Курс ишини ёзиш ва ҳимоя қилиш жараёни қуйидаги босқичлардан иборат
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
@iBooks Bot investitsiyalarni ta (1)
Kengash raisi
I.Qo’ziyev Taqrizchilar: X.Imomov, TDIU, “Moliya va soliqlar” kafedrasi dotsenti, i.f.n. L.Zoyirov, TMI, “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi mudiri, i.f.n. 3 K I R I S H Mamlakatimizda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma‟naviy hayotda tub o‟zgarishlar sodir bo‟lmoqda. Ayniqsa, ta‟lim sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar uzluksiz ta‟lim tizimining uzviyligini takomillashtirish, yuqori malakali, yuksak kasbiy, ma‟naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi zamonaviy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishni ko‟zda tutmoqda. Ma‟lumki, ta‟lim jarayonini samarali tashkil qilishda amaliy mashg‟ulotlarni sifatli va faol tarzda o‟tkazilishi muhim ahamiyat kasb etadi. “Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish” fanini bakalavriaturaning barcha ta‟lim yo‟nalishlarida o‟qitish ko‟zda tutilgan. “Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish” fanining asosiy maqsadi – talabalarda investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati, investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari, investitsiyalarni jalb etish, davlat investitsiya dasturini shakllantirish, investitsiya loyihalarini baholash bo‟yicha yo‟nalishga mos bilim, ko‟nikma va malaka shakllantirishdan iborat. Fanning vazifasi – talabalarga investitsiyalar, ularning turkumlanishi, moliyalashtirish manbalarini aniqlash, investitsiya loyihalarini samaradorilgini baholash, noan‟anaviy usullarni o‟rganish va tatbiq etish, investitsiyalarni moliyalashtirishda munosib investitsiya loyihalarini tanlab olish, loyihaning investitsion va moliyaviy rejasi bilan tanishtirishni, loyihaviy moliyalashtirishning mohiyatini, loyihani boshqarishning tashkiliy tizimini, tashkiliy modellashtirishni avtomatlashtirishning zamonaviy usullarini hamda loyihani amalga oshirish tartibini o‟rgatishdan iborat. Milliy iqtisodiyotda tarkibiy o‟zgarishlarni amalga oshirish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini modernizatsiya qilish, texnik qayta ta‟mirlash, ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalarni qo‟llash va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va shu orqali mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta‟minlashda “Investitsiya” fani muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, ushbu qo‟llanmada “Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish” fani bo‟yicha amaliy mashg‟ulotni samarali tashkil etish va o‟tkazishni ko‟zlab, ma‟lum uslubiy taklif va tavsiyalar berish maqsad qilib qo‟yildi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling