Kurs ishiga berilgan vazifa
Menejment fanining maqsad va vazifalari, obyekti va metodi
Download 198.61 Kb.
|
Nuriddin Menejment Fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Menejment fanining maqsad va vazifalari, obyekti va metodi
Menejment fanining maqsad va vazifalari, obyekti va metodi
Menejmentning shakllanish tarixi. Tarixiy maktablar va ularning menejmentga ko’rsatadigan ta’siri. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. 1.Menejment fanining maqsad va vazifalari, obyekti va metodi O’zbekistonning har tomonlama rivojlanishi, uning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvi zamonaviy bilimlarni puxta egallagan boshqaruv mutaxassislarini tayyorlashni zaruratga aylantirmoqda. Bugungi kunda malakali menejerlar – sifat jihatidan yangi boshqaruv namoyondalari bu sohada ko’p masalalarni hal etmoqda. Yangilikka intilish menejerlik kasbining mazmun – mohiyatini tashkil qiladi. Shu bois menejmentni boshqarish fani sifatida chuqur va har tomonlama o’rganish, bu sohada xorij tajribasini tanqidiy tahlil etish va undan ijobiy foydalanish bozor munosabatlariga o’tish davrida muhim o’rin tutadi. Bu fan bo’lg’usi mutaxassisga oqilona ishlab chiqarishning boshqaruv strategiyasini topish, boshqarishdagi ziddiyatlarni chetlab o’tish, sheriklar bilan hamkorlikka erishish masalalarida ham nazariy, ham amaliy bilim beradi. Ma’lumki, mustaqil O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirishi bu sohada ham kadrlar tayyorlash vazifasini yangicha tarzda dolzarb qilib qo’ydi. Mutaxassislarning O’zbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro maydonda muvaffaqiyatli himoya etishi ularning nazariy va amaliy tayyorgarligiga bog’liq. Menejment fani boshqaruvning ilg’or xorijiy tajribasini, chet elliklar bilan samarali hamkorlik usullarini o’rgatishga ixtisoslashgani bilan diqqatga sazovordir.
* boshqaruv hokimiyati va san’ati; * resurslarni boshqarish bo’yicha alohida mohirlik va ma’muriy ko’nikmalar tushuniladi. Boshqacha so’z bilan aytganda, menejment — bu boshqaruv, ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko’paytirish jarayonidir. Shu nuqtai nazardan boshqaruv — bu o’ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir. Bugungi kunda menejment va boshqaruv to’g’risida quyidagi umum qabul qilingan fikrlar mavjud:
Har qanday faoliyatning ijobiy natija berishi, eng avvalo, tanlovni to’g’ri bajara olishga, ma’qul va ishonchli qarorni qabul qila olishga hamda bu qarorning bajarilishini nazorat qila olishga bog’liq. Masalan, yuqori foyda olish quyidagi uchta jihat bo’yicha to’g’ri tanlovni va ishchan qaror qabul qilinishini va uning bajarilishini nazorat qilishni talab qiladi. Boshqarish san’ati va mahorati, ya’ni menejment, shundagina namoyon bo’lishi, pirovardida esa yuqori foyda olishga erishilishi mumkin. Shunday qilib, sodda qilib aytganda: boshqaruv — bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir. 4
Menejment fanining maqsadi - iqtisodiy munosabatlarni modernizatsiyalash sharoitida menejment nazariy asoslarini keng o’rganish asosida ularning yetuk va yuqori malakali mutaxassis bo’lishlarini hamda olingan bilimlari asosida o’qish va ilmiy izlanishlarini davom ettirishlarini ta’minlashdir shuningdek, menejment asosiy elementlari va iqtisodiy negizlarini asoslash hamda boshqaruvning ilg’or xorijiy tajribasini, chet elliklar bilan samarali hamkorlik usullarini o’rgatishdan hamda bozor munosabatlari sharoitida barcha bo’g’inlarda samarali ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Download 198.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling