Kurs ishiga berilgan vazifa
Download 198.61 Kb.
|
Nuriddin Menejment Fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chester Bernaru
Meri Parker Follet (1868-1933) tashkilotda real maqsadlarni qo’yish jarayonining to’qnashuv (nizo)larga ta’siri muammolari bilan qiziqdi.
Meri Follet g’oyalari ilmiy menejment tamoyillaridan keskin farq qilib, tashkilotning keskin muhitida ish olib boradigan menejerlar uchun g’oyat dolzarb edi, chunki uning yetakchilik konsepsiyasida e’tibor texnik jarayonlarga emas, balki odamlarga qaratilgan edi. Bugungi kunda ham g’oyat zamonaviy bo’lgan “O’z rejalaringiz ketidan quvmang” shiori Meri Folletga tegishlidir. Meri Follet menejerlar va tashkilotlarning o’zaro munosabatlari dinamikasini tahlil qilgan edi. U 1990 yillarda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan savollarga javob izlaydi. Bular – axloq, hokimiyat, liderlik, o’z qo’l ostidagi xodimlarning ish unumini oshirish, unga hokimiyat berish, qattiq nazorat qilish o’rniga xodimlarga ko’proq yordam berish, hokimiyat vakolatlariga bog’liq bo’lmagan holda xodimlarning huquqlari, vaziyatga qarab ishlash konsepsiyalari nazariy tadqiqotlarda yangi davrni ochib berdi. Uning ishini Chester Bernaru va boshqa tadqiqotchilar davom ettirdilar. Chester Bernaru (1896-1961) ning eng muhim yutuqlaridan biri, norasmiy tashkilot konsepsiyasidir. Har qanday tashkilot ichida norasmiy tashkilot mavjud bo’ladi, uni tabiiy tarzda shakllangan, uyushgan ijtimoiy guruhlar tashkil etadi. Olimning fikricha, tashkilotni qandaydir bir jonsiz mexanizm deb qaramaslik lozim. Norasmiy munosabatlar o’ziga xos qudratli kuch bo’lib, menejment undan tashkilot samaradorligini oshirish maqsadlarida foydalanishi mumkin. Chester Bernaruning menejment nazariyasiga qo’shgan yana bir ulkan hissasi – hokimiyatni tan olish nazariyasi hisoblanadi. Bu nazariya iroda erkinligiga ega bo’lgan shaxslar o’zlarining boshqaruv buyruqlariga amal qilish yoki qilmasliklarini hal qilish huquqiga egadir, deb hisoblaydi. Odatda, kishilar buyruqlarga bo’ysunadilar, chunki bu ularning o’zlariga naf keltiradi, lekin ular boshqa yo’lning borligini ham unutmasliklari kerak. Menejerlar o’z xodimlari bilan munosib tarzda muomalada bo’lishlari shart, chunki xodimlarning hokimiyatni tan olish eng ma’suliyatli vaziyatlarda tashkilot yutuqlarining qaltis omili bo’lib qolishi mumkin. Umuman olganda, menejmentning mumtoz yo’nalishlari ustunligi davri fikrlarga boyligi bilan ajralib turadi. Boshqarishda tezda fundamental bo’lib qolgan yangi tushunchalar paydo bo’ldi, tashkilotlarning ish unumdorligi ortdi, menejment va ishchilar o’rtasidagi munosabatlar yaxshilandi. Mumtoz menejmentning ko’pgina g’oyalari Amerika tuprog’ida paydo bo’ldi va boshqa ko’p mamlakatlarda birinchi navbatda, Yaponiyada tarqaldi. Download 198.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling