Kurs loyiha ishi


Aralash trikotaj to’qimalari, ularning turlari va xususiyatlari


Download 0.82 Mb.
bet3/12
Sana17.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1531813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Alimova R. kurs ishi 2020

I.2. TO’QIMA TURINI TANLASH VA ASOSLASH

Aralash trikotaj to’qimalari, ularning turlari va xususiyatlari


Aralash trikotaj to’qimalari tarkibiga shunday to’qimalar kiradiki, ular birnechta sinfga ajratilgan to’qimalardan iborat bo’ladi va ularni bosh, hosila yoki naqshli to’qimalarning hech qaysi bir sinfiga mansub deb bo’lmaydi. Trikotajda turli sinfga mansub to’qimalarning aralash kelishiga qarab oddiy, hosila-aralash, naqshli va murakkab-aralash to’qimalar guruhiga bo’lish mumkin. Bunday aralash to’qimalarning har bir guruhi tarkibiy elementlarga qarab yana kichik guruhlarga bo’linishi mumkin. Aralash trikotaj to’qimalari tasnifi keltirilgan. Aralash trikotaj to’qimalari turlari cheksiz darajada ko’p.
Odiiy aralash trikotaj to’qimalari turkumiga shunday trikotaj to’qima turlari kiradiki, uning bitta rapportida bir nechta bosh, hosila yoki naqshli trikotaj to’qimasi elementlari mavjud bo’ladi; unda to’qima sinflari bo’yicha qatorma-qator navbati bilan almashib keladi, lekin har bir qatorda faqat bitta to’qima sinfiga mansub trikotaj to’qimasi qatnashadi. Bunday to’qima qator bo’yicha faqat ko’ndalang yoki faqat tanda to’qima tuzilishlaridan iborat bo’lishi mumkin, ko’ndalang-tanda trikotaj to’qimalari amalda qo’llanidmaydi.
Ko’ndalang to’qimalar orasida bir va ikki qavatli trikotaj to’qimalari elementlaridan tashkil topgan aralash to’qimalar keng tarqalgan. Masalan, bir qator lastik va bir qator glad to’qimasini birgalikda qo’llab, eng oddiy nomuntazam relef-qatlamli bir tomonlama to’liq jakkard to’qimasining qatorini hosil qilish mumkin. Agar unga lastik halqa qatorini qo’shilsa, oddiy aralash trikotaj to’qimasi hosil bo’ladi. Lastik halqa qatorlari bilan bir nechta glad qatorlari ham qo’shilishi mumkin. Bu holatda ham trikotajda relef hosil bo’lishi mumkin.

Oddiy aralash trikotaj to’qimalari tuzilishi va grafik yozuvi.



Bunday trikotajda lastikning eniga bo’lgan cho’ziluvchanligi sezilarli darajada kamayadi va natijada shakl saqlash ko’rsatkichlari ortadi. Bu to’qimalarning eniga bo’lgan cho’ziluvchanligi glad to’qimasining a, b protyajkalari bilan belgilanadi. Bo’yiga cho’ziluvchanlik esa lastik va glad to’qimasiniki kabi bo’ladi. Bunday trikotaj shakl saqlash xususiyatlari yuqori bo’lgan ustki trikotaj mahsulotlarini tayyorlashda qo’llaniladi. Bu to’qimalarning yuza zichligi lastiknikidan birmuncha yuqori, sababi – halqa tayoqchalarini kesib o’tuvchi protyajkalarning mavjudligi bo’lib, to’qimaning o’zi
muvozanatlashmagan, glad halqa qatorlari hosil bo’lgan tomonga qarab buraluvchandir.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling