Kurs ishlarini bajarish va himoya qilish bo‘yicha


 Kurs ishining maqsad va vazifalari


Download 354.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/29
Sana01.03.2023
Hajmi354.37 Kb.
#1241752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Kurs ishlarini bajarish bo\'yicha Uslubiy ko\'rsatma 2022

 
2. Kurs ishining maqsad va vazifalari 
Kurs ishining maqsadi-talabani nazariy va amaliy tayyorgarligini aniqlash
uning fikrlash qobiliyatini va olingan bilimlarining chuqurliligini va sifatini 
belgilash hisoblanadi. 
Kurs ishining maqsadidan kelib chiqadigan asosiy vazifalar quyidagilardan 
iborat: 
- “Matematika o‘qitish metodikasi” fanidan tanlangan kurs ishi mavzusi 
moxiyatini nazariy va amaliy asoslash va mazmunli yoritilishi; 
- o‘qitish metodikasining qonun-qoidalarini, ta’lim munosabatlari va 
jarayonlari mazmunini yanada teran va chuqur mantiqiy mushoxada qilishi
- milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraning asosiy qoidalari hamda ta’lim-
tarbiyani to‘g‘ri shakllantirish asosida hozirgi zamon rivojlangan malakali 
o‘qitishni shakllantirish va rivojlantirishning dolzarb muammolarini singdirish; 
- ta’lim va tarbiyaviy munosabatlar to‘g‘risida amaliy ko‘nikmalar hosil 
qilishi; 
- Prezident Shavkat Mirziyoyev asarlarini, Respublika Oliy Majlisi tomonidan 
qabul qilingan ta’lim-tarbiyaga tegishli qonunlarni va Vazirlar Maxkamasi 
chiqargan me’yoriy xujjatlarni ishda o‘zlashtirishi; 
- internet ma’lumotlari, hisobotlar va hujjatlarni taxlil qilish
- ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hamda ta’lim samaradorligini 
oshirishga qaratilgan yo‘l-yo‘riq, xulosalar va ko‘rsatmalarni ishlab chiqish. 
- matematika o‘qitishning nazariy va amaliy sohalari va ta’limda 
o‘qitishning metodik jihatlarini optimallashtirishning ilmiy yo‘nalishlarini 
tahlil qilish. 
Kurs ishini bajarish jarayoni o‘quv jarayonning ajralmas qismi bo‘lgani uchun 
to‘g‘ri tashkil etish, yoritilayotgan mavzuning sifatli bayon etilishiga ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Shuning uchun kurs ishini bajarish davomida talaba o‘z mehnatini quyidagi 
bosqichlar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlashi katta ahamiyatga ega: 



- kurs ishi mavzusini tanlash; 
- axborot uslubiy ta’minoti (adabiyotlar, internet) ma’lumotlarini yig‘ish va 
ularni o‘rganish; 
- kurs ishi mavzusi rejasini tuzish; 
- mavzuga oid turli ma’lumotlar to‘plash va qayta ishlash; 
- kurs ishi matnini yozish; 
- kurs ishini rasmiylashtirish; 
- kurs ishini himoyasi; 
Kurs ishini bajarishda talaba o‘z ustida ishlashi bilan bir qatorda kurs ishi 
rahbarlari bilan maslaxatlashishi va tegishli ko‘rsatmalar asosida faoliyat 
ko‘rsatishi zarur hisoblanadi. 

Download 354.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling