Kurs ishining maqsadi va vazifalari


Download 448.31 Kb.
bet1/6
Sana05.05.2023
Hajmi448.31 Kb.
#1429595
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
hukumron kursavoy


Mundarija:
1.Kirish_________________________________________________2
2.Silliq silindrsimon va tekis birikmalarni qo’yim va o’tqazishlari___2
3.Chayqalish podshivniklarining qo’yim va o’tqazishlari__________8
4.Shponkali birikmalarning qo’yim va o’tqazhishlari_____________19
5.Shlitsali birikmalarning qo’yim va o’tqazishlari________________26
6.O’lcham zanjirlari_______________________________________33
7.Umumiy xulosalar_______________________________________40
8.Foydalanilgan adabiyotlar_________________________________41
KURS ISHINING MAQSADI VA VAZIFALARI.
"O’zarо almashinuvchanlik asоslari" fanidan bajarilayоtgan kurs ishi talabalar ma’ruzalarda оlgan nazariy bilimlarini mustakamlaydi, xar hil birikmalarga qo’yim va o’tqazishlarni hamda birikma dеtallarining sirti, shakli qo’yimlari va g’adir-budirliklarini tanlashda va bularning hammasini chizmada ifоda etishda amaliy ko’nikmalar hоsil qiladi. Bundan tashqari, kurs ishi talabalarning me’yоriy xujjatlar bilan ishlash tajribasini оrttiradi, hamda kelgusi bоsqichlarda kurs va bitiruv ishlarni bajarishi uchun yetarli zamin tayyоrlaydi.
Kurs ishi quyidagi talablar asоsida bajarilishi lоzim:

  1. Chap qatоrdan 20 mm jоy qоldirgan hоlda o’lchamlari 216 x 297 mm bo’lgan yоzuv qоg’оziga aniq ravоn, xatоsiz yоzilishi kerak.

  2. Chizmalar yuqоrida keltirilgan o’lchamdagi qalin оq qоg’оzga chiziladi.

  3. Hamma chizmalar va varrоqlar tartib raqamlari bilan belgilanishi va tikilishi lоzim.

  4. Muqоvada talaba sinоv daftarchasining tartib raqami ko’rsatilishi kerak.


1- TOPSHIRIQ
SILLIQ SILIDRSIMON VA TEKIS BIRIKMALARNI QO’YIM VA
O’TQAZISHLARI
Talaba 1-tоpshiriqni bajarishi uchun shu tоpshiriqqa kiruvchi avtоmоbil qismining ishlash jarayonini yaxshi tasavvur qilishi shart. Tоpshiriq 1-1 jadvaldan tanlanadi.
Tоpshiriqni bajarish tartibi:

      1. Berilgan birikmaning ishlashini qisqacha yоzma ta’riflang.

      2. Quyidagilarni belgilang va asоslang.

      1. Birikmaning xususiyati, tizimi, o’tqazish va kvalitetlari;

      2. Birikma detallarining sirti, shakli, jоylashuvidagi оg’ishlari va ularning g’adir-budirliklari.

      1. Birikuvchi juftni ixtiyоriy masshtabda chizing va undagi o’lchamlarni, o’tqazishlarni ifоdalang.

      2. Birikma detallarining chizmasini bering, val va teshik sirt o’lchami va chegaraviy оg’ishlari, g’adir-budirligi, shakli va jоylashish оg’ishlarini ifоdalang.

      3. Val va teshik qo’yim maydоnlari sxemasini tasvirlang.

      4. Val va teshik o’lchamlarining chegaraviy qiymatlarni, o’tqazish qo’yimlarini eng katta va eng kichik оraliq yоki tarangliklarni hisоblang.

Topshiriqni bajarish misoli.
Sinov daftarchasining tartib raqami 13 (oxirgi raqam 3, undan oldingisi 1) 1.1jadvaldan topshiriqni aniqlaymiz: shatun yuqori kallagining vtulkasi. Ø76 mm. Kamaz 5044. Topshiriqdagi shartli belgilangan: K-5044.

      1. Taqsimlash shesterniyasi – Tirsakli val — porshenli dvigatellar, nasoslar, kompressorlar, temirchilikpresslash mashinalari va boshqa qurilmalardagi krivoshipli mexanizmning aylanuvchi zvenosi. Bitta yoki bir nechta tirsakli (nomi shundan) hamda bir nechta oʻqdosh oʻzak boʻyinlari, har bir tirsagida 2 ta shcheka va 1 ta boʻyin boʻladi. Boʻyinlar oʻzak boʻyinlar va shatun boʻyinlarga boʻlinadi. Oʻzak boʻyin podshipnikka tayanadi, shatun boʻyinga shatun biriktiriladi. Shatun boʻyinlarning oʻqi Tirsakli val ning aylanish oʻqiga nisbatan biroz siljigan (narirokda) boʻladi. Tirsaklarning qanday tartibda joylashishi mashinaning ish sikliga, silindrlarning joylashishiga qarab belgilanadi. Tirsakli val uglerodli yoki legirlangan poʻlat yoki mustahkam choʻyandan yaxlit, quyma tarzda yoki bolgʻalash usulida yasaladi.

      2. Avtomobil dvigatellarining bunday xildagi birikmalari uchun aniqlik me’yori sifatida amaliyotda ko’p tarqalgan H/m kvalitetni tanlaymiz. Bu yerda qo’yim o’tkazish uchun teshik tizimini qo’llash maqsadga muvofik, chunki berilgan o’lcham yuzasi bo’yicha o’ziga mos teshik bilan yakkama-yakka birikadi. Shuning uchun ST SEV 144-75 tavsiyasiga ko’ra (ilovadagi jadvalga qarang) ko’rilayotgan birikma uchun H7/m7 qo’yimni tanlaymiz. Bu yerda kam oraliqqa ega bo’lgan qo’yim, misol uchun H7/m7 dvigatel ishlab qiziganda birikmada oraliq bo’lmasligi mumkin.

Katta oraliqliq qo’yimda esa, ya’ni H7/m7 moylash tizimidagi moy bosimi va birikmani ishlash muddati kamaytirishi ehtimoldan xoli emas.
Shakl og’ishlarini aniqlaymiz (bizning misolimizda nosilindriklik).
Tavsiyalarga ko’ra bu shartga oshirilgan nisbiy geometrik aniqlikdagi shakl og’ishlari javob beradi.
1.2-Jadvaldan 7-kvalitet va oshirilgan nisbiy geometrik aniqlik bo’yicha bajarilgan,
18-50 mm o’lchamli detal uchun belgilangan shakl og’ishni aniqlaymiz 4 mkm.
Birikma detal sirtlarining g’adir-budirligi ularga ishlov berish turiga qarab topiladi. Yakunlovchi amal uchun uzatmalarni qopqog’i tashqi sirti doiraviy toza silliqlash, Shatun-shatun yuqori kallagining vtulkasi 1.3 – jadvaldan shularga mos holda sirt g’adir-budirliklari uzatmalarni almashtirib qo’shish richagida Ra=0,63 mkm va uzatmalarni qopqog’i teshigida Ra=0,1.25 mkm bo’ladi.

      1. Birikmani ixtiyoriy masshtabda chizib unga o’lcham, o’tkazish va chegaraviy og’ishlarni quyamiz (1.1-rasm). Chegaraviy og’ishlar ilovadagi jadvaldan (ST SEV 144-75) tanlanadi:

ES=+25 mkm, EI=0, es=+34mkm, ei=+9 mkm.

      1. Birikma detallarini chizib (1.1 rasm) birikuvchi sirtlarga o’lchamlarning chegaraviy og’ishlarini, ST SEV 368-76 bo’yicha sirt shakl va joylashish og’ishlarni, hamda ST SEV 144-75 bo’yicha g’adir-budirliklarning shartli belgilari bilan qiymatini qo’yamiz.

      2. Val va teshikning qo’yim maydonini ixtiyoriy masshtabda chizamiz.

      3. Detallarini chegaraviy o’lchamlarini va qo’yim hamda o’tqazish tavsifnomalarini xisoblaymiz.

Teshikning eng katta chegaraviy o’lchami: Dmax=Dn+ES=40+0,025mm=40,025 mm
Teshikning eng kichik chegaraviy o’lchami: Dmin=Dn+EI=40+0=40 mm
Valning eng katta chegaraviy o’lchami:
dmax=dn+es=40+0.034=40.034 mm
Valning eng kichik chegaraviy o’lchami:
dmin=dn+ei=40+0,009=40.009mm
Teshik qo’yimi:
TD=ES-EI=25mkm-9 mkm = 0,016 mm
Val qo’yimi:
Td=es-ei=0.034-0.009=0,025 mm
Eng katta oraliq:
Smax=Dmax-dmin=40.025-40.009=0.014 mm
Eng kichik oraliq:
Smin=Dmin-dmax=40-40.034=
-0.034mm
yoki
Nmin=es-EI=0.034-0 = 0,034 mm
O’tqazish oraliq qo’yimi:
TS=TD+Td=0.016+0.025 = 0,041 mm
Silindrik sirt shakllarining nisbiy geometrik aniqligini (normal, oshirilgan va yuqori) belgilash
TAVSIYALARI:

  1. Normal. Siljish ravonligiga yoki eng kam ishqalanishga alohida talablar qo’yilmagan, nisbatan kam tezlikda siljish va yuklanishda harakatlanuvchi, hamda markazlashtirish aniqligi va taranglikning mukamallanganligiga yuqori talablar quyilgan, zaruriyat tug’ilganda qismlarga ajraluvchi va qayta yig’uvchi taranglik o’tqazish birikmalardagi sirtlar.

  2. Oshirilgan. Siljish ravonligiga va biriktirish zichligiga shirilgan talablar qo’yilgan, o’rtacha tezlikda va yuklanishda xarakatlanuvchi, hamda katga tezlik va yuklanish, zarb, tebranishlar sharoitida aniqlik va chidamlikka oshirilgan talablar qo’yilgan va o’tuvchan o’tqazish birikmalardagi sirtlar.

  3. Yuqori. Siljish ravonligiga, ishqalanishni kamayishiga va biriktirish zichligiga yuqori talablar qo’yilgan, yuqori tezlikda va yuklanishda xarakatlanuvchi, hamda katta tezlik va yuklanishlar, zarb, tebranishlar sharoitida aniqlikka va chidamlikka oshirilgan talablar qo’yilgan taranglik va o’tuvchan o’tqazish birikmalardagi birikma sirtlar.





Download 448.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling