Kurs ishining asosiy maqsadi
«Keyns xochi». Ishlab chikarish xajmining muvozanat darajasiga erishish mexanizmi
Download 113 Kb.
|
1-Курс Иши Титулька
1.2 «Keyns xochi». Ishlab chikarish xajmining muvozanat darajasiga erishish mexanizmi.
Rejalashtirilgan xarajatlar chizigi haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar bir-biriga teng bo`lgan (Y=E) chizikni kaysidir a nuktada kesib o`tadi. Kuyida keltirilgan 14-chizmada tovarlar va xizmatlar bozorida kiska muddatli muvozanatga erishish mexanizmi tasvirlangan bo`lib, u “Keyns xochi” nomini olgan. Y=E chizikda xakikiy investitsiyalar va jamgarmalar tengligi saklanadi. a nuktada esa daromadlar rejalashtirilgan xarajatlarga teng bo`ladi. Shuningdek, bu erda rejalashtirilgan xamda xakikiy investitsiyalarning o`zaro tengligiga erishiladi. YA`ni, makroiktisodiy muvozanat ta`minlanadi. Agarda, ishlab chikarishning xakikiy xajmi (Y1) uning muvozanat darajasi(Y0)dan ko`p bo`lsa, iste`molchilar maxsulotlarni ishlab chikaruvchilar taklif kilganga nisbatan kam sotib oladi (ADAS) ko`ramiz. Talabning oshishi esa firmalar zaxirasining kamayishi xisobiga kondiriladi. Natijada, YAMM asta sekin Y2 dan Y0 ga karab o`sadi va yana AD=AS tengligiga erishiladi. Bu esa ayni paytda E=Y va I=S ayniyatlarga erishilganligini anglatadi. Milliy ishlab chikarishning muvozanat xolati (Y0), yalpi xarajatlar komponentlarining xar birining (iste`mol, investitsiya, davlat xarajatlari yoki sof eksport) o`zgarishi natijasida rejalashtirilgan Y1 E=C+I+G+Xn E1 Zaxiralarning E0 jamgarilishi Zaxiralarning E2 kamayishi Y2 Y0 Y1 Y (daromad, real xarajatlar) tebranishi mumkin. Ushbu tarkibdagi birorta omilning mikdorining o`sishi rejalashtirilgan xarajatlar egri chizigini yukoriga suradi va aksincha kamayishipastga surilishga olib keladi. Avtonom xarajatlar mul’tiplikatori. Avtonom xarajatlarning xar kanday o`sishi, ya`ni ΔA = Δ (S+I+G+Xn) mul`tiplikator samarasi xisobiga yalpi daromadlarning ko`prok mikdorga (ΔY) oshishiga olib keladi. Avtonom xarajatlar mul`tiplikatori muvozanatli YAMM o`zgarishning avtonom xarajatlarning xar kanday komponenti o`zgarishiga nisbatini ko`rsatadi: m = ΔY/ΔA: Bu erda: m - avtonom xarajatlar mul`tiplikatori; ΔY–muvozanatli YAIMning o`zgarishi; ΔA – avtonom xarajatlarning Y o`zgarishiga boglik bo`lmagan o`zgarishi. Mul`tiplikator - yalpi daromadlar avtonom xarajatlarning dastlabki o`sishi (kamayishi)dan necha marta ortik o`sganligini (kamayganligi) ko`rsatadi. Avtonom iste`mol ΔSA mikdorga o`ssa, bu yalpi xarajatlar va daromadlar (U) ning o`sha mikdorda o`sishiga olib keladi. Bu esa, o`z navbatida iste`molning ikkinchi marta (daromadlar oshishi xisobiga) MRS x ΔSA mikdorda o`sishiga olib keladi. Keyinchalik yalpi xarajatlar va daromadlar MRSxΔSA mikdorda yana o`sadi. SHunday kilib, «daromad-xarajat» ko`rinishidagi doiraviy aylanish bo`yicha jarayon davom etaveradi. ΔSA↑>AD↑Y↑C↑AD↑Y↑C↑AD↑Y↑va xokazo. Ushbu oddiy vaziyatdan ko`rinib turibdiki, yalpi daromadlar (Y), avtonom iste`molning dastlabki o`zgarishi ΔSA↑ ga nisbatan bir necha marta ko`p o`zgaradi. Bu shuni bildiradiki, S, I, G yoki Xp mikdorlardagi oddiy o`zgarishlar xam ishlab chikarish xajmi va bandlik darajalarida katta o`zgarishlarga olib kelishi mumkin. SHunday kilib, mul’tiplikator iktisodiy bekarorlik omili xisoblanadi. SHuning uchun xam davlatning byudjet-solik siyosatidagi asosiy vazifalardan biri bo`lib, o`rnatilgan barkarorlashtirgichlar tizimini yaratish xisoblanadi. Bu tizim iste`molga chegaralangan moyillikni kamaytirish orkali multiplikatsiya samarasini pasaytiradi. Mul’tiplikator samarasi moxiyatini kuyidagi misolda ko`rib chikamiz. Aytaylik, dastlab iktisodiyotga investitsiyalar mikdori 5 mlrd. so`mga ko`paysin. Bu, o`z navbatida ish xaki, renta, foyda ko`rinishda uy xo`jaliklari daromadiga aylanadi. Agar iste`molga chegaralangan moyillikni 0,75 ga yoki 75 %ga teng deb olsak. Uy xo`jaliklari bu daromadning 75 foizini, ya`ni 3,75 mlrd. so`mni iste`mol xarajatlariga sarflaydi, kolgan 1,25 mlrd. so`mni jamgaradi. Sarflangan 3,75 mlrd. so`m boshkalar uchun daromad xisoblanadi. O`z navbatida ular xam 3,75 mlrd. so`mning 75 foizini iste`mol uchun sarflaydilar va 25 foizini jamgaradilar. Bu jarayon oxirgi so`m jamgarilmaguncha davom etadi. YAMM (YAIM)ni to`lik bandlilikning noinflyatsion darajasiga kadar o`stirish uchun jami talab (jami xarajatlar) ko`paytirilishi zarur bo`lgan mikdor retsession uzilish deyiladi. Ishlab chikarishda to`lik bandlikka erishish va retsession uzilishni yo`kotish uchun jami talabni ragbatlantirish va muvozanatni «A» nuktadan «V» nuktagacha surish lozim. Bu erda muvozanatli yalpi daromadning o`sishi ΔU kuyidagiga teng bo`ladi: ΔU=Retsession uzilish mikdori x Avtonom xarajatlar mul’tiplikatori mikdori YAIMni to`lik bandlikning noinflyatsion darajasigacha pasaytirish uchun jami talab (jami xarajatlar) kamayishi zarur bo`lgan mikdor inflyatsion uzilish deyiladi. Agarda, ishlab chikarish xakikiy xajmi (Uo) potentsial (U*) xajmidan ko`p bo`lsa, jami xarajatlar ortikcha xisoblanadi. Jami talabning ortikchaligi iktisodiyotda inflyatsiya jarayoniga olib keladi. Boshkacha aytganda jami talab xajmining jami taklif xajmidan kiska muddatda katta bo`lishi okibatida xakikiy va potentsial YAIM xajmlari o`rtasida inflyatsion uzilish ro`y beradi (16-chizma).. Bu uzilishni bartaraf kilish uchun jami xarajatlarni kamaytirish, boshkacha kilib aytganda jami talabni cheklash zarur. ΔU= -Inflyatsion uzilish mikdori x Avtonom xarajatlar mul’tiplikatori mikdori. Keynsning makroiktisodiy muvozanat modeli yalpi talab- yalpi taklif modelini kiska muddatli makroiktisodiy siyosat maksadlarida aniklashtirgan bo`lib, uning xususiy xoli xisoblanadi. YAlpi talab va yalpi taklif modelidan farkli o`larok bu modelda baxolar darajasi va ish xaki o`zgarmas mikdorlar xisoblanadi. Ayni shu sababga ko`ra tovar moddiy zaxiralarining o`sishi kiska muddatda makroiktisodiy muvozanatga erishishni belgilovchi omil bo`ladi. Klassik maktab namoyondalari bozorlar va baxolarning umumiy muvozanati nazariyasini yaratdilar. Ularning umumiy muvozanat kontseptsiyasiga ko`ra iktisodiyotda fakatgina to`lik bandlilik sharoitidagi muvozanat mavjud bo`lishi mumkin. Bunday xulosa J.B.Seyning bozorlar konuniga tayanadi. Bu konunga ko`ra mexnat taksimotiga asoslangan iktisodiyotda xar bir sub`ektning ishlab chikarishi bir vaktning o`zida boshka sub`ektlarning ishlab chikarish natijalariga talab xisoblanadi. Oxir-okibat yalpi talab yalpi taklifga teng bo`ladi. Klassik iktisodchilar fikriga ko`ra AD ≠ AS xolati ro`y bermaydi, umumiy xarajatlar mikdori etishmay kolgan, ya`ni AD< AS xolati ro`y bergan sharoitda xam baxo, ish xaki va foiz stavkasi kabi dastaklar ishga tushadi va natijada xarajatlar mikdorining kamayishi ishlab chikarishning real xajmi, bandlik va real daromadlar mikdorining kamayishiga olib kelmaydi. Makroiktisodiy muvozanatning klassik modeli ishlab chikarish xajmi resurslarning bandliligi va ishlab chikarish texnologiyalarining funktsiyasi xisoblanadi, va egiluvchan baxolar mexanizmi tomonidan potentsial darajada tutib turiladi degan shartlarga tayanadi. egiluvchan baxolar mexanizmi xisobiga bozor iktisodiyoti barcha mavjud resurslarning to`lik bandlilgini ta`minlab turadi. Klassik makroiktisodiy muvozanat modelining o`ziga xos xususiyati pulning neytralligi printsipini ko`zda tutishidir. Bu model pul massasi real ishlab chikarishga xech kanday ta`sir ko`rsatmaydi degan printsipga asoslanib tuziladi. Klassiklar modelida pul bozor agentlariga fakatgina bitimlarga xizmat kilishi, ya`ni oldi-sotti jarayonida sof texnik vazifalarni bajarishi uchungina kerak. Bu asosga ko`ra klassiklar tomonidan klassik dixotomiya kontseptsiyasi shakllantirilgan. Klassik dixotomiya kontseptsiyasida – ikki parallel bozor, real va pul bozori aloxida-aloxida amal kiladi, ular o`rtasidagi muvozanat avtomatik barkarorlashtirgichlar orkali ta`minlab turadi deb xisoblanadi. Pul bozori investitsiya va jamgarmalar tengligini xamda to`lik bandlik sharoitini ta`minlaydi. Fakatgina, ishsizlikning tabiiy darajasida «ixtiyoriy» ishsizlik bo`lishi mumkin, deb xisoblashadi. Bu shuni bildiradiki, AD va AS ning muvozanat nuktasida ishlab chikarish xajmi (Y) uning potentsial xajmiga esa (Y*) teng. Iktisodiyotda yaratilgan daromadlaning bir kismi jamgarilishi yalpi talabning yalpi taklifni koplashi uchun etishmasligiga olib kelmaydi, chunki xar bir jamgarilgan so`m tadbirkorlar tomonidan investitsiyalanadi, deb ta`kidlashadi. Agarda, tadbirkorlar uy xo`jaliklarining jamgarmalari mikdorida investitsiya kilishsa, ishlab chikarish xamda bandlik darajalari doimiy bo`lib koladi. Klassik iktisodchilar ta`kidlashlaricha, kapitalizmning o`ziga xos pul bozori mavjud va bu bozor jamgarma va investitsiyalarning tengligini ta`minlaydi. Bunda tenglashtiruvchi omil rolini foiz stavkasi o`taydi.SHuning uchun xam to`lik bandlik mavjud bo`ladi. Bu iktisodchilar davlatning iktisodiyotga aralashuvi kiska muddatli samara bersada, uzok muddatga, oxir-okibat bozor iktisodiyotining tabiiy xarakat mexanizmiga notabiiy aralashilganligi uchun, salbiy okibatlarga olib keladi deb xisoblashadi. Download 113 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling