Kurs ishlarini bajarish va himoya qilish bo‘yicha


 Kurs ishini rasmiylashtirish


Download 354.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/29
Sana01.03.2023
Hajmi354.37 Kb.
#1241752
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Bog'liq
Kurs ishlarini bajarish bo\'yicha Uslubiy ko\'rsatma 2022

8. Kurs ishini rasmiylashtirish. 
Kurs ishini rasmiylashtirish belgilangan talab va standartlarga javob berishi 
kerak. 
Kurs ishi matni sahifaning ma’lum chegaralarida joylanishi chizma va 
jadvallarni rasmiylashtirilishi, bir xil formatdagi oq qog‘ozlardan foydalanilishi 
ishni sifatli va umumiy talablar bo‘yicha yoritilishiga olib keladi. 
Kurs ishi asosan A4 (210x297 mm) farmatidagi oq qog‘ozlarga ko‘k tushda 
(ruchkada) tushunarli tarzda, qisqartirishlarsiz, aniq va ravon tilda o‘z qo‘li bilan 
davlat tilida (rus guruxlarda rus tilida) yoziladi. Kurs ishi hajmi 25-30 bet 
(qo’lyozma yozilsa 35-40 bet) ni tashkil etishi lozim. Har bir sahifani chap tomonda 
30 mm, o‘ng tomondan 15 mm tepa va pastki tomondan 20 mm qoldirilgan holda 
yoziladi. Kurs ishi matnlari qog‘ozning bir tomoniga har sahifaga 25-30 qator 
yoziladi. Har qatorda 7-8 ta so‘z joylashishi mumkin. Barcha satr osti izohlari qaysi 
sahifaga tegishli bo‘lsa, o‘sha sahifada keltiriladi. 


13 
Har bir qism, kirish asosiy va hulosa qismlari, ilovalar yangi sahifalardan 
boshlanadi. qismning nomi va matn orasi yaqqol ajralib turishi kerak. qismdagi 
sarlovhalar qismning tartib raqami bilan boshlanib, unda so‘zlarning bo‘g‘in 
ko‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Sahifa tartib raqami sahifaning pastda o‘rta–qismida keltiriladi. Kurs 
ishida keltirilgan qismlar, shuningdek ilovalar ham sahifalanadi. Jild varag‘i 1-bet 
sanaladi, unga tartib raqami qo‘yilmaydi. 
Kurs ishi qismlari quyidagicha joylashtiriladi: jild varag‘i, mundarija, 
kirish, asosiy qism, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, 
ilovalar. 
Ilovada turli hujjatlar, katta hajmdagi chizmalar, jadvallar va shu kabilar 
beriladi. Kurs ishi yuzasiga taqriz uchun oq qog‘oz qo‘yilishi maqsadga 
muvofiqdir. Kurs ishi materiallarida ilovalarni keltirish tartibi har bir berilayotgan 
mavzuga tegishli ilovaning jadval, matn, rasm, animatsion ko‘rinishlari pastki 
qismida ilovaning nomi keltirilishi, izohlari berilishi lozim. Ilovalarni keltirishda 
hisob ishlari, boshlang’ich ta’limda ma’lum mavzuga tegishli hisob jadvallarini 
kiritishning qiymati, natijasi aniq va ravon keltirilishi lozim. Unga ko‘ra ilovalarni 
mavzuga tegishli hisob ishlari yoki kurs ishlari jadval va grafiklarining ijodiy 
xususiyatini aks ettiradi. 
Kurs ishini rasmiylashtirishning hujjatlar tashqi ko‘rinishi, etik va estetik 
jihatlariga e’tibor qaratish lozim. Unga ko‘ra har bir kurs ishi materialida 
o‘rganuvchi tomonidan olinishi va foydalanuvchiga qulay tartibdagi materiallarni 
keltirilishi kurs ishining ilmiy saviyasini keltirib o‘tadi. 
Kurs ishini rasmiylashtirish tartibi tikilgan va papkada tayyorlangan bo‘lishi 
lozim. Turli fayl va rangli materiallarda kurs ishini keltirib o‘tish taqiqlanadi. 
Jild (titul) varag‘i kurs ishining 1-beti bo‘lib, unda Vazirlik, oliy o‘quv 
yurtining nomi fakultet va kafedra, kurs ishi mavzusi, ta’lim yo‘nalishi, kursi, 
guruxi, muallifning familiyasi, ismi va sharfi, ilmiy rahbarning ilmiy unvoni va 
darajasi, familiyasi, ismi va sharifi keltiriladi. (1-ilova)


14 

Download 354.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling