Kurs ishining maqsadi: Kichik maktab yoshidagi bolalarda ijtimoiy muloqotning ilmiy jihatdan ochib berishdan iborat. Kurs ishining ob’ekti


Download 5.98 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi5.98 Kb.
#1579457
Bog'liq
Dolzarbligi


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Ma’lumki, mustaqilligimiz davrida ko’p narsa, eng asosiysi jamiyatimizning siyosiy iqtisodiy va ijtimoiy negizi tubdan o’zgardi. Bu o’zgarishlar 1-prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan belgilab berilgan besh asosiy tamoyil asosida ro’y berdi.
Jamiyat ijtimoiy hayotining muxim tarkibiy qismi sifatida ta’lim ham o’zgarmog’i, yangilangan jamiyatning manfaatlari yo’lida hizmat qilmog’i kerak. Zamon, maktab va jamiyat ajralmasdir.
Ta’lim soxasidagi davlat siyosati O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun, kadrlar tayyorlash milliy dasturida. O’zbekiston respublikasida ta’limni rivojlantirishga mо`ljallangan Dasturga aks ettirilgan. Mazkur xujjatlarda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari ta’lim tizimi, uning boshqaruv tarkibi, pedagog xodimlarning haq – huquqlari, burch va ma’suliyatlari ta’lim tizimidagi isloxatlarni amalga oshirish vazifalari va boqichlari aniq belgilanib berilgan.
Ta’lim soxasidagi isloxatlarning asosiy yo’nalishlari uning demokratik, insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish xalqimizning tarixiy an’analari va pedagogikasi, shuningdek jaxon xalqlari pedagogikasi yutuqlari asosida ta’lim mazmunini tubdan o’zgartirish shu maqsadda o’qituvchilar, pedagogik jamoalarning bilim va kunikmalarning puxtaligini ta’minlaydigan zamonaviy didaktik vositalarni qo’llashni keng ko’lamda yo’lga qo’yish, shu asosida ta’lim mazmunini yaxshilashga erishishdan iborat, deb e’tirof etiladi.
Kurs ishining maqsadi: Kichik maktab yoshidagi bolalarda ijtimoiy muloqotning ilmiy jihatdan ochib berishdan iborat.
Kurs ishining ob’ekti: Kichik maktab yoshidagi bolalarni insonlar bilan muloqotga kirishish jarayonini o’rganish.
Kurs ishining predmeti: Kichik maktab yoshidagi bolalarni muloqotga kirishishga o’rgatuvchi usul va uslublari qo’llaniladigan ish turlari va vositalari.
Kurs ishining vazifalari:Kichik maktab yoshidagi bolalarnu muloqotga o’rgatish mazmuni, metod va uslublarini har tomonlama o’ganish samarali metodlarni tanlab umumlashtirish.
Kurs ishining metodlari: Ilmiy – metodik adabiyotlarni o’rganib chiqish, ularni tahlil qilish va ilg’or tajribalarni o’rganish.
Kurs ishining tuzulishi va hajmi: Kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, __ betni tashkil etadi.
Download 5.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling