5. Investitsiya loyihasining texnik tahlili nimalarning bajarilishini
ta’minlashi lozim? Quyidagi chizmani to’ldiring.
Investitsiya loyihalari texnik tahlilining vazifasi - bu loyiha maqsadiga mos
loyiha texnologiyasini aniqlash, uning loyihadan foydalanuvchilar guruhiga ta’siri,
mahalliy sharoitlar, shu jumladan, kapitalga egalik qilish imkoni va uning qiymati,
xom ashyo, ishchi kuchi, bozor ko’lami hamda loyihani rejalashtirish
imkoniyatlaridan iborat va u loyiha bo’yicha paydo bo’ladigan texnik
muammolarni hal etishga qaratilgan.
Texnologiyani baholashning asosiy vazifalari - turli texnologiyalarning
jamiyatga va milliy iqtisodiyotga (xarajat va foydalar tahlili, bandlik va
daromadlar ta’siri, inson ehtiyojlarini qondirish va boshqalar), atrof-muhitga
(ekologik ta’sirni baholash) ta’sirini aniqlash va baholash, korxona nuqtai
nazaridan texnik-iqtisodiy amalga oshirishni aniqlash hisoblanadi.
Investitsiya loyihalarini texnik tahlil qilishning vazifasi bo’lib loyiha
maqsadi nuqtai nazaridan eng qulay bo’lgan texnologiyalarni, loyihadan manfaat
ko’rishi mumkin bo’lgan aholi kontingentini, mahalliy sharoitlarni, kapital,
xomashyo va ishchi kuchidan foydalanish imkoniyatlarini va ular bahosini, bozor
hajmini, shuningdek loyihani rejalashtirish hamda amalga oshirishning mavjud va
potentsial imkoniyatlarini aniqlash hisoblanadi.
Investitsiya loyihasining texnik tahlili
quyidagilarning bajarilishini ta’minlashi lozim
loyihani rejalashtirish va amalga oshirish
imkoniyatlarining mavjudligini tekshirish
36
6. Investitsiya loyihalarini texnik tahlil qilishda nimalarni ko’rib
chiqish va belgilash kerak bo’ladi? Quyidagi chizmani to’ldiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |