Kurs loyihasi Fan Integral sxemalarni loyihalash va konstruksiyalash Guruh 104-18 Talaba Islomova m rahbar O’ralbayev X. T o p shiri q
Mavzu: Integral mikrosxema (IMS) topologiyasini loyihalash
Download 403.15 Kb.
|
Kurs loyihasi Fan Integral sxemalarni loyihalash va konstruksiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Integral mikrosxema (IMS) haqida umumiy ma’lumotlar
Mavzu: Integral mikrosxema (IMS) topologiyasini loyihalash
Kirish Kurs loyihasining maqsadi talabalarning Integral sxemalarni loyihalash va konstruksiyalash fani bo’yicha bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan. Kurs loyihasi ikkita asosiy qism va ilovalardan iborat. Birinchi qismda ushbu IMSni tashkil etuvchi faol va passiv elementlarning hisob-kitoblari bo'lishi kerak. Ikkinchi qism - IMS eskizini ishlab chiqish, IMS topologiyasining eng maqbul variantini loyihalash va IMS uchun korpusni tanlash. Ilovada kurs loyihasi bo'yicha 25 ta vazifa mavjud bo'lib, ular bipolyar tranzistorlarda, shu jumladan Shoottki diodlari va tranzistorlarida turli xil elektron sxemalarini aks ettiradi. Ushbu sxemani nuqtai nazaridan tahlil qilib funksionallik, quvvat iste'moli, passiv elementlarning nominal qiymatlari, ruxsat etiladigan nominal qiymatlari va boshqalar, talaba IMSni ishlab chiqarish usulini, elementlarning izolyatsiyasi turini, elementlarning topologiyasini tanlashi va IMSning topologik rasmini yaratishi kerak. Barcha IMSlarni loyihalashda asosiy talab bu IMS elementlarining minimal o'lchamlaridan foydalanish, ular orasidagi masofa, o'tkazgichlarning uzunligini, ularning egilish va kesishmalar sonini kamaytirish mumkin. Metodik ko'rsatma o'z ichiga oddiy IMSlarning o'ttiztagacha elementlarni loyihalashni olgan. Shuning uchun sxemalarni loyihalashtirish misolida, ya'ni, teskari tomonli p-n birikmasi planar epitaksial izolyatsiya texnologiyasi bo’yicha kremniy IMSni loyihalash kurs loyihasi berilgan. Integral mikrosxema (IMS) haqida umumiy ma’lumotlar Integral mikrosxemalar elektr asboblarning sifat darajasidagi yangi turi bo’lib elektron qurilmalarning asosiy negiz elementi hisoblanadilar. Integral mikrosxema (IMS) elektr jihatdan o’zaro bog’langan elektr radiomateriallar (tranzistorlar, diodlar, rezistorlar, kondensatorlar va boshqalar) majmui bo’lib, yagona texnologik siklda bajariladi, yani bir vatqning o’zida yagona konstruktsiya (asos)da ma’lum axborotni qayta ishlash funktsiyasini bajaradi. IMSlarning asosiy xossasi shundaki, umurakkab funktsiyalarni bajarish bilan birga kuchaytirgich, trigger, hisoblagich, xotira qurilmasi va boshqa funktsiyalarni ham bajaradi. Xuddi shu funktsiyalarni bajarish uchun diskret elementlardamos keluvchi sxemani yig’ish talab qilinardi. IMSlar uchun ikki asosiy belgi mavjud: konstruktiv va texnologik. Konstruktiv belgisi shundaki, IMSning barcha elementlari asosiy asos ichida yoki sirtida joylashadi, elektr jihatdan birlashtirilgan va yagona qobiqga joylashtirilgan bo’lib, yagona hisoblanadi. IMS elementlarining hammasi yoki bir qismi va elementlararo bog’lanishlar yagona texnologik siklda bajariladi. Shu sababli integral mirosxemalar yuqori ishonchlilikka va kichik tannarhga ega. Hozirgi kunda yasalish turi va hosil bo’ladigan tuzilmaga ko’ra IMSlarning uchta prinsipial turi mavjud: yarim o’tkazgichli, pardali va gibrid. Har bir IMS turi konstruktsiyasi, mikrosxema tarkibiga kiradigan element va komponentlar sonini ifodalovchi integratsiya darajasi bilan xarakterlanadi. Element deb biror elektroradioelement (tranzistor, diod, rezistor, kondensator va boshqalar) funksiyasini amalga oshiruvchi IMS qismiga aytiladi va u kristall yoki asosdan ajralmagan konstruktsiyada yasaladi. Download 403.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling