37
7-mavzu. Investitsiya loyihalarining tijorat tahlili
Topshiriqlar
1. Quyida keltirilgan nazorat va muhokama uchun savollarga
javob toping.
2. T-sxemadan foydalanib, mavzu bo’yicha xulosalarni
shakllantiring.
1. Investitsiya loyihalari tijorat tahlili nima uchun kerak?
2. Investitsiya loyihalari tijorat tahlilining ahamiyatini tushuntirib bering.
3. Investitsiya loyihalari tijorat tahlili yo’nalishlarini aytib bering.
4. Marketing tadqiqotlari nima?
5. Investitsiya loyihalarida marketing xarajatlari tahlilini izohlab bering?
6. Investitsiya loyihalari hayotiyligining har bir bosqichida tijorat tahlilining
ahamiyati nimalardan iborat?
7. Mahsulotning bozor bahosi qanday shakllanadi?
8.
Bozor segmentatsiyasi, turlari.
9. Tijorat tahlili qanday yo’nalishlarda amalga oshirilishi lozim?
Tijorat loyiha tahlili loyihaning tijorat risklarni aniqlash uchun
o'tkaziladi. Bunda , savdo prognozlari, Ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlar(xizmatlar)
narxlari, etkazib beruvchilardan sotib olinadigan
maxsulotlar (xizmatlar)ning xajmi va narxlari, tomonlar ishonchliligi
aniqlash imkoni beradi.
Investitsiya loyihalarida xarajatlar tahlili, shu jumladan, ishlab
chiqarish xarajatlari tahlili asosida hamda
loyiha marketingi tahlili
bosqichidagi sotish rejasi doirasida investitsion loyihaning tijorat tahlili
amalga oshiriladi.
Ekspertiza quyidagi tahlillarni o’tkazishni talab qiladi.
- resurslarga erishish imkoni, ularni sifati
va kelajak narxlarini
baholash;
- mahsulotga bo’lgan talab, marketing bo’yicha tadbirlar va
o’rnatilishi mumkin bo’lgan ehtimolli narxlar;
- yagona bo’lib qoluvchi fermer, xususiy tadbirkor, xususiy va
davlat
korxonasini tijorat bo’yicha yashay olish qobiliyatini belgilovchi xarajat
va daromadlari.