Boshqaruv asoslarining shakllanishi
Jamiyatning ijtimoiy – amaliy vazifalar jihatdan bo’linishi
|
Iqtisodiy, harbiy va diniy omillarga asoslangan diniy
boshqaruvning ajralib chiqishi
|
Boshqaruvning dastlabki ijtimoiy foydali faoliyatdan
kasbiy boshqaruvchilikka aylanishi
|
Boshqaruvchi lavozimini bajaruvchi shaxslarni moddiy
rag’batlantirish
|
Hokimiyatni huquqiy jihatdan rasmiylashtirish Davlatning
turli vazifalarini huquqiy tartibga solish
|
1-chizma Boshqaruv asoslarining shakillanishi
Qadimgi boshqaruv tizimi funksiyalari
Iqtisodiy funksiyalar tizimida ishlab chiqarish, ijtimoiy mehnat taqsimoti muhim o’rin tutgan, jumladan, dehqonchilik ishlarini, ishlab chiqarishni tashkil etish, jamoa xo’jaliklarida yer-suvni taqsimlash, qurilish va sug’orish – irrigasiya ishlarini tashkil etish, qishloq xo’jalik va hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash, savdo – sotiq aloqalari muhim hisoblangan. Ishlab chiqarishning turli bosqichlarida rejalashtirish, tashkil qilish, tartibga solish va nazorat qilish kabi vazifalar paydo bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |