1 BOB. Xarorat va bosimni rostlashda raqamli rostlagichlarni qollash
1.1. AVTOMATIK ROSTLASH TIZIMINING TUZILISHI 10.1-rasmda tasvirlangan bir konturli ARTning funksional sxemasini ко‘rib chiqamiz. Chetga chiqishlar prinsipi bo‘yicha ishlaydigan ARTda rostlanuvchi kattalikning ayni va berilgan qiymatlari ayirmasi o‘lchanadi va tengsizlik ishorasiga ko‘ra avtomat rostlagich obyektga nisbatan rostlovchi ta’sir ishlab chiqarib, tengsizlikni yo‘qotadi. Bunday tizim yopiq sikl bo‘yicha ishlab, yopiq tizim deyiladi. Rostlanuvchi obyektning chiqishiga datchik o‘matiladi. Bu maxsus qurilma rostlanuvchi kattalikning hozirgi qiymatini qabul qilib, uni rostlash tizimidagi keyingi bo‘g‘inlarga uzatish uchun qulay bo‘lgan signalga o‘zgartiradi. Datchiklar sodda (bevosita ta’sir etuvchi) va murakkab (bilvosita ta ’sir etuvchi) bo‘ladi. Sezgir element bilan datchik bir bo‘lgan qurilma bevosita ta’sir etuvchi datchik hisoblanadi. Bilvosita ta’sir etuvchi datchiklarda esa bu elem entlar mustaqil ishlanadi. Datchik ishlab chiqargan rostlanuvchi kattalikning ayni qiymati haqidagi ma’lumot avtomat rostlagichning kirishiga keladi. Ayni vaqtda shu m a’lum ot ko‘rsatuvchi, jam lovchi (integrallovchi), qayd qiluvchi, signal beruvchi yoki kombinatsiyalashgan ikkilamchi o‘lchash asbobining kirishiga ham keladi. Rostlagich texnologik rejimni saqlab turadi. Tizimda avtomatik rostlagich bo‘lsa, ikkilamchi asbobning bo‘lishi shart emas. Lekin avtomatlashtirishda odamning vazifasi o ‘lchash asboblari, rostlagichlar va ijro etuvchi mexanizmlarning ishini nazorat qilishdan iborat bo‘lgani uchun, ARTda ko‘pincha ikkilamchi oichash asbobidan foydalanish nazarda tutiladi. Yuqorida aytilganidek, ba’zan rostlagichlar va oMchash asboblari bir korpusda ishlanadi, bunday rostlagichlar asbob sifatida ishlatiladi. Avtomat rostlagich tarkibiga solishtirish bloki kiradi. Bu datchik va topshiriq beruvchi qurilma signallarini algebraik jamlash (integrallash) amalini bajaradigan qurilmadir. Solishtirish bloki o‘zining chiqishida ayni va berilgan qiymatlar ayirmasiga teng qiymatli signalni, ya’ni tengsizlik qiymatini ishlab chiqaradi.\
Do'stlaringiz bilan baham: |