3. Quyidagi keys stadi topshirig’ini bajaring.
KEYS
«Mishka» MChJ: Korxona foydada qolish uchun, ishlab
chiqarish hajmi miqdorini topish maqsadida “zararsizlik nuqtasini”
aniqlash (lavha)
Kirish
- Investitsion loyihaning “Zararsizlik nuqtasi”ni aniqlash usuli
yordamida mahsulot sotishdan kelgan tushum uni ishlab chiqarish
harajatlariga teng bo’lgan holdagi sotish hajmi aniqlanadi. Agar sotish
hajmi bu nuqtadan past bo’lsa, korxona zararlarni qoplashi mumkin,
agar pul kirimi harajatlarga teng bo’lsa, korxona ishini zararsiz olib
borayotgan bo’ladi. “Zararsizlik nuqtasi” tahlili investitsiya loyihasi
quvvati yoki ishlab chiqarish hajmi mikdorini topish maqsadida
qo’llaniladi. Agar ishlab chiqarish hajmi past bo’lsa, korxona zararga
ishlayotgan bo’ladi. Bunday tahlil loyihani baholashda turli narh va
qiymatni hisobga olish bilan bir qatorda zararsizlik darajasini
hisoblashga imkon beradi. Shu munosabat bilan, korxona “Zararsizlik
nuqtasi”ni aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu keysning
maqsadi investitsiya loyihalari risklarini aniqlash, tahlil qilish va
baholash, risklarni pasaytirish bo’yicha ishlarni rejalashtirish yoki risk
oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha malakalarini rivojlantirish.
Vaziyat: Korxonaning foydada qolish ehtimoli
«Mishka» MChJ bolalar uchun maxsus oyoq kiyim ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan korxona oyiga 300 dona mahsulot ishlab
chiqargan, tushumi esa 6 mln. so’mni tashkil qilgan edi. Biroq, bozorda
mahsulotga bo’lgan talab keskin kamayib ketdi. Natijada korxonaning
sotish hajmi ham mos ravishda kamayish riski paydo bo’ldi. Korxona
rahbari zarar ko’rib ishlamaslik uchun tegishli mutaxassislarga mahsulot
birligi bahosiga doimiy va o’zgaruvchan ishlab chiqarish xarajatlarining
ta’sirini va ularning miqdori o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni,
amalda zararsizlik nuqtasini aniqlab, tegishli qaror qabul qilish bo’yicha
tavsiyalar ishlab chiqish vazifasini topshirdi.
“Mishka” MChJ haqidagi axborot
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |