3.3.Boshqarish funksiyalari ahamiyati.
Boshqarish funksiyasi boshqaruv apparatining izchil xatti-harakatidir.
U har qanday ish faoliyatining xilma-xil turlaridan tashkil topadi. Boshqarish funksiyalari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
* firmani barcha resurslarini aniqlash va real imkoniyatlarini hisob-kitob qilish;
* personalning optimal maqsadlarini (strategik, taktik) belgilash;
* ularning muayyan davr mobaynidagi faoliyatini rejalashtirish;
* qabul qilingan rejani amalga oshirish sohasidagi ishlarni tashkil qilish;
* rejani bajarish jarayonida mutaxassislar faoliyatini nazorat qilish;
* rejani muddatida, sifatli va to’liq bajarishni ta’minlash maqsadida ular faoliyatiga o’zgartirish kiritish va yo’l-yo’riq ko’rsatish.
Shunday qilib, menejment boshqaruv tizimi faoliyatidagi ish jarayonida o’z imkoniyatini namoyon etadi. U mehnat jarayonining barcha jihatlarini qamrab oladi. Menejment jarayoni tashkilot oldiga qo’yilgan maqsadga erishish uchun rahbar bilan xodimlar birgalikdagi xatti-harakatlari yig’indisidir. Menejment jarayoni operasiyalar, ularni amalga oshirish bosqichlari, vosita va usullari bilan xarakterlanadi. Boshqaruv davrining izchil o’zgarib turuvchi bosqichlariga muvofiq holda operasiyalar, rahbarning xatti-harakati boshqarish funksiyasini o’zida namoyon etadi. Bu funksiyalar quyidagilar:
- rejalashtirish;
- tashkil etish;
- motivlashtirish;
- nazorat.
Do'stlaringiz bilan baham: |