Kurs loyiha ishi
I.4.HOM ASHYO TURINI TANLASH VA ASOSLASH
Download 0.82 Mb.
|
Alimova R. kurs ishi 2020
I.4.HOM ASHYO TURINI TANLASH VA ASOSLASH
O’zbekiston Respublikasi hududida hozirgi kunda paxta tolasini yetishtirish qishloq xo’jaligida asosiy o’rinlarda turadi. Chunki paxta har jihatdan eng yaxshi va to`qimachilik sohasida ko`p foydalaniladigan hom-ashyo hisoblanadi. Yengil sanoat sohasiga tatbiq etilayotgan loyihalar to‘qimachilik korxonalarini zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta’minlash hamda sifatli kiyim-kechaklar tayyorlashni yanada ko‘paytirish imkonini berayotir. Dunyo O‘zbekistonning eng sara yengil sanoat va to‘qimachilik mahsulotlaridan bahramand bo‘lmoqda. Mamlakatimizda 1991-yilda paxta tolasini qayta ishlash hajmi 7 foizdan oshmagan bo‘lsa, 2016-yilda bu ko‘rsatkich 40 foizgacha o‘sdi. Bugungi kunda tarmoq korxonalari mahalliy to‘qimachilik mahsulotlarini jahondagi 50 dan ziyod mamlakatga eksport qilmoqda. Jumladan, so‘nggi yillarda Braziliya, Chili, Xorvatiya, Nigeriya kabi davlatlarga yengil sanoat mahsulotlarining eksporti yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 21-dekabrdagi «2017-2019-yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi qarori sohada yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. Mazkur dastur 2020-yilga qadar yurtimizda yetishtirilgan paxta tolasini to‘liq qayta ishlash, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport salohiyatini 2,7 barobardan ko‘proqqa oshirish hamda ichki va tashqi bozorga yetkazib berishni nazarda tutadi. Tahlillarga ko‘ra, hozir eksportning qariyb 50 foizini ip-kalava tashkil etmoqda. Kelgusida uning hajmini bosqichma-bosqich kamaytirish hisobiga yarim tayyor va tayyor, yuqori qiymatli mahsulotlarni eksport qilishga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Ayni vaqtda tayyor mahsulotlar ulushi umumiy ishlab chiqarishning 47 foizini tashkil etayotgan bo‘lsa, istiqbolda 65,5 foizgacha, eksport tarkibidagi ulushi 41 foizdan 70 foizgacha o‘sishi ta’minlanadi. Investitsion loyihalar to‘rt bosqichli tizim asosida paxta xomashyosini qayta ishlab, tayyor mahsulotgacha ishlab chiqarishga ixtisoslashgan maxsus to‘qimachilik komplekslari va 27 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratishga xizmat qiladi. Shuningdek, 120 yangi korxonani tashkil etish va o‘ndan ortiq ishlab chiqarish korxonasini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan. Demakki, barcha hududlarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlari yaratiladi. To‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirishda ish o‘rinlariga talab yuqori bo‘lgan hududlar tanlab olingan. Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Sherobod tumanlari, Sirdaryoning Guliston, Sayxunobod, Jizzaxning G‘allaorol, Jizzax, Qashqadaryoning Yakkabog‘, Shahrisabz, Namanganning Uchqo‘rg‘on, Pop, Samarqandning Oqdaryo, Urgut, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli, Chimboy tumanlari shular sirasidandir. Loyihalarda avvalo hududlarda yetishtirilayotgan paxta tolasini o‘sha joyning o‘zida to‘liq qayta ishlab, yuqori qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish hamda hudud aholisining real daromadlarini oshirish nazarda tutilgan. Dasturning asosiy jihatlaridan yana biri, xorijiy tajribalarni o‘zlashtirgan holda to‘qimachilik korxonalarini tashkil qilish, loyihalashtirish va qurilishning yangi tarmoq me’yorlarini ishlab chiqish hamda joriy etishdir. Ushbu me’yorlar qurilish-montaj ishlari xarajatlarining kamayishini va mahalliy qurilish materiallaridan foydalanishni ta’minlaydi. Mazkur imtiyozlar qatoriga daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i, mikrofirma va kichik korxonalarni yagona soliq, yo‘l jamg‘armasiga ajratmalar to‘lashdan ozod qilish, 40 foizdan ortiqroq mahsulotni eksportga jo‘natgan to‘qimachilik korxonalarini mulk solig‘idan ozod qilish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan ro‘yxat bo‘yicha import qilinadigan, nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, yurtimizda ishlab chiqarilmaydigan xomashyo hamda materiallarni bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etish kabilar kiritilgan. Ushbu imtiyozlardan samarali foydalanish evaziga iqtisod qilingan mablag‘lar yangi quvvatlarni barpo etish, zarur xomashyo va materiallarni xarid qilishga yo‘naltiriladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2021 yilga borib paxta tolasidan ishlab chiqarilgan ip-kalava mahalliy korxonalarda to‘liq qayta ishlanadi. Natijada to‘qimachilik yarim tayyor mahsulotlari eksportining keskin qisqarishiga va tashqi bozorlarga yetkazib berilayotgan tayyor mahsulotlar hajmining 2,1 barobarga oshishiga erishiladi. O‘tgan yillar davomida tanlagan taraqqiyot yo‘limiz naqadar to‘g‘ri ekanini bugungi farovon hayotimiz yaqqol ko‘rsatib turibdi. Aholining arzon va sifatli, zamonaviy uslubdagi milliy kiyim-kechaklarga bo‘lgan talabi yetarlicha ta’minlanmoqda. Zamonaviy texnologiyalar asosida paxta tolasini chuqur qayta ishlash, hududlarda xalq iste’moli mollari hamma turini ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi ichki bozorni o‘zimizning to‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling