Kurs magistranti hikmatova gulandom ziyodullayevnaning


Download 111.81 Kb.
bet9/12
Sana16.06.2023
Hajmi111.81 Kb.
#1499882
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi Hikmatova G.

Emotiv modallik mo‘ljali matn kommunikativ-pragmatik mazmuni maydonining barcha hududlarini qamrab oladi. Bu esa inson emotiv va kognitiv faoliyatining uzviyligidan dalolat beradi. Matn mazmunining kognitiv qatlami insondagi

hissiyotning voqelikka baho bera olish vazifasining, qobiliyatining faollashuvi bilan uyg’un tarzda shakllanadi. Zotan, hissiyot ifodasida insonning voqelikka bo‘lgan munosabati yetakchi o‘ringa chiqadi. Shunga ko‘ra, matn semantik maydonlarining modallashuvi muloqot sub’ektlariga xos shaxsiy kognitiv tizimlarning faollashuvi bo‘lib, ushbu faollashuv natijasida lisoniy birliklar tanlovi hosil bo‘ladi. Masalan: Qorong’u tushdi. Jahannamga aylangan jang tingandan so’ng, tilka-pora bo’lgan yer ham, dud bosgan osmon ham, go’yo horg’in, ma’yus nafas olardi. ( Q.q. 8- bet).


Bu metaforik o’xshatish emotiv modallik mazmuniga ega bo’lib, jangdan keying holat tasvirlangan va bir tomondan jang maydonini jahannamga o’xshatgan bo’lsa, ikkinchi tomondan “go’yo” leksik ma’noli so’z orqali yerni horg’in va ma’yusligini tasvirlagan.
- Choyxonasiz joy yengsiz choponday xunuk…- dedi Ali tajang va muyulishda turgan o’n-o’n bir yashar bolaga yugurdi. (Q.q. 25-bet).
Bu misolda yengsiz choponday birikmasi orqali insondagi hissiyotining voqelikka baho bera olish vazifasi va munosabatini o’xshatishning – day grammatik qo’shimchasi yordamida emotiv modallikni ifodalagan.
Yoki: Hoshimjon buloqday qaynagan ko’z yoshlari bilan chuqur qazishga kirishgan edi. (Q.q. 52- bet).
Ushbu misolda ko’rinib turibdiki his-tuyg’u orqali ifodalangan grammatik ko’rsatgichli o’xshatish emotiv modallikni yuzaga keltirgan.

Yana bir misol: Yomg’ir xuddi jonga igna sanchiganday ezib, muttasil savalardi. (Q.q. 8- bet).
Bu misolda ham “xuddi” leksik o’xshatish va sanchiganday grammatik ko’rsatgichlar orqali voqelikka baho berish va emotivlik munosabati ifodalangan.
Xullas, emotiv modallik mo’ljali matn kommunikativ-pragmatik mazmuni maydonining qamrab oladi va inson qobiliyatining faolligi bilan uyg’un tarzda shakllanadi.



Download 111.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling