Kurs ishi Toshkent amaliy fanlar universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida bajarilgan
II BOB. O‘ZBEK TILIDAGI FE’LLARNING MA’NOVIY GRADUONIMIYASI
Download 250 Kb.
|
nozigul
II BOB. O‘ZBEK TILIDAGI FE’LLARNING MA’NOVIY GRADUONIMIYASI2.1. So‘z turkumlarida graduonimiya hodisasining qo‘llanishi“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darslik va o‘quv qo‘llanmalarida so‘z turkumlarini tasniflash murakkab jarayon ekanligi haqida qimmatli fikrlar beriladi. Darhaqiqat, so‘z turkumi tasnifi masalasi bugungi kunda ham chigal va jumboqli ekanligi barchamizga ayon. “So‘z turkumlarida leksika va grammatika, lison va nutq, til va borliq munosabatlari shunday qorishadiki, bu murakkab holat ularning tasnifida ham o‘ziga xos murakkabliklarni yuzaga keltiradi. So‘z leksika uchun ham, grammatika uchun ham asosiy va zaruriy birlik. Modomiki, so‘z turkumlari o‘zida u yoki bu belgisiga ko‘ra ajratilgan so‘z guruhlari ekan, guruhga ajratishga doir muammolarni leksika, morfologiya va sintaksis bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar o‘zlaricha hal etadi. Bundagi ilmiy bahslar, avvalo, turkumlarga ajratish mezonlari, ajratiluvchi guruhlar soni va ularning tarkibi masalasi. Boshqacha aytganda, tilshunosligimizda asosiy e’tibor so‘z turkumlari tasnifiga qaratilib, boshqa bir muhim masala – so‘z turkumlarining o‘zaro munosabati, ularning kesishuv nuqtalari, yaqinlashuvi va uzoqlashuvi ko‘pincha nazardan chetda qoladi. “So‘z turkumi soni va tarkibini aniqlashda dunyo tilshunosligida bo‘lgani kabi, o‘zbek tilshunosligida ham, so‘zlarning semantik, morfologik va sintaktik xususiyatini inobatga olish keng tarqalgan. Biroq amaliyotda so‘z turkumlarini ajratishda, asosan, ularning semantik xossasiga tayanish urf bo‘lgan. Ayrim tilshunoslar tomonidan tasnifda ma’noviy belgi bosh va yagona asos sifatida qaraladi. Ba’zilar esa mezon sifatida mazkur uch belgini tan olgani holda so‘zlarni ma’noviy va sintaktik belgilari asosidagina guruhlashadi. So‘z turkumlarining bir-biriga o‘tishi, leksik va leksik-grammatik omonimiya masalasi esa bunda har xil qarama-qarshilik va ikkilanishlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.”125 Graduonimiya bo‘yicha tadqiqot olib borgan tilshunos olima Sh.Orifjonova o‘zbek tilida lug‘aviy graduonimiyaning tadqiqiga oid izlanishida so‘z turkumlarida darajalanish to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berib, har bir so‘z turkumida graduonimik qatorlarga misollar keltirib o‘tadi. Masalan, otlar predmetni ifodalab kelganligi uchun ularda graduonimik qatorlarni ko‘plab tuzish mumkin, deb hisoblaydi. O‘zbek tilidagi konkret, abstrakt otlardan darajalanish qatorlari tuziladi, numerativ so‘zlarda graduonimik munosabatlar esa yaqqol namoyon bo‘ladi: Kapa - chayla - kulba - hujra - хоna - uy- hоvli - qasr - sarоy - kоshоna - kushk. Tilshunos olima Sh.Orifjonova sifatlarda yetakchi ma’no belgi-xususiyat bo‘lganligi uchun ularda darajalanish yuqori bo‘lishligini va fe’llar belgi yoki holatni harakatda ifodalaganligi uchun ulardagi graduonimik qatorlar turlicha ekanligi haqida alohida to‘xtalib o‘tadi.126 Shuningdek, ot so‘z turkumiga mansub birliklararo ham graduonimik qatorlar ko‘p kuzatiladi. Buning sababi esa ularning predmetni ifodalab kelishi bilan bog‘liq. Predmet esa ma'lum bir mavzuviy maydon sifatida yuzaga chiqadi va otlarda belgi ma'nosi ulardagi ma'no tuzilishining muhim tarkibiy qismi ekanligi barchaga ma’lum. Shuning uchun o‘zbek tilida ko‘pchilik aniq otlar va mavhum otlar graduonimik qatorlarni tashkil etadi. Xususan, uyadoshlik munosabatidagi hisob so‘zlari guruhida ham graduonimik qatorlar hosil qilinishi ko‘p kuzatiladi: Millimetr— santimetr—detsemetr—metr—kilometr127 Bir - ikki - uch - to`rt - bеsh - оlti - yetti……. (miqdоrning оshib bоrishiga ko`ra)128 Bizningcha, bu qatorning darajalanish belgisini “miqdorning ortiq-kamligiga ko‘ra” tarzida berilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yuqoridagi har-ikki holatda ham darajalanish hodisasi miqdoriy ko‘rsatkichlarning ortib borishiga ko‘ra namoyon bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. Ot so‘z turkumidagi darajalanish hodisasi haqida tilshunos olima M.Hakimova fikr bildirib darajalanishning ijobiy yoki salbiy ma’no anglatishga ko‘ra turlari haqida ma’lumot beradi: ijobiy - salbiyligiga ko‘ra: Turq–bashara–aft–bet–yuz–chehra – husn – jamol – diydor - oraz -4 -3 -2 -1 0 +1 +2 +3 +4 +5129 Ushbu yuqoridagi qatorning tuzilishiga qo‘shilgan holda tilshunos A.Eshmuminov ishlatilish miqdoriga ko‘ra quyidagicha darajalab chiqadi: yuz-bet-aft-chehra-bashara-turq130 Ushbu so‘z turkumidagi darajalanish hodisasining yuzaga kelishi juda ko‘plab misollar bilan “O`zbek tilining so`zlar darajalanishi o`quv lug`ati”da batafsil izohlangan: (yosh хususiyatiga ko`ra) Qulun - tоychоq - tоy - g`unan - dunan - tulan –bеshak; (yoshiga ko`ra) Qo`zichоq - qo`zi - shirvоz - to`хli - qo`y131. Yuqoridagi misollarga qaraydigan bo‘lsak, ushbu qatorlarda darajalanish hodisasi yosh xususiyatiga ko‘ra, ya’ni yoshning o‘sib borishiga dinamikasiga ko‘ra namoyon bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Yana shunday holatni quyidagi misollarda ham ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi: Bakalavr-magistr-aspirant- dоktоrant (mutaхassislik salоhiyatining оshib bоrishiga ko`ra) Bоbо-оta- bоla- nabira-chеvara-evara-duvara (qarindоshlikning davоmiyligiga ko`ra)132 Ushbu holatlarda darajalanish paradigmalari “mutaхassislik salоhiyatining оshib bоrishi” va “avlodlar o‘rtasidagi uzoq-yaqinlik darajasiga ko‘ra” yuzaga chiqqanligini kuzatish mumkin bo‘ladi. Shunigdek, ushbu turkumda anemonim (tabiiy ofatlar, jumladan, bo'ronlar, siklonlar, tayfunlar nomlarini o’rganuvchi tilshunoslik sohasi133) birliklar asosida ham graduonimik munosabatlar ko‘zga tashlanishini ko‘rishimiz mumkin: yomg‘ir→ jala →sel leksemalari tomchi asosidagi darajalangan bo‘lsa, shabada →shamol → bo‘ron →dovul leksemalari harakatni ifodalashiga ko‘ra darajalangan134 Sifat so‘z turkumida ham graduonimik paradigmalarni juda ko‘plab o‘rinlarda uchraydi. Misol qilib rang-tus sifatlarini ko‘rsatishimiz mumkin: gulobi – pushti – qizg‘ish – qizil – ol – qirmizi. Ushbu darajalanish qatorini bir sistema sifatida tahlil qilsak, “quyidagi tavsiflarga ega bo‘ladi: 1. Gulobi – gulob rangli, oqdan qizillikka, pushtiga moyil bo‘yoqli rang. 2. Pushti – shaftoli guli rangidagi, och qizil, gulobidan to‘qroq. 3. Qizg‘ish – pushtidan to‘qroq, qizildan ochroq, qizg‘imtir rang. 4. Qizil – qon rang. 5. Ol – qizildan to‘qroq rang. 6. Qirmizi – to‘q qizil rang. Bu leksemalar dennotativ ma’nolaridagi rangning miqdoriy semasi asosida quyidagicha darajalanadi:”135 «qizillik» - 3 -2 -1 0 1 2 gulobi pushti qizg‘ish qizil ol qirmizi So‘z turkumlari ichida sifat so‘z turkumi belgini bildirib keladi. Belgi bildiruvchi paradigma a'zolari o‘rtasida boshqa so‘z turkumlariga nisbatan graduonimiya hodisasi juda keng namoyon bo‘ladi136. Akademik A.Hojiyevning “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati”da quyidagicha berilgan misolni ko‘rishimiz mumkin: Xunuk, badbashara, badburush, badqovoq, tasqara, bedavo, ta'viya, beo‘xshov, beso‘naqay, sovuq, badsurat, nadomat137 kabi sifat so‘z turkumiga oid darajalanish qatori berilgan. Хunuk - badbashara - badburush - badqоvоq - tasqara - bеdavо - ta`viya - bеo`хshоv - bеso`naqay - badsurat - nadоmat (salbiylik bo`yog`ining оrtib bоrishiga ko‘ra).138 Tilshunos olimlar Sh.Bobojonov va I.Islomovlar “O‘zbek tilining so‘zlar darajalanishi o‘quv lug‘ati”da ushbu darajalanish qatorini keltirib o‘tgan holda darajalanish hodisasi salbiylik bo`yog`ining оrtib bоrishiga ko`ra namoyon bo‘lganligini qayd qilishadi. Xuddi shuningdek, sifat so‘z turkumiga mansub ushbu lug‘atdagi boshqa qatorning tahliliga qaraydigan bo‘lsak: Хasis - baхil - qurumsоq - ziqna - qоqvоsh - mumsik (bo`yoqdоrlik bеlgisining оrtiq-kamligiga ko`ra).139 Ushbu holatda darajalanishning yuzaga kelishi bo‘yoqdоrlik bеlgisining оrtiq-kamligiga ko`ra tamoyili asosida yuzaga kelganligini ko‘rish mumkin. Download 250 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling