Kurs ishi Toshkent amaliy fanlar universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida bajarilgan


Download 250 Kb.
bet17/19
Sana03.06.2024
Hajmi250 Kb.
#1841761
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
nozigul

XULOSA


  1. Graduonimiya butun borliqdagi tushunchalarni kamayish yoki ko‘payish nuqtalari asosida darajalab tasniflash va tartibga solish nazariyasi, shu haqdagi soha. Tilshunoslikda graduonimiya darajalanayotgan so‘zlarni bir-biridan qaysidir xususiyatiga ko‘ra oʻrganish vositasi.

  2. Real borliqdagi darajalanish munosabatining leksikada aks etishi masalasi azaldan tilshunos olimlarning eʼtiborini o‘ziga qaratib kelgan hodisaligi barchamizga ayon. Tilshunosligimizda bugungi kunda akademik A.Hojiyev tomonidan ta’kidlanganidek, absolyut/mutlaq sinonimlar – ma’nosi, qo‘shimcha ottenkasi kabi jihatlari bir-biriga to‘la teng keluvchi so‘zlardir. Sinonimlar tilda juda sanoqli bo‘lib, asosan, terminlarda uchrashi qayd qilinadi. Graduonimiya-darajalanish aynan shunga mos keladi.

  3. O‘zbek tilshunosligida graduonimiya hodisasiga bag‘ishlangan tadqiqotlar, asosan, XX asrning 80-90-yillariga to‘g‘ri keladi. XX asrning 80-yillarida graduonimiyaning leksik graduonimiya, fonetik graduonimiya, morfologik graduonimiya, sintaktik graduonimiya kabi ma’nodoshlikning to‘rt turi alohida ajratilib tadqiq qilina boshlandi. O‘zbek tilshunosligiga struktur tahlilning kirib kelishi graduonimlarni o‘rganishning takomillashuviga sabab bo‘ldi. XX asrning 90-yillaridan boshlab graduonimlarni paradigma sifatida o‘rganish va boshqa paradigmalar bilan munosabatlariga oydinlik kiritish masalalariga e’tibor berildi.

  4. Tilning leksik - semantik munosabatlar sistemasining har biri o‘zaro bir-biri bilan yaqin aloqadorlikda bo‘ladi. Har bir tizimda darajalanish nuqtalari bor, ular o‘zaro hamkorlikda rivojlanadi. Graduonimiya boshqa leksik-semantik munosabatdosh birliklar bilan o‘zaro umumiy kesishuvchi nuqtalarga ega ekanligini o‘zbek tilshunosligida shakllangan graduonimik qonuniyat yutuqlari bugungi kunda sinonimik qatorlarni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etayotganligidan bilish mumkin.

  5. Graduonimiya hodisasi so‘z turkumlarining barchasi uchun umumiy xarakter kasb etadi. Chunki barcha turkumlarda graduonimiya hodisasi faol qo‘llanilib yuzaga chiqishi mumkin.

6. Darajalanish so‘z turkumlari orasida sifat so‘z turkumida yetakchi ma’no belgi-xususiyat kuchli bo‘lganligi uchun ularda darajalanish yuqori bo‘lishi asoslantirildi va fe’l so‘z turkumida belgi yoki holatni harakatda


ifodalaganligi uchun ularda sifat so‘z turkumiga nisbatan graduonimik qatorlar turlicha ekanligi kuzatildi.
7. O‘zbek tilida hozirgacha yaratilgan lingvistik lug‘atlarda graduonimiya hodisasi batafsil izohlanmagan. Lug‘atlarimizda graduonimiyaga yaqinroq bo‘lgan daraja, gradatsiya, gradual oppozitsiya, daraja kategoriyasi, darajali oppozitsiya, daraja shakli kabi birliklarning berilishi kuzatiladi. “O‘zbek tili izohli lug‘ati”da darajalanuvchi so‘zlar izohi berilishida darajalanish qatori, darajalanuvchi qator ekanligini bildiruvchi maxsus pometalar berilmaganligi kabi muayyan xatoliklar mavjud.
8. Ayni vaqtdagi izohli lug‘atlar lingvistik korpusda til birlik(graduonim)larini teglash uchun baza vazifasini bajaradi. O‘zbek tilining mavjud graduonimik o‘quv lug‘ati hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun xarakterli bo‘lgan graduonimik qatorlarni o‘z ichiga olgan, ammo barcha graduonimik qatorlarni qamrab olmagan. Til korpuslarida esa barcha graduonimik qatorlarni ham qamrab olishi lozim. Graduonimlarni teglashda mavjud graduonimik o‘quv lug‘ati to‘la ma’noda manba bo‘lolmaydi, ammo hozircha undan boshqa lug‘atga tayana olmaymiz.

Download 250 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling