Kurs ishlari mavzulari banki va ularni bajarishga oid uslubiy tavsiyalar


Kurs ishini bajarishning umumiy talablari


Download 26.14 Kb.
bet3/4
Sana07.02.2023
Hajmi26.14 Kb.
#1175980
1   2   3   4
Bog'liq
KURS ISHI NIZOMI, MAVZULARI BANKI

2. Kurs ishini bajarishning umumiy talablari

Kurs ishi o‘quv rejaga ko‘ra 7-semestrga mo‘ljallangan bo‘ladi.


Kurs ishiga rahbar kafedra tomonidan tayinlanadi. Kurs ishi mavzusini ilmiy rahbari taklif etadi, u topshiriq varaqasini tuzadi. Kurs ishining mavzusi va topshiriqlari kafedra majlisida tasdiqlanadi.
Talaba bu fan bo‘yicha, avvalo, kurs ishi mavzusini 1-ilovada ko‘rsatilgan topshiriq varaqadagi tartibda qabul qiladi. Bunda talabaning ismi, familiyasi, guruhi, kursi, kurs ishi mavzusi, shu mavzu yuzasidan adabiyotlar, ishni bajarish bosqichlari va ularni bajarish muddatlari ko‘rsatiladi. Kurs ishi topshirig‘iga fan o‘qituvchisi (rahbari) va talaba imzo chekadi, bu varaq kurs ishi qo‘lyozmasining dastlabki varag‘i hisoblanadi. U ikki nusxada tuzilib, bir nusxasi talabaga beriladi, ikkinchisi kafedrada qoldiriladi.
Kurs ishi ilmiy rahbari talabaga davomiy konsultatsiyalar va ilmiy-uslubiy ko‘mak beradi, ish bosqichlarining bajarilishini, kurs ishining mazmuni va hisobotning tayyorlanish sifatini nazorat qiladi.
Kurs ishi matni Oliy ta’lim hujjatlarining «Matnli hujjatlarni tayorlashning umumiy talablari» bandidan kelin chiqib yoziladi.
Kurs ishi matnini A4 o‘lchamli jurnal (daftar) ko‘rini-shida tayorlash va uning dastlabki sahifasini namunada ko‘rsatilgandek zichroq qog‘ozdan tayorlangan sahifaga yozgan ma’qul. Kurs ishi matni Microsoft Word–2010 (yoki 2013) – matn muharririda 14 pt shriftda 1,5 intervalda teriladi va pechat qilinadi, zarur bo‘lgan A4 o‘lchamli oq qog‘ozning o‘lchamlari chapdan 30 mm, o‘ngdan 15 mm, yuqori va pastdan 20 mm bo‘sh joy qoldiriladi. Ishning kompyuterda terilgan matni ishning tuzilishiga qarab bo‘limlarga bo‘linadi. Yozuvdagi formulalar Microsoft Equation – formulalar redaktorida aniq va tushunarli yozilishi, zarur hollarda belgilanishi lozim. Ishda foydalanilgan adabiyotlar va formulalarni birlamchi manbalarga tayanib keltirish kerak. Yozuv oxirida adabiyotlar ro‘yxatini mualliflar ismi sharifi, adabiyotlar nomi, nashr joyi va yili, nashriyot va sahifalar soni bilan keltirilishi lozim. Ishning hajmi 30 betdan kam bo‘lmasligi zarur. Kurs ishi sahifalanadi, dastlabki sahifaga nomer qo‘yilmaydi.
Kurs ishining natijalari hisobot tarzida yoziladi. Kurs ishining hisoboti quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: titul varag‘i; topshiriq varag‘i; kirish; asosiy qism; xulosa; foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati; ilova. Asosiy qismda esa: masalaning qo‘yilishi va matematik modelning tavsifi; dasturlash tillarining zaruriy qisqacha nazariy ma’lumoti; dasturlash tillarining qo‘llanilishini tavsiflovchi algoritm, blok-sxema va dastur matni; topshiriq misoli yechimi va olingan natijalar tahlili.
Kirish qismida kurs ishi mavzusining dolzarbligi, maqsad va vazifasi, mavzuga oid asosiy adabiyotlar tahlili, yechish usulining tanlanish sababi, ishning umumiy xususiyatlari, ahamiyati va qisqacha mazmuni yoritiladi. Asosiy adabiyotlar tahlili talabaning maxsus adabiyotlar bilan tanishganligini, manbalarni tartiblashtira olishini, boshqa tadqiqotchilar olib borgan ishlarning mazmunsh va mohiyatini anglay bilishini, muammoning qanchalik zamonaviy, muhim va amaliy ahamiyatini ajrata olishini ko‘rsatishi lozim. Bu tahlilga faqat mavzuga oid va talabaning shaxsan o‘zi tanishib chiqqan adabiyotlar kiritilishi zarur.
Kurs ishining asosiy qismi bob, paragraph, band va qism bandlarga ajratiladi, bunda masalaning qo‘yilishi, mazmuni, masalani yechish uslubiyati, alohida olingan natijalar matn, formula va sonli ma‘lumotlar, jadval va grafiklar tarzida bayon qilinadi. Bunday bo‘linishda har bir bob yoki paragraph mazmunan va mantiqan tugallangan, keyingilari avvalgisi bilan izchil bog‘langan, yakunda esa qo‘yilgan maqsadga erishish ta’minlagan bo‘lishi zarur.
Masalani yechish bosqichlari bayoni kurs ishining umumiy tuzilmasini yoritib berishi kerak. Masalani sonli yechish usullarining nazariy ma’lumoti bayon qilinadi. Masalani sonli yechish algoritmida hisoblash usuli (usullari), uning qo‘llanilishi, ustivorligi, va aniqligi hamda qo‘yilgan masalaga shu usul (usullar)ning tadbiqi, taqqoslashlar yoritiladi.
Xulosada olingan natijalarning ilmiy-amaliy ahamiyati va tadbiq sohalari haqida so‘z yuritiladi, amaliy tavsiyalar beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati alfavit-xronologik ketma-ketlikda tartiblanib, axborot manbalarining bibliografik ro‘yxatini ifodalaydi, unda: muallif, manba nomi, nashriyot, yil va sahifa soni ko‘rsatiladi. Unda Internet manbalari ham ko‘rsatilishi mumkin.
Kurs ishi ilovasi ishning oxirida qo‘yilib, unda bajarilgan ish algoritmini (blok-sxema tarzida), dastur matnini, sonli hisob natijalari jadvalini, qisqartma ma’lumotlarni, shartli belgilarni va boshqa ma’lumotlarni keltirish mumkin.
Kurs ishi topshirig‘ini bajarishdan kutiladigan natijalar: mavzular yuzasidan bilimlarni tizimlashtirish va mustahkam-lash; amaliy masalalarni yechishda nazariy tushunchalardan foydalana bilish; masalani yechishning to‘g‘ri usulini tanlay bilish; masalani mustaqil yechish ko‘nikmasini hosil qilish; masalaning yechimini mustaqil tahlil qila bilish.
Hisobot bilan birgalikda uning matni (*.doc formatda) va dasturi
yozilgan CD disk ham topshiriladi.



Download 26.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling