Kurs ishining asosiy vazifasi


XUDUD TO‘G‘RISIDA UMUMIY MALUMOTLAR


Download 0.62 Mb.
bet4/6
Sana12.10.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1700970
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
J

XUDUD TO‘G‘RISIDA UMUMIY MALUMOTLAR
Menga berilgan hudud yani o‘zim yashayotgan E`tibor MFY Farg‘ona viloyati Farg`ona shaxrida joylashgan hisoblanadi viloyat va tuman bo‘yicha umumiy tafsiflaydigan bo‘lsam.


Fargʻona (1907-yilgacha — Yangi Margʻilon; 1907—1924-yillarda Skobelev, mahalliy talaffuzda — Iskobil deb atalgan. Podsho Rossiyasining Oʻrta Osiyoni bosib olishda va keyingi yillarda koʻplab qirgʻinbarotlar uyushtirgan generali M. D. Skobelev nomiga qoʻyilgan) — Fargʻona viloyatining maʼmuriy, iktisodiy va madaniy markazi, respublikaning yirik shaharlaridan biri. Maydoni 0,09 ming km². Aholisi 222,4 ming kishi (2004, Fargʻona vodiysidagi shaharlar ichida aholi soni boʻyicha 3-oʻrinda). Shahar Fargʻona vodiysining jan. qismida, Olay togʻlarining etagida, 580 m balandlikda joylashgan. Iklimi kontinental. Oʻrtacha yillik temperatura 13°. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi —2,7°, iyulniki 26,4°. Eng past temperatura 27°, eng yuqori temperatura 42°. Yiliga 192 mm yogʻin tushadi. Yogʻinning koʻp qismi qish va bahor fasllarida yogʻadi. Gʻarbdan baʼzan qattiq shamol va garmsel, Olay togʻi (Shohimardonsoy vodiysi)dan togʻvodiy shamoli esadi.
Iqtisodiyoti: Shaharda 2300 dan ortiq kichik korxona, 10 avtokorxona, mahalliy xom ashyodan kimyoviy tola (atsetat ipagi) ishlab chiqaradigan, azot, sovun, gaz apparatlari, neftni qayta ishlash, mexanika, paxta tozalash, konserva zavodlari; uysozlik, moy, sut kombinatlari, trikotaj, pillakashlik, poyabzal fabrikaalari, „Fargʻonapivo“, don mahsulotlari korxonalari ishlab turibdi. 24 qoʻshma korxona („KabulFargʻona“, „Oʻzsalaman“, „Ferteks“, „Yevraziya Tapo Disk“, „Ferkon“ va boshqalar) faoliyat koʻrsatadi. Sanoat korxonalari, asosan, shahar markazida hamda Qirguli mavzeida joylashgan.
Fargʻona Respublikaning yirik ilm va madaniyat markazlaridan biridir. Fargʻonadan 52 km jan.da Shohimardon kurorti, shahardan 32 km narida, Oltiariq tumanidagi xushmanzara joyda 2 yirik shifoxona joylashgan. 2 madaniyat saroyi, 28 kutubxona, viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, 4 madaniyat uyi, musiqali drama teatri, rus drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri, yoshlar xiyoboni, madaniyat va istirohat bogʻi, Toshkent 2-tibbiyot instituti filiali, universitet, politexnika instituti, 3 ta bolalar musiqa maktabi, sanʼat maktabi, 41 umumiy taʼlim, 4 kattalar taʼlimi maktablari, 3 akad. litsey, 18 kasbhunar kolleji faoliyat koʻrsatadi. 3 stadion, sport majmuasi, kasalxona, poliklinika, dorixonalar mavjud. Fargʻonadan tuman markazlari, shahar va shaharchalariga avtobus qatnaydi. Havo transporti orqali Toshkent shahri, viloyat markazlari va xorijiy davlatlar bilan bogʻlangan. Shaharda 2 viloyat gazeta, shahar gazeta („Fargʻona tongi“, 1955-yil 29-dekabrda tashkil etilgan, adadi 3000), 22 tarmoq gaz., 15 xususiy gazeta va 6 jurnal nashr etiladi. 3 ta telestudiya faoliyat koʻrsatadi.
Aholisi: Aholisi 250,000. Fargʻona shahriga Margʻilon va Toshloq shaharlari tutashib ketgan. Agar 3 ta shaharni aholisi bilan hisoblasak, 400,000 dan oshadi. Fargʻona shahrining ramzi chinor bargidir. Fargʻonada Markaziy Osiyodagi eng mashhur futbol jamoasi — „Neftchi“ shahar shaʼnini himoya qiladi. „Neftchi“ FC 5 karra Oʻzbekiston chempioni, 7 karra kumush medal sohibi, 2-marta billur sovrin egasi, 1 marotaba Osiyo Chempionlar Ligasi 3-oʻrin sohibi va MDH davlat chempionlari 2-oʻrin sohibidir.
Iqlimi:Fargʻonaning iqlimi huddi boshqa vodiylar kabi, kontinentalniy. Qish — yumshoq. Yanvarda oʻrtacha harorat +0,2°, Past daraja —25,8 °. Uzoq qor yogʻish davomiy emas. Baʼzi qishning kunlari kun issiq boʻladi. Yoz issiq. Iyulda oʻrtacha harorat +27,4°, Baland harorat +45,2°[4].
Iyul oyida issiq shamol kuzatiladi asosan gʻarbiy qismida



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling