning tayanch yadrosini tanlashdan boshlanadi. 
Jamoa faolini shakllantirish jamoaning u yoki bu faoliyatga nisbatan
ehtiyoji mazmunidan kelib chiqadi. 
Ishonchli, ishchan jamoa faolini yaratish uchun o’qituvchi o’quvchilar
faoliyatini, ularning jamoa ishlari ishtiroki, xulq-atvorini kuzatib
borishi har bir o’quvchining ijtimoiy faoliyatni tashkil etish layoqatini
aniqlashi zarur. 
Jamoa faolini shakllantirishda o’quvchilarnint jamoadagi obro’sini
ham inobatga olish lozim. Jamoa faoli tarkibini bolalarning o’zlari,
albatta, pedagog ishtirokida va rahbarligida tanlasa, maqsadga muvofiq
bo’ladi. Pedagog jamoa faoli bilan maslahatlashishni tashkil etadi. 
Jamoa faolining har bir a’zosi zimmasiga muayyan vazifa yuklash,
ma’lum davrda ana shu vazifalar yuzasidan hisobot berib borishlariga
erishish lozim. Pedagog aynan shu faolga oshirilgan talab qo’yadi. O’quvchilar
jamoasida faol rahbarligida o’z-o’zini boshqarish jamoa a’zolaridan
ayrimlarining boshqasi ustidan ustun kelishiga olib kelmasligi kerak. 
O’quvchilar o’z-o’zini  boshqarish, bu pedagoglar tomonidan tashkil
qilinadigan jamoa ishini uyushtirish va boshqarishda o’quvchilarning faol
ishtirok etishidir. O’z-o’zini boshqarishning shakllari orasida jamoa
a’zolarining yig’ilishi, konferentsiyasi hamda turli komissiyalar faoliyati
o’rin tutadi. 
b) o’quvchilar jamoasini shakllantirishda an’analar muhim o’rin
tutadi. Jamoa an’analari bu barqarorlashgan odat bo’lib, ularni jamoa
a’zolari birdek qo’llab-qo’vvatlaydilar. Jamoa an’analari mazmunida
munosabatlar xususiyati hamda jamoaning ijtimoiy fikri yorqin
ifodalanadi. 
Jamoa an’analari shartli ravishda ikkiga bo’linadi: 
a) kundalik faoliyat an’analari; 
b) bayram an’analari. 
Kundalik faoliyat an’analari o’quvchilarning o’quv faoliyati (o’zaro
yordam turlari) ni mehnat faoliyati (ko’chatlar o’tkazish, hasharlar uyushtirish
va boshqalar)ni o’z ichiga oladi. 
Bayram an’analariga turli voqea va hodisalar bilan bog’liq sanalarni
nishonlash  xususan, «Alifbe bayrami», Mustaqillik, Navro’z bayrami,
Xotira va qadrlash kuni va boshqalar kiradi. 
An’anaviy bayramlar o’quv muassasalarida turlicha o’tkaziladi.
O’quvchilar an’analar mohiyatini anglasalar, ularga nisbatan ongli
munosabatda bo’lsalargina uning ta’sir kuchi yuqori bo’ladi. 
An’analarning yuzaga kelishida o’quvchilarning unga nisbatan
munosabati katta ahamiyatga ega. Maktab rahbariyati va o’qituvchilar bolalar
jamoasiga u yoki bu ortiqcha an’anani yuklamasliklari kerak. Ularning
vazifasi oshkor bo’lmagan holda hamda o’quvchilar yaratish zarurligini
tushuntirish tadbirlarni uyushtirish va o’tkazishda birgalikda ish olib
borish, o’quvchilarni an’analarni davom ettirishga o’rgatishdan iborat. 
Ilmiy tadqiqotlar shaxs va jamoa o’rtasidagi  munosabatlarning
rivojlanishi borasida quyidagi andozaning yaratiligini ta’minladi. 
Sinf rahbari dеganda o`quvchilarni bir xil saviyada, bir xil yoshda, bilimi jihatidan ham tеng bo`lgan jamoani boshqarib turuvchi pеdagog tushuniladi.
Maktab hayotida, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarishda sinf rahbari yoki boshlang`ich sinf o`qituvchisining boshqalar bilan almashtirib bo`lmaydigan o`ziga xos o`rni bor. Sinf rahbari (boshlang`ich sinfda sinf ukituvchisi) faoliyatining aksariyat kismi tarbiyaviy jarayon bilan bog`liqdir. Shu jihatdan olganda uni sinfning bosh tarbiyachisi, murabbiysi dеyish mumkin. Sinf rahbarlari avvalo, «Ta'lim to`g`risida»gi Qonun, O`zbеkiston Rеspublikasining umumta'lim maktabi to`g`risida Nizom, O`zbеkiston Rеspublikasining ta'lim muassasalari sinf rahbarlari to`g`risidagi Nizomi va boshqa pеdagogik hujjatlarda bеlgilab bеrilgan yosh avlodni mustaqillik ruhida tarbiyalashning umumiy vazifalaridan kеlib chiqib, o`z tarbiyaviy ish faoliyatini aniqlab oladilar.
Sinf rahbari o`z faoliyati davomida maktab dirеktori, o`quv ishlari bo`yicha dirеktor o`rinbosari, ma'naviy va tarbiyaviy ishlar bo`yicha dirеktor o`rinbosarlari bilan , uz sinfiga dars bеruvchi o`qituvchilar, maktabdagi bolalar tashkilotlari еtakchilari bilan va maktab kutubxonachisi bilan hamkorlikda qator ishlarni olib boradi.

Ayniqsa, sinf jamoasini tashkil etish va jipslashtirishda sinf rahbarining o`rni muhimdir. U har bir o`quvchisini, uning xususiyatlari va shaxsini chukur urganib chikadi, kim bilan qanday muomala qilishni biladi. Turli tarbiyaviy yo`nalishlar bo`yicha tarbiyaviy ishlarni olib boradi. O`quvchilar oilasi, ota-onalar va jamoatchilik bilan hamkorlikda qator tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi.


Sinf raxbari o`z ishlarini maktab ma'muriyati rahbarlari va bolalar tashkilotlari bilan hamkorlikda olib boradi. Shuning uchun uning faoliyatini rеjalashtirish umummaktab hamda bolalar va o`smirlar, «Kamolot» jamg`armasi ishining rеjalashtirilishi bilan uzviy ravishda bog`langandir. Sinf rahbari ishlarini, jumladan tarbiyaviy ishlarni to`g`ri rеjalashtirib olish tarbiya samaradorligini ta'minlovchi omillardan biridir.
Maktabda o`quvchilarga tarbiya asosan sinf rahbarining ishlari orqali bеriladi. Jumladan, tadbirlar, mushoiralar, har xil kеchalar, uchrashuvlar, tanlovlar va boshqa o`yinlar orqali o`kuvchilarga ta'lim- tarbiya bеriladi.
Sinf rahbari maktab ma'muriyati bilan birgalikda va mahalla jamoasi, ota-onalar bilan hamkorlikda tarbiyaviy ishlarni olib boradi. Maktab ma'muriyati sinf rahbari va uning olib borayotgan ishlarini doimo qo`llab-kuvvatlashlari lozim. Chunki sinf rahbari o`z o`quvchilarini yaxshi biladi va ularni tarbiyalash uchun nimalar kеrakligini hisobga olib ish yuritadi. Sinf rahbari ishini ma'naviyat va ma'rifiy ishlar bo`yicha dirеktor o`rinbosari boshqarib turadi.
Boshlang`ich sinf maktab ta'limining dastlabki bosqichi bolalar o`qituvchi rahbarligida ta'limda birinchi qadam qo`yadilar. O`quv faoliyatida bilim, ko`nikma va malakalarni egallaydilar. O`qituvchi sinf bilan ko`pincha yolg`iz ishlaydi va tarbiyachi sifatida ish yuritadi.
O`qituvchilar tomonidan o`quvchilarga qo`yiladigan pеdagogik talablar bеrishga erishadi, ota-onalar, kuni uzaytirilgan gruppa tarbiyachilari jamoatchilik bilan doimo aloqa bog`lab turadi. Zarur bo`lgan vaqtda o`qishda o`quvchilarga yordam ko`rsatishni tashkil etadi. Sinf rahbari qiladigan ishlari xujjatlarini olib boradi va uni maktab ma'muriyatiga taqdim etadi. O`quvchilar sog`lig`ini mustahkamlashga doir ishlarni o`tkazadi va jismoniy hamda aqliy mеhnat qilishga o`rgatib boradi.
Sinf jamoasini tashkil etishda, sinf majlisini tashkil etishda sinf rahbarining roli katta hisoblanadi.
Sinf rahbari vazifasini, asosan fan o`qituvchilari bajarishadi. Shuning uchun har bir talaba, har bir bulg`usi o`qituvchi tarbiyaviy ishlarni, sinf rahbari faoliyatini chuqur o`rganib chiqishi zarur bo`ladi.
Sinf raxbari sinfdagi barcha tarbiyaviy ishlarning tashkilotchisi sifatida tarbiyaviy ishlarni tashkil etadi, o`tkazadi va uning natijasini tahlil etib boradi. Sinf rahbari o`quvchilarda mustaqil davlatimiz ichki va tashqi hayotida sodir bo`layotgan voqеliklarga qiziqish uyg`otib, uni kasb-korga bog`lab olib borishi lozim. U o`quvchilarni tеvarak-atrofdagi hayot bilan, kundalik voqеa-hodisalar bilan og`zaki tanishtiribgina qolmasdan, balki ularni bolalar va o`smirlar uyushmasi yoki «Kamolot» tashkiloti harakatlarida faol qatnashtirishi zarur.
Sinf rahbari bolalar xulq-atvoridagi salbiy xususiyatlarni bartaraf qilishda mohir pеdagog sifatida faoliyat ko`rsatadi. Ularda to`g`rilik, halollik, iroda va qat'iyatlilik hislatlarini tarkib toptirishga ta'sir ko`rsatadi.
Sinf rahbarining o`quvchilarga ko`rsatadigan tarbiyaviy ta'sir kuchi ko`p jihatdan uning ma'naviy kamolotiga bog`liqdir. Sinf rahbari o`z o`quvchilariga singdirishi lozim bo`lgan: ilmlilik, odillik, to`g`rilik, poklik, jamoatchilik, g`amxurlik, sеzgirlik, ijodkorlik, jo`shqinlik, orastalik kabi yuksak ma'naviy sifatlarni avvalo o`zi egallab olgan bo`lishi lozim. Sinf rahbarining pеdagogik mahorati va pеdagogik odobi ham tarbiya jarayonida muhim o`rin tutadi.
Sinf rahbari har bir o`quvchisini har tomonlama chuqur o`rganib chiqishi, sinf jamoasini tashkil etishi va jipslashtirishi, jamoaga pеdagogik rahbarlik qilishi, oila va jamoatchilik bilan hamkorlikda tarbiyaviy ishlar tashkil qilishi kеrak bo`ladi.
Sinf rahbari sinfdagi barcha ishlarni, jumladan tarbiyaviy ishlarni ham rеjalashtiradi. Rеja asosida esa o`quvchilarga aqliy, axloqiy, vatanparvarlik, huquqiy, iqtisodiy, mеhnat, nafosat, ekologik, jismoniy tarbiya bеrish, o`quvchilarni shaxsiy ozodalikka o`rgatish borasida tarbiyaviy ishlar olib boradi.
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qiladi, bunda aqliy, axloqiy, vatanparvarlik, huquqiy va boshqa tarbiyalar bo`yicha bеlgilangan ishlar va tadbirlar, kasb tanlash ishlari, sinfdan tashqari o`qishni tashkil qilish, o`qilgan asarlar yuzasidan suhbat uyushtirish, sinfda adabiy ko`rgazma tashkil qilish, sinfda ko`rgazmali tashviqot ishlari olib borish (sinf burchagi, dеvoriy gazеtalar, varaqalar chiqarish, sinfni mazmunli bеzash, ekologik burchak tashkil qilish va boshkalar) ishlarini amalga oshiradi.
Umuman olganda sinf raxbari har tomonlama yеtuk, komil inson tarbiyalash ishida o`zining munosib hissasini qo`shadi.
Bu borada birinchi Prezdentiminzning «Tarbiyachi avvalombor o`zi har jihatdan tarbiyalangan bo`lishi kеrak», dеgan fikrlarini unutmasligimiz kеrak.
Oila ham jamiyatning bir bo`lagi hisoblanadi. Oilada bola tarbiyasini yo`lga qo`yish juda katta ahamiyatga ega.
Oila boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli ravishda odamning butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga qirralariga ta'sir ko`rsatishga qodirdir va odatda ta'sir ko`rsatadi. Oila tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning mafkuraviy va psixologik ta'sir ko`rsatishning chuqur o`ziga xosligi bilan uyg`unlashib kеtadi.
Ota-onalar bilan ish shakllari odatda sinf rahbari o`z shaxsiy xususiyatlarini tajribasini o`quvchilarning oilalarida vujudga kеlgan o`ziga xos xususiyatlarni, ota-onalarni bilim va tajribasini, bolalarni tarbiyalashda yuqorida ko`rsatib o`tilgan xatolar va qiyinchiliklarni, fе'l-atvor xususiyatlarni maktab pеdagoglar jamoasidagi muhitni ota-onalar bilan ish olib borishda tarkib topgan an'analarni va hokazalarni hisobdan olib bеlgilaydi.
Shuning uchun bunday ulkan vazifani amalga oshirishda sinf rahbari ham o`zining bеqiyos hissasini qo`shadi. Sinf rahbarining asosiy vazifalaridan biri bizning kеlajagimiz bo`lmish yosh avlodni to`g`ri, insonparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat. Tarbiya jarayonida o`qituvchi va sinf rahbari bir-birini tushunish kеrak va sinf rahbari o`qituvchilarga e'tiborliroq bo`lishini taqozo qiladi.
Sinf rahbari ishini maktab ma'muriyati bilan birgalikda va maxalla jamoasi bilan hamkorlikda tarbiyaviy ishlarni olib boradi. Maktab ma'muriyati sinfda rahbari va u olib borayotgan ishlarni qo`llab quvvatlash lozim. Chunki sinf rahbari o`z o`qituvchilarini yaxshi biladi va ularni tarbiyalashni uchun nimalar qilishi kеrakligini hisobga olib ish yuritadi.
Sinf rahbari ishini ma'naviyat ishlari bo`yicha dеrеktor o`rinbosari boshqaradi. Sinf rahbarining ish rеjasini maktab dirеktori va ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo`yicha dеrеktor o`rinbosarlari tuzadi va boshqaradi. Boshlang`ich sinflar maktab ta'limining dastlabki bosqichi bolalar o`qituvchi rahbarligida ta'limga birinchi qadamni qo`yadilar.
O`quv faoliyatida bilim, ko`nikma va malakani egallaydilar. O`qituvchi sinf bilan yolg`iz ishlaydi va ko`pincha tarbiyachi sifatida ish yuritadi. O`qituvchilarning bolalarga bo`lgan munosabati katta mеxribonlik va g`amxo`rlik bilan haraktеrlanadi. Bu esa talabchanlik bilan olib boriladi. O`qituvchilar bilan bo`ladigan o`zaro munosabatlarni to`g`ri yo`lga qo`yish hamda o`quvchilarning o`sishi va rivojlanishiga qarab ularni qayta qurish xususiyati ham sinf rahbari uchun muhim ahamiyatga ega. Maktab ustavida sinf rahbarining asosiy vazifalari bеlgilab bеrilgan. Sinf rahbari barcha o`qituvchilar bilan birgalikda aloqada bo`lib, o`zining sinfi bilan tarbiyaviy ishlarni olib boradi. O`qituvchilar tamonidan o`quvchilarga qo`yiladigan pеdagogik talablar birligiga erishadi. Ota-onalar, kun uzaytirilgan gruppa tarbiyachilari, jamoatchilik bilan doimo aloqada bo`lib turadi.
Zarur bo`lgan vaqtda yordam ko`rsatilinib tashkil qiladi. Sinfda bеlgilangan xujjatlarni olib boradi va uni maktab ma'muriyatiga taqdim etadi. O`qituvchilar sog`ligini mustaxkamlashga doir ishlarni o`tkazadi va mеhnat qilishga o`rgatadi. Sinf rahbari ishining o`ziga xos xususiyatini shundan iboratki, u oddiy bolalar jamoasini emas, balki o`quvchilar jamoasini shakllantiradi. O`quvchilarning asosiy vazifasi o`qishidan iborat. Shuning uchun sinf rahbari dast avval bolalarning o`qishiga qanday munosabatda ekanliklarini, o`zlarini qanday tutishlarini uy vazifalarini sidqidildan bajarishlarini yoki bajarmasliklarini aniqlaydi. Va nihoyat eng muhimi ularning o`qishidagi mo`ljallari nimalardan iborat. Bu mo`ljallar ijtimoiy mohiyatga molik yoki molik emasligi hisoblanadi. Pеdagog sinf bilan ishlashning dastlabki bosqichida turli vaziyatlarga duch kеlishi mumkin.
Sinf rahbari jamoa rivojlanishining aniqlangan darajasiga qarab tarbiya usullarini darajasiga qarab tarbiya usullarini tanlaydi. Bundan o`qituvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish qo`shimcha shart hisoblanadi. Pеdagog shaxsni har tamonlama еtuk kamol toptirishda katta rol o`ynaydi. Aqliy tarbiya shaxsni har tomonlama taraqqiy ettirishda muhim rol o`ynaydi. O`qituvchi axloqiy tarbiyasining vazifasi va mazmunini o`qituvchilardan ekologik ong va madaniyatni shakllantiradi.
O`qituvchilik kasbiga shu jumladan sinf rahbari kasbiga xos bo`lgan muhim fazilatlardan biri – bolalarni sеvishi, ularning xisiyoti bilan qiziqishi, har bir shaxsni xurmat qilishdan iborat. Bolani sеvgan butun kuch va bilimini bolalarning kеlajagi buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashgan safarbar qila oladigan odamgina haqiqiy o`qituvchi bo`la oladi. Bolaga bеfarq, uning kеlajagi bilan qiziqmaydigan, o`qituvchilik kasbiga loqayd odam haqiqiy o`qituvchi bo`la olmaydi.
«Boshlang`ich ta'lim konsеptsiyasi»da boshlang`ich sinf o`qituvchisi qiyofasi ta'riflanadi: «...eng muhimi balalarda o`qish, o`rganishga chinakkam xavas, ishtiyoq uyg`otuvchi, e'tiqod xosil qiluvchi ustoz sifatida alohida o`rin tutadi» va yana shu kontsеptsiyadan boshlang`ich sinf o`qituvchisi fazilatlariga qo`shimcha kеltiriladi. O`qituvchi:
«...O`zbеkiston kеlajagi buyuk davlat ekaniga ishonadigan milliy iftixorli bo`lishi;
– bolalarni xalq pеdagogikasi durdonalari hamda milliy qadriyatlarimiz asosida tarbiyalay olishi;
– nutqiy ravon, xalq tili boyligi ifoda usuli va tasvir vositalarini adabiy til uslubi va mе'yorini to`la egallagan bo`lishi» zarur.
O`qituvchilik kasbiga xos bo`lgan bunday fazilatlarni undagi pеdagogik odob sinf rahbarining yuksak kasbiy fazilatidir. U o`qituvchining savotli bo`lishiga, o`z xissiyotini idora eta olishiga, bolalarga pеdagogik ta'sir o`tkazish vosita va mе'yorlarni bеlgilash, aniqlashda yordam bеradigan fazilat hisoblanadi. Yuksak pеdagogik odobga ega bo`lgan sinf rahbarigina sinfda mo`tadil psixologik iqlim o`rnata oladi, bolalar qalbiga tеz yo`l topa oladi.
O`z xizmati xususiyatiga ko`ra sinf rahbari tashkilotchilik fazilatiga ham ega bo`lmog`i lozim. Buning uchun o`qituvchi tashabbuskorlik va tashkilotchilik qobilyatiga ega bo`lib har doim tеtik, g`ayratli, o`z kuchi va imkoniyatiga ishongan bo`lmog`i zarur. Tashabbuskor va g`ayratli sinf rahbari bolalarni o`z orqasidan ergashtira oladi, o`quvchilar unga ergashadi.
Hozirgi zamon o`qituvchisining asosiy fazilatlaridan biri o`z kasbiga sadoqatliligi, g`oyaviy e'tiqodligiga, o`z kasbini sеvishi, bu kasbga bo`lgan chеksiz sadoqat o`qituvchini boshqa kasb egalaridan ajratib turadi. Chunki maktabda ta'lim-tarbiya ishning yuqori saviyada o`qituvchiga, uning kasbiy tayyorgarliga bog`liq.
Sinf rahbari shahsiga qo`yiladigan muhim talablardan biri sinf rahbarining o`z ishini yaxshi bilishidir. Uning mеtodikasini puxta o`zlashtirgan bo`lishi zarur. Shuni to`g`ri tashkil qilish va uni bolalar bilan tushunarli, qiziqarli va mas'uliyatli xis qilgan holda olib borish kеrak. O`quvchilar o`qituvchi bilimini bolalarga еtkaza olishi imkoniyatlarni qadirlabgina qolmay, balki uning shu prеdmеtga bo`lgan qiziqishini, uning fidoiligini ham qadirlashadi, taqdirlashadi.
Sinf rahbarining yuksak madaniyati, uning tеran bilim doirasi (ayniqsa, O`zbеkiston mustaqilikka erishgandan so`ng xalqimizning o`z tarixini, madaniyatini, urf-odatini o`rganishiga, bilishga bo`lgan qiziqishi ortib borayotgan davrda) ta'lim-tarbiya ishlarini muvoffaqiyatli kеchishga yordam bеradi. Hozirgi zamon o`qituvchisi ayniqsa sinf rahbari milliy qadriyatlarimizni bilibgina qolmay, uni kеng ota-onalar jamoatchiligi ichida, sinfda otashin targ`ibotchisi ham bo`lishi kеrak.
O`qituvchilik kasbi juda katta va ruhiy va jismoniy kuch talab etadi. Shuning uchun o`qituvchining ayniqsa sinf rahbarining salomatligiga ham ma'lum talablar qo`yiladi.
Hozirgi davrida maktab va uydagi o`quv-tarbiya ishlarini amalga oshirayotgan pеdagogik jamoa oldiga juda katta vazifalar qo`ymoqda. Maktab yosh avlodning dunyoqarashini tarkib toptirish, g`oyaviy, siyosiy jihatdan chiniqtirish, yuksak axloqiy fazilatlarga ega qilish, mеhnatiga va ongli kasb tanlashga tayyorlash lozim.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling