2. Quyida keltirilgan ma’lumotlarni o’rganing va fikringizni
bildiring, o’z xulosangizni shakllantiring.
3.
Qimmatli qog’ozlar qiymati va narxining o’ziga xos
xususiyatlari Quyidagi chizmani to’ldiring.
Qimmatli qog‘ozlar qiymati tushunchasi ularning yuridik jihatdan o‘ziga
xos xususiyatlari va iqtisodiy mohiyati bilan chambarchas bog‘langan.
Qimmatli qog‘ozlar qiymati, odatda, ularning narxidan farqlanadi, chunki
qiymat professional baholovchi, xaridor, sotuvchi,
potentsial
investor,
vositachi yoki emitentning
muayyan fikrini ifodalaydi, narx esa tuzilgan
bitim shartlarini o‘zida aks ettiradi. Qimmatli qog‘ozlar qiymati
hisoblanadi, narxi esa to‘lanadi.
Hozirda qiymat va narxning mazmunini ochib beruvchi kuyidagi nazariy
yondashuvlar mavjud:
* mumtoz (klassik) yondashuvga (A.Smit, D.Rikardo) asosan qiymat va
narx - tovar (mulk)ning pulda ifodalangan baxosi;
* neoklassik yondashuvga asosan qiymat va narx - tovarning foydaliligini
baxolovchi vosita;
* zamonaviy neoklassik yondashuvga asosan (A.Marshapl) narx - ishlab
chikarish xarajatlarining pulda ifodalangan chegaraviy foydaliligi xamda talab
va taklif nisbati;
* qiymatni baxolash nazariyasiga kura, qiymat narx emas, baxo esa ular
tugrisidagi sifatiy va mikdoriy xulosa. Chunki qiymat ekspertlar baxosi, narx
bozor kon’yunkturasi natijasi. Zero qiymat va narx uzaro transformatsiyalanish
xususiyatiga ega bulib, ular ideal xolda teng bulishi mumkin. Odatda bu xol
kamdan-kam uchraydi, uchrasa xam, ular muvozanati omillarning
uzgaruvchan ta’sirida tezda buziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |