Usul — bu tadqiqot qilish yoki ta’sir ko’rsatish usulidir.
Tadqiqot qilish nuqtai nazaridan uslub deganda menejmentini o’rganish jarayonida qo’llaniladigan usullar tushuniladi, ya’ni:
* sistema (tizim)li yondashuv;
* kompleks yondashuv;
* tarkibiy yondashuv;
* integratsion yondashuv;
* modellashtirish;
* iqtisodiy matematik yondashuv;
* kuzatish;
* eksperiment
* ijtimoiy kuzatuv kabi tahlilning ilmiy usullari tushuniladi.
Ta’sir ko’rsatish nuqtai nazardan uslub deganda, menejment funksiyalarini amalga oshirish uchun boshqaruv obyektiga ta‘sir o’tkazish usullari tushuniladi. Bunday usullarga quyidagilar kiradi:
* funksional tizimosti obyektlarini boshqarish usuli;
* menejment funksiyalarini bajarish usullari;
* menejment qarorlarini qabul qilish usullari .
Har xil yondashuvlar, yo’llar yordamida amalga oshiriladigan turli-tuman boshqaruv ishlarining majmui — menejmentnin aniq va o’ziga xos usullari, deb yuritiladi.
Shunday qilib, menejment usullari — boshqarish maqsadlariga erishish usullar yig’indisidir.
Boshqarish usullari ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish jarayonidagi mavjud munosabatlardan obyektiv tarzda kelib chiqadi. Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |