Kurs ishlarini bajarish va himoya qilish bo‘yicha
Download 354.37 Kb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishlarini bajarish bo\'yicha Uslubiy ko\'rsatma 2022
8 5. Kurs ishi rejasini tuzish. Kurs ishi tanlangan mavzuning dolzarbligi asoslangan kirish qismidan, ilmiy rahbar bilan kelishib tuzilgan rejaga ko‘ra nazariy va amaliy masalalar yoritilgan asosiy bo‘limdan, shuningdek, xulosa va takliflar yozilgan xotimadan iborat ishdir. Rejadagi ko‘zda tutilgan masalalar tarkibiy mavzuning mohiyatidan kelib chiqishi, aniq bo‘lishi va o‘rganilayotgan muammoni har taraflama aks ettirishi muhimdir. Rejadagi har bir masala o‘zaro bog‘langan bo‘lishi lozim, ularni yoritishda esa Matematika o‘qitish metodikasining mohiyatini va nazariy asoslarini aks ettituvchi tushunchalarning biror ta’lim muassasalarning amaliy ish faoliyatiga bog‘langan bo‘lishi ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Quyidagi ayrim mavzular uchun reja tuzish tartibi misol tariqasida keltirilmoqda. Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda tenglamalarni yechishga o‘rgatish metodikasi. Reja: 1. Kirish. 2. Asosiy qism: 2.1 Tenglama tushunchasini kiritishga tayyorgarlik. 2.2 Tenglama tushunchasini kiritish. 2.3 Tenglamalarni yechishga o‘rgatish metodikasi (amal kamponentlari va ular orasidagi bog‘lanishlarga asosan). 2.4 Tenglama tuzib yechiladigan masalalar va ularni o‘rganish metodikasi. 3. Xulosa va takliflar 4. Foydalanilgan adabiyotlar 5. Ilovalar 9 Mavzu: Matematika darslarida o‘quvchilarni masalalar yechishga o‘rgatish. Reja: 1. Kirish 2. Asosiy qism: 2.1 Boshlang‘ich sinf matematika kursida matnli masalalar. 2.2 Masalani yechishga o‘rgatishning asosiy bosqichlari. 2.3 Masalalarni yechish usullari. 3. Xulosa va takliflar 4. Foydalanilgan adabiyotlar. 5. Ilovalar Mavzu: Boshlang‘ich sinf matematika darslarini zamonaviy texnologiyalar asosida o‘qitish Reja: 1. Kirish 2. Asosiy qism: 2.1 Pedagogik texnologiya tushunchalarning nazariy asoslari. 2.2 Matematika fanini o‘qitishda ta’lim texnologiyani tatbiq etishning o‘ziga xos jihatlari. 2.3 1-2 sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalaridan foydalanish. 3. Xulova va takliflar 4. Foydalanilgan adabiyotlar. 5. Ilovalar Download 354.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling