Kurs loyihasini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar


Download 13.71 Kb.
Sana17.02.2023
Hajmi13.71 Kb.
#1204617
Bog'liq
Kurs ishi mavzulari


Kurs loyihasini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar
Kurs loyihasining maqsadi talabalarning mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish, ularda olgan nazariy bilimlarini qo‘llashda amaliy ko‘nikmalar hosil qilish, bevosita ishlab chiqarishdagi real sharoitlarga mos texnik yechimlar qabul qilish va gidrologiyada zamonaviy suv o‘lchash qurilmalari, asboblari va texnologiyalarini qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilishdir.
Kurs loyihasi mavzulari bevosita gidrometeorologiya xizmati, qishloq va suv xo‘jaligi va boshqa sohalardagi ishlab chiqarishda amalga oshiriladigan jarayonlarga bog‘liq holda, aniq bir daryo, ko‘l yoki suv ombori materiallari misolida bajariladi. Kurs loyihasining mavzulari talabalarning umumiy sonidan 20-30% ko‘proq holda oldindan tayyorlanadi. Har bir talabaga shaxsiy topshiriq beriladi.
Kurs loyihasi ob’ekti sifatida biror bir daryo, ko‘l, suv ombori beriladi. Aniq bir daryo yoki ko‘l uchun gidrologik yilnoma tuzish, oqim ko‘rsatkichlarini aniqlash kabi hisob – kitob ishlari amalga oshiriladi. Kurs loyihasining hisoblash – grafik ishlari zamonaviy kompyuter dasturlarida bajariladi.
Fan bo‘yicha kurs ishini tayyorlashda quyidagi vazifalarni hal etish nazarda tutiladi:
- gidrologiyaning dolzarb nazariy masalalari bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish, talaba tomonidan mavzuga oid olingan nazariy bilimlarni amalda ijodiy qo‘llash ko‘nikmasini hosil qilish;
- tanlangan mavzu bo‘yicha turli xil manbalarni (dissertatsiya, monografiya, davriy nashrlardagi ilmiy maqolalar) o‘rganish qobiliyatini takomillashtirish va ularning natijalari asosida, tanqidiy yondashgan tarzda, mustaqil holda gidrologik materialni tahlil qilish, undan ishonchli xulosa chiqarish hamda taklif va tavsiyalar berish;
-yozma ko‘rinishdagi ishlarni, jadvallarni, chizmalarni, foydalanilgan adabiyotlar va boshqa ilmiy manbalarni to‘g‘ri rasmiylashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish va boshqalar.
1. Gidrologiya fani, tadqiqot usullari, shakllanishi va rivojlanish tarixi.
2. O‘rta Osiyoda gidrologiyaning rivojlanish tarixi.
3. Suvning tabiiy va kimyoviy xosslari. Suvning ahamiyati.
4. Tabiatda suvning aylanishi. Yer kurrasining suv muvozanati.
5. Daryo sistemasi, gidrografik to‘r. Daryo boshi, yuqori, o‘rta va quyi oqimlari, quyilishi. Suvayirg‘ichlar.
6. Daryo havzasining tabiiy-geografik xususiyatlari. Daryolarning shakl va o‘lcham ko‘rsatkichlari.
7. Daryo vodiysi va o‘zani.
8. Daryolarning suv rejimi.
9. Suv sarfi. Daryolarning to‘yinishi.
10. Daryo oqimi va uni ifodalash usullari.
11. Daryo oqimining o‘zgaruvchanligi va oqim normasi.
12. Daryo havzasida kechadigan suv eroziyasi va uning tasniflari.
13. Daryolarning energiyasi va ishi. Daryolarning loyqa oqiziqlari.
14. Daryoning ozuqlanishi, suv rejim fazasi.
15. Ko‘llar haqida umumiy ma’lumotlar. Ko‘llar geografiyasi.
16. Ko‘llarni genezisi bo‘yicha tasniflash. Ko‘llar morfologiyasi va morfometriyasi.
17. Ko‘llarning suv muvozanati.
18. Ko‘llar suv rejimiga antropogen omillar ta’siri.
19. Suv omborlari ularning ahamiyati, muhofaza qilish. O‘zbekistonning suv omborlari
20. Bug‘lanish va atmosfera yog‘inlari.
21. Qor qoplami va uning gidrologik ahamiyati.
22. Muzliklarning gidrologik ahamiyati.
23. Dunyo okeani resurslaridan foydalanish istiqbollari
24. Yer osti suvlarining paydo bo‘lishi, genezisi, ularning joylashish sharoitiga ko‘ra bo‘linishi.
25. Yer osti suvlarining harakati, rejimi va to‘yinishi
26. Suv resurslarining materiklar, okeanlar, dengizlar va daryolar havzalari bo‘yicha taqsimlanishi.
27. O‘rta Osiyo hamda O‘zekiston suv resurslari va ulardan samarali foydalanish.
28. Yer osti suvlari va ularning gidrologik ahamiyati.
29. Dunyo okeani va uning qismlari.
30. Orol dengizi muammosi.
Download 13.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling